K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va audit


Asosiy faoliyatdan olingan qo‘shimcha daromadlarning hisobi


Download 1.67 Mb.
bet182/277
Sana18.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1707960
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   277
Bog'liq
Бухгалтерия хисоби ва аудит Уразов

10.3.Asosiy faoliyatdan olingan qo‘shimcha daromadlarning hisobi

21-son BHMSga muvofiq asosiy faoliyatdan olingan qo‘shimcha daromadlar quyidagi schyotlarda hisobga olinadi:



  • 9310 “Asosiy vositalarning chiqimidan olingan foyda” –bu passiv va vaqtinchalik schyotda korxonalar o‘zlarining asosiy vositalarini sotishdan va boshqa chiqimlaridan olgan foydasini hisobga olishda foydalanadilar. Schyotning kreditida olingan foyda yil maboynida to‘planib boradi. Ushbu foyda asosiy vositalarning sotish (berish ) qiymatidan ularning qoldiq qiymatini va sotishdan olingan QQS summasini ayirgandan qolgan summadan iborat bo‘ladi. Masalan, boshlang‘ich qiymati 500000 so‘mlik, jamlangan eskirish qiymati 300000 so‘mlik kompyuter 440000 so‘mga sotildi deylik. Sotishdan olingan QQS summasi ushbu holda 40000 sumni ((440000 – 200000) *20/120), sotishdan olingan foyda summasi esa – 200000 sumni ( 440000-200000-40000) tashkil qiladi. Ushbu foyda summasi debet 9210 “Asosiy vositalarning chiqimi” schetda va kredit 9310 “ Asosiy vositalarning chiqimidan olingan foyda”schyotida aks ettiriladi.

Yil yakunida ushbu 9310- schyotning kreditida to‘plangan summa uning debetiga va 9900 “ Oxirgi moliyaviy natija” schetining kreditiga yoziladi va shu asosda u yopiladi.

  • 9320 “Boshqa aktivlarni chiqimidan olingan foyda” - bu passiv va vaqtinchalik schyotda korxonalar o‘zlarining turli boshqa aktivlarini, masalan materiallarini, xo‘jalik inventarlarini, nomoddiy aktivlari va boshqa aktivlarini sotishdan va boshqa chiqimlaridan olgan foydasini hisobga olishda foydalanadilar. Schyotning kreditida olingan foyda yil maboynida to‘planib boradi. Ushbu foyda boshqa aktivlarning sotish (berish ) qiymatidan ularning tannarxini (qoldiq qiymatini) va sotishdan olingan QQS summasini ayirgandan qolgan summadan iborat bo‘ladi. Masalan, tannarxi 50000 so‘mlik material 72000 so‘mga sotildi deylik. Sotishdan olingan QQS summasi ushbu holda 12000 sumni (72000 *20/120), sotishdan olingan foyda summasi esa – 10000 sumni ( 72000-50000-12000) tashkil qiladi. Nomoddiy aktivlarni sotishdan (berishdan) olingan foyda xuddi asosiy vositalarni sotishdagidek topiladi. Boshqa aktivlarni chiqimidan olingan foyda summasi debet 9220 “Boshqa aktivlarning chiqimi” schetda va kredit 9320 “Boshqa aktivlarni chiqimidan olingan foyda”schyotida aks ettiriladi. Yil yakunida 9320- schyotning kreditida to‘plangan summa uning debetiga va 9900 “ Oxirgi moliyaviy natija” schetining kreditiga yoziladi va shu asosda u yopiladi.


  • Download 1.67 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling