9420 “Ma’muriy-boshqaruv harajatlari”- ushbu aktiv, vaqtinchalik (tranzit) schyotning debetida yil maboynida boshqaruvga doir harajatlar ( ish haqi, ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar, amortizatsiya harajatlari, safar harajatlari, telefon aloqasi va boshqa shu kabi boshqaruv bilan bog‘liq harajatlar) aks ettiriladi. Ushbu schyotda aks ettiriladigan harajatlarning aniq turlari va tarkibi «Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish harajatlari hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish to‘g‘risida Nizom»ning «Ma’muriy –boshqaruv harajatlari» nomli bo‘limida to‘lig‘icha keltirilgan. Harajatlarning aniq turlari ushbu schyotning debetida va bu harajatlarni ifodalovchi schyotlarning kreditida (0200,0500,1000,5110,5010,6710,6520,6990 va boshqa schyotlar) aks ettiriladi. Yil oxirida 9420- schyotning debetida to‘plangan summa uning kreditiga va 9900 “Oxirgi moliyaviy natija” schetining debetiga yoziladi va shu asosda u yopiladi.
9430 “Boshqa operatsion harajatlar” - ushbu aktiv, vaqtinchalik (tranzit) schyotning debetida yil maboynida sotish va boshqaruvdan tashqari umum faoliyatga doir davr harajatlari (moddiy yordam, kompensatsiyalar, mol-mulk, ekolgiya, yer, suv va boshqa davr harajatlariga olib boriladigan soliqlar, pesiya fondiga va yo‘l fondiga majburiy ajratmalar , mulkni sotishdan va berishdan ko‘rilgan zararlar va boshqa shu kabi operatsion harajatlar) aks ettiriladi. Ushbu schyotda aks ettiriladigan harajatlarning aniq turlari va tarkibi «Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish harajatlari hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish to‘g‘risida Nizom»ning «Boshqa operatsion harajatlar» nomli bo‘limida to‘lig‘icha keltirilgan. Harajatlarning aniq turlari ushbu schyotning debetida va bu harajatlarni ifodalovchi schyotlarning kreditida (1000,5110,5010, 6400,6710,6520,6990,9210,9220 va boshqa schyotlar) aks ettiriladi. Yil oxirida 9430- schyotning debetida to‘plangan summa uning kreditiga va 9900 “Oxirgi moliyaviy natija” schetining debetiga yoziladi va shu asosda u yopiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |