Jurnalistika asoslari


MUSTAQIL 0 ‘QISH UCHUN ADABIYOTLAR RO‘YXATI


Download 382.29 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/76
Sana03.06.2024
Hajmi382.29 Kb.
#1899049
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   76
Bog'liq
Jurnalistika asoslari. Qozoqbovev T.

MUSTAQIL 0 ‘QISH UCHUN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. I.A.Karimov. Yo‘limiz - mustaqil davlatchilik va taraqqiyot yo‘li. 
Т., 1994.
2. Lug‘at. Jurnalistika. Reklama. Pablik Rileyshnz. M a’lumotnoma. 
1700 ta atama. Т., 2003.
3. Ворошилов В.В. Журналистика. СПб., 2001.
4. Avramov D.S. Профессиональная этика журналиста. М., 1999.
5. С.Г. Корконосенко. Основы журналистики. М., 2001.
6. « 0 ‘zbekiston matbuoti» jurnali. L999, 4-son, 1997, 2-son, 1999, 1- 
son, 2001, 2-son.
7. Газетный мир (библиотечка журналиста). М., 1971.
40


IV. JURNALISTIKA AMALIYOTINI BOSHQARISH
MATBUOT ERKINL1G1 MASALASI
Jum alistika amaliyotini boshqarish ommaviy axborot vositalari tizi- 
mida ham ichki, ham tashqi tomondan amalga oshiriladi. Ommaviy 
axborot vositalari nimani va qanday yoritishi mumkin yoki mumkin 
emas, degan savolning javobi matbuot erkinligi bilan belgilanadi.
Bu m asala necha asrlar o ‘tibdiki, kun tartibidan tushmay keladi. 
M atbuot erkinligi iborasi taraqqiyotning buyuk qadriyatlari boMgan 
fikr, vijdon, ong erkinligi bilan bir qatorda turadi.
Insoniyatning madaniy rivojlanishda erishgan k o‘p yutuqlari axborot 
vositalari ishtirokida amalga oshirilgan. Bu o ‘zaro aloqa Birlashgan 
M illatlar Tashkilotining Inson huquqlari umumiy Deklaratsiyasida ham 
o ‘z ifodasini topgan. BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1948-yil 10- 
dekabrda qabul qilingan bu Deklaratsiyada «insoniyat oilasining hamma 
a ’zolariga xos qadr-qimmatni, ularning teng va ajralmas huquqlarini 
tan olish - erkinlik, adolat va yalpi tinchlik negizi» ekanligi e ’lon 
etilgan. D eklaratsiyada insonning fikrlash, vijdon, din erkinligi, e ’tiqod 
erkinligi va uni erkin ifodalash va boshqa huquqlar ifodalangan.
Ushbu Deklaratsiya mustaqil 0 ‘zbekiston Respublikasi imzolagan 
birinchi xalqaro hujjat hisoblanadi. 0 ‘zbekiston. Respublikasi Konsti- 
tutsiyasining «Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va 
burchlari», deb atalgan 2-bo‘limi mazkur Deklaratsiya talablariga to ‘la 
mos keladi. Bundan tashqari, yuqorida aytib o ‘tganimizdek, O ‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasining 67-moddasida «Ommaviy axborot vosi­
talari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Ular axborotning to ‘g ‘riligi 
uchun belgilangan tarribda javobgardirlar. Senzuraga vo‘l q o ‘yilmaydi», 
deyiladi.
0 ‘z b e k isto n R esp u b lik a sin in g «O m m aviy a x b o ro t v o sita la ri 
to ‘g ‘risida»gi qonunining 2, 3, 4-m oddalarida ommaviy axborot vosi­
talarining erkinligi, har kimning ommaviy axborot vositalarida cliiqi- 
shi, o ‘z fikri va e ’tiqodini oshkora bayon etish huquqi borligi, 
0 ‘zbekiston R espublikasida om maviy axborot vositalarini senzura 
qilishga yo‘l q o ‘yilmasligi yozib q o ‘yilgan.
M atbuot erkinligi s o ‘z, shaxs, vijdon erkinligi singari siyosiy 
huquqlardan biri bo‘lib, matbuotning erkin faoliyat ko ‘rsatishini,


kishilarning matbuotda o ‘z fikr va tuyg‘ularini to ‘siqlarsiz ifoda eta 
olishini ifodalaydi. Aslida erkinlik anglangan zarurat ekanligini ham 
yoddan chiqarmaslik kerak. Shu o ‘rinda taniqli olim Muxtor Xudoy- 
qulovning m atbuot erkinligi m aqolasiga to ‘xtalamiz. Unda m u allif 
matbuot erkinligining 3 asosi mavjudli to ‘g‘risida fikr yuritadi.
Birinchisi, matbuot erkinligining ijtimoiy-siyosiy asosi. Bu bosh asos 
matbuotning qaysi ijtimoiy borliqda, qanday tuzumda faoliyat ko‘rsatishi, 
qaysi ijtimoiy ongning ko‘rinishi ekanligi, qaysi mafkura va g ‘oyalarga 
xizmat qilishidan kelib chiqadi.
Ikkinchisi, matbuot erkinligining iqtisodiy asosi. Bu asos matbuot 
nashrlari va ommaviy axborot vositalarining kim tomonidan, qaysi 
mablag‘lar evaziga chiqarilishi bilan bog‘Iiq, y a ’ni matbuot kimning 
mablag‘i evaziga, iqtisodiy qoMlashi natijasida chiqsa o ‘sha uchun erkin 
boMadi.
Uchinchisi, matbuot erkinligining ma ’naviy asosi, bu asos uni chiqara- 
yotgan shaxs, guruh, unda ishlovchi jurnalistlarning ichki dunyosi, dunyo- 
qarashi, e ’tiqodi bilan bog‘liq.
Matbuot erkinligi masalasida bir qancha qarashlar mavjud. Shulardan 
ba’zilarini qarab chiqaylik.
0 ‘zbek jurnalistikasida matbuot erkinligi haqida tarixiy shior XX 
asr boshida Turkistonda vujudga kelgan jadid matbuotida ko‘tarilgan 
edi. Bu matbuot 1906-yildan to 1916-yilgacha boMgan davrda xalqni 
o ‘zligini anglashga, uyushishga chaqirdi. 0 ‘lkaning moddiy va m a’naviy 
boyliklari talon-taroj qilinayotganligini oshkor qildi.
Sirojiddin Ahmedov hamda Qahratnon Rajabovlarning jadidchilikka 
oid maqolalarida jadid matbuoti o‘z vakillarining fikrlarini e ’}an qilar 
ekan, xalqni «Har vaqt g ‘aflat uyqusidan uyg‘otuvchi», «Milliy ongining 
ochqichi» ekanligini namoyon etish bilan birga Turkiston xalqini hur 
fikrlashga va katta siyosiy kurashga hozirlay oldi, degan fikrni aytishadi.
Jadid matbuoti namoyandalari mustamlakachi chor hukumatining 
matbuot erkinligi borasidagi qattiq zulmiga qarshi chiqqan edilar.
Bunday jurnalist publitsistlar safida M ahmudxo‘ja Behbudiy, Mu- 
navvarqori, Abdulla Avloniy va boshqalar bor edi. Keyinchalik matbuot 
erkinligi masalasida katta o ‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Burjua matbuoti erkin 
matbuot deb nom oldi. M a’lum darajada bu gapda haqiqat bor edi. Shu 
bilan birga matbuotning sarmoyaga qaramligi ham oshdi.
Matbuot erkinligi, Muxtor Xudoyqulov ta ’biricha, undan xohlagan- 
cha foydalanish'erkinligiga, bovlik orttirish erkinligiga aylana bordi.
42


Matbuotga shov-shuvli, oldi-qochdi materiallarga, reklamalarga had- 
dan tashqari keng o‘rin berila boshlandi.
Ammo sobiq sho‘ro tuzumi davrida 0 ‘zbekistonda ham matbuot erkin­
ligi «ta’min etilgan» bo‘lsa-da, amalda ommaviy axborot vositalari faoliyati 
Download 382.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling