Debet 8890 “Boshqa maqsadli tushumlar”
Kredit 8530 “Bepul olingan mulk”, 9390 “Boshqa operatsion daromadlar”
Boshqa maqsadli tushumlarning analitik hisobi ularning turlari va manbalari bo‘yicha yuritiladi.
9.5.Kutilayotgan harajatlar va to‘lovlar uchun rezervlarning hisobi
Korxonalar o‘zlarining yaqin kelajakda kutilayotgan harajatlari va to‘lovlari uchun , masalan joriy va kapital ta’mirlash uchun, xodimlarga mehnat ta’tili hisoblash uchun va boshqalar uchun, rezerv tashkil qilishlari mumkin. Bunday rezervni tashkil etishdan asosiy maqsad bo‘lib kutilayotgan harajat va to‘lovlarni hisobot yili oylari bo‘yicha teng taqsimlab borish hisoblanadi. Rezerv tashkil qilishning me’yorlari va tartibi korxonaning hisob siyosatida belgilangan bo‘lishi lozim. Tashkil etilgan rezerv korxonaning harajatlariga olib boriladi va u quyidagi buxgalteriya yozuvi bilan aks ettiriladi:
Debet 2010,2310,2510,2710,9420,9430 (harajatni aks ettiruvchi schyotlar)
Kredit 8910 “ Kutilayotgan harajatlar va to‘lovlar uchun rezervlar”
Rezervning ishlatilishi 8910 “Kutilayotgan harajatlar va to‘lovlar uchun rezervlar” schyotining debetida va qilingan sarflarni aks ettiruvchi schyotlarning (1010-1090, 6710,6520,6890,2310,2510,2710 va boshqalar) kdeditida aks ettiriladi. Ishlatilmay qolgan rezerv summasi hisob siyosatida ko‘zda tutilgan tartibga ko‘ra kelgusi yilga o‘tqazilishi, shuningdek harajatlarni kamaytirishga olib borilishi yoki korxona daromadiga olib borilishi mumkin, ya’ni:
Debet 8910 “ Kutilayotgan harajatlar va to‘lovlar uchun rezervlar”
Kredit 2010,2310,2510,2710,9420,9430 ,9390
Rezervlarning analitik hisobi ularning turlari bo‘yicha yuritiladi.
1.Xususiy kapital - bu
a) korxonaning aylanma aktivlari
b) korxonaning qarzlari
v) olinadigan schyotlar
g) korxonaning majburiyatlari chegirib tashlangandan so‘ng qolgan aktivlari
Do'stlaringiz bilan baham: |