K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va audit


Download 1.67 Mb.
bet190/277
Sana18.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1707960
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   277
Bog'liq
Бухгалтерия хисоби ва аудит Уразов

Kelgusi davr harajatlari - bu korxonaning kelgusi asosiy faoliyatiga doir, lekinda hisobot davrida amalga oshirilgan harajatlari. Bunday harajatlarga oldindan to‘langan ijara haqlari, oldindan to‘langan xizmat haqlari va boshqa oldindan bo‘nak sifatidagi to‘lovlar kiradi.

  • Muddati uzaytirilgan harajatlar – bularga korxonaning kelgusi asosiy faoliyatiga doir, lekinda muddati bir yil va undan ko‘p muddatga uzaytirilgan harajatlari kiradi.

    Asosiy bo‘lmagan faoliyatga doir harajatlar deganda bevosita asosiy faoliyatga taalluqli bo‘lmagan faoliyat turlari bilan bog‘liq harajatlar tushuniladi. Bunday harajatlar Nizomga muvofiq moliyaviy faoliyatga doir harajatlar va favqulotdagi zararlarga bo‘linadi.
    Moliyaviy faoliyatga doir harajatlar deganda qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va joylashtirish, valyuta operatsiyalari, kredit va qarzlarni olish, uzoq muddatli ijaraga doir va boshqa moliyaviy faoliyatga taalluqli harajatlar tushuniladi. Bularga foizlar, salbiy kurs farqlari ko‘rinishidagi harajatlar va boshqalar kiradi.

    Korxona harajatlari


    Sotish tannarxiga kiritilgan harajatlar





    Asosiy
    faoliyatga


    doir
    harajatlar

    Davr harajatlari









    Kelgusi davr harajatlari





    Muddati kechiktirilgan harajatlar





    Asosiy bo‘lmagan faoliyatga doir harajatlar



    Moliyaviy faoliyatga doir harajatlar





    Favqulotdagi harajatlar (zararlar)






    12-chizma. Korxona harajatlarining tasnifi


    Favqulotdagi harajatlar deganda yuz berishi doimiy harakterga ega bo‘lmagan, kutilmagan tasodif va hodisalardan ko‘rilgan zararlar tushuniladi. Bularga davlat qonunlarini o‘zgarishi, tabiiy ofatlar, revolyutsion o‘zgarishlar natijasida vujudga kelgan zararlar kiradi.
    Korxona harajatlari bo‘yicha buxgalteriya hisobining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:

    • harajatlarni ularning mohiyatini ochib beruvchi mezonlariga mos ravishda hisobga olish;

    • korxona harajatlarini to‘g‘ri turkumlash va guruhlarga ajratish;

    • korxona harajatlarini to‘g‘ri, o‘z vaqtida va tegishli boshlang‘ich hujjatlar bilan rasmiylashtirish ;

    • korxona harajatlari bo‘yicha hisobotlar ma’lumotlari va hisob ma’lumotlarini to‘liq uyg‘unligini ta’minlash;

    • kelgusi davr va muddati uzaytirilgan harajatlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida sotish tannarxi , davr harajatlari va moliviy faoliyatga doir harajatlarga kiritish;

    • tugallanmagan ishlab chiqarishga to‘g‘ri keladigan harajatlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida hisobga olish , ularni belgilangan muddatlarda qayta ro‘yxatdan o‘tkazish (inventarizatsiya qilish) va sotish tannarxiga to‘g‘ri kiritilishini ta’minlash;

    • sotish tannarxini, davr harajatlarini oshib ketishiga sabab bo‘luvchi noratsional chiqimlarni vujudga kelish sabablari va aybdorlarini topish, bunday chiqimlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun ma’sul shaxslar faoliyatini doimiy nazorat qilish;

    • mavjud zaxiralar va vositalaridan unumli foydalanish ustidan nazorat o‘rnatish;

    • harajatlarni soliq solish bazasi ob’ekti sifatida to‘g‘ri shakllantirish;

    • harajatlarni hisoblash tamoyiliga muvofiq ular yuz bergan vaqtdan boshlab tan olish va tegishli schyotlarda aks ettirish;

    • harajatlarni moliyaviy hisobotda to‘g‘ri aks ettirish va boshqalar


    Download 1.67 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   277




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling