Asosiy bo‘lmagan faoliyatdan olingan daromadlar deganda bevosita asosiy faoliyatga taalluqli bo‘lmagan faoliyat turlaridan olingan daromadlar tushuniladi. Bunday daromadlar Nizomga muvofiq moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlarga va favqulotdagi daromadlarga bo‘linadi.
Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar deganda qimmatli qog‘ozlar, valyuta operatsiyalari, kredit va qarzlarni berishdan olingan daromadlar tushuniladi. Bularga royalti, dividendlar va foizlar, ijobiy kurs farqlari ko‘rinishidagi daromadlar va boshqalar kiradi.
Favqulotdagi daromadlar deganda yuz berishi doimiy harakterga ega bo‘lmagan, kutilmagan tasodif va hodisalardan olingan daromadlar tushuniladi. Bularga davlat qonunlarini o‘zgarishi, tabiiy ofatlar, revolyutsion o‘zgarishlar natijasida vujudga kelgan daromadlar kiradi.
Korxona daromadlari
Sotishdan olingan daromadlar:
Mahsulotlarni sotishdan
Tovarlarni sotishdan
Bajarilgan ishlardan
Ko‘rsatilgan xizmatlardan
Asosiy faoliyat-dan olingan daromad-lar
Asosiy faoliyatdan olingan qo‘shimcha daromadlar:
Asosiy vositalarni sotishdan foyda
Boshqa aktivlarni sotishdan foyda
Kelib tushgan jarimalar
Qisqa muddatli ijaradan olingan foyda
Voz kechilgan kreditorlik va deponentlik qarzlar
Qaytarilmaydigan moliyaviy yordam
Boshqa daromadlar
Moliyaviy faoliyatga doir daromadlar
Asosiy bo‘lmagan faoliyat-dan olingan daromad-lar
Favqulotdagi foyda:
Qonunlarni o‘zgarishidan olingan foyda
Favqulotdagi vaziyatlardan olingan foyda
Revolyutsion o‘zgarishlardan olingan foyda
Do'stlaringiz bilan baham: |