K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va audit


“Kelgusida soliq bazasidan chegiriladigan hisobot davr harajatlari”-


Download 1.67 Mb.
bet194/277
Sana18.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1707960
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   277
Bog'liq
Бухгалтерия хисоби ва аудит Уразов

9440 “Kelgusida soliq bazasidan chegiriladigan hisobot davr harajatlari”- ushbu aktiv, vaqtinchalik (tranzit) schyotning debetida yil maboynida korxonani kelgusi faoliyatini rivojlantirishga sarflangan davr harajatlari (yangi ishlab chiqarishni va yangi texnologiyalarni o‘zlashtirishga, boshqaruv tizimini yaxshilashga sarflangan va boshqa shu kabi operatsion harajatlar) aks ettiriladi. Ushbu schyotda aks ettiriladigan harajatlarning aniq turlari va tarkibi «Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish harajatlari hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish to‘g‘risida Nizom»ning «Kelgusida soliq bazasidan chegiriladigan hisobot davr harajatlari» nomli 2- ilovasida to‘lig‘icha keltirilgan. Ushbu turdagi davr harajatlari soliq qonunchiligiga ko‘ra kelgusi 10 yil ichida bir maromda soliq bazasidan maxsus hisob-kitob asosida chiqarib boriladi. Harajatlarning aniq turlari ushbu schyotning debetida va bu harajatlarni ifodalovchi schyotlarning kreditida (1000,5110,5010,6010,6710,6520,6990 va boshqa schyotlar) aks ettiriladi. Yil oxirida 9440- schyotning debetida to‘plangan summa uning kreditiga va 9900 “Oxirgi moliyaviy natija” schetining debetiga yoziladi va shu asosda u yopiladi. Kelgusida soliq bazasidan chegiriladigan hisobot davr harajatlarini o‘zgarishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar maxsus balansdan tashqari 012 “ Kelgusida soliq bazasidan chegiriladigan hisobot davr harajatlari” schyotida belgilangan muddat ichida aks ettirilib boriladi.

11.4.Moliyaviy faoliyat bo‘yicha harajatlarning hisobi
21-son BHMS ga muvofiq korxonalarning moliyaviy faoliyatga doir harajatlarining hisobi quyidagi schyotlarda olib boriladi:

  • 9610 “Foiz ko‘rinishidagi harajatlari”- ushbu aktiv, vaqtinchalik (tranzit) schyotning debetida yil maboynida olingan qarzlar va kreditlarga doir hisoblangan harajatlar, shuningdek uzoq muddatli ijara uchun to‘lovlar aks ettiriladi. Harajatlarning aniq turlari ushbu schyotning debetida va 6920 “Hisoblangan foizlar” schyotining kreditida aks ettiriladi. Yil oxirida 9610- schyotning debetida to‘plangan summa uning kreditiga va 9900 “Oxirgi moliyaviy natija” schetining debetiga yoziladi va shu asosda u yopiladi.


  • Download 1.67 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling