K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va audit


Soliqga tortiladigan daromad (Std)


Download 1.67 Mb.
bet202/277
Sana18.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1707960
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   277
Bog'liq
Бухгалтерия хисоби ва аудит Уразов

Soliqga tortiladigan daromad (Std)



Std = Fst (Zst) + Stx + Sbx – Schx –D – F

Bu yerda: Stx –soliq solish bazasiga qayta qo‘shiladigan harajatlar;


Sbx –hisobot davrida soliq bazasidan chegirilmaydigan, lekinda
kelgusida chegirilib boriladigan harajatlar;
Schx –soliq bazasidan hisobot davrida chegiriladigan harajatlar;
D –olingan dividendlar;
F- olingan foizlar



  • Soliqga tortiladigan foyda (Stf)- bu soliqga tortiladigan daromaddan foyda (daromad) solig‘ini hisoblash uchun imtiyoz sifatida chegirib tashlanadigan harajatlarni ayirgandan keyin qoladigan foyda summasi, ya’ni :



Stf = Std –I

Bu yerda : I – imtiyoz sifatida soliqga tortiladigan daromaddan chegiriladigan harajatlar.




Soliq solish bazasiga qayta qo‘shiladigan harajatlar deganda «Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish harajatlari hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish to‘g‘risida Nizom»ga muvofiq moliyaviy natijalarni shakllantirishda soliqgacha foyda summasini kamaytirishga olib borilgan, hisobotda sotish tannarxi, davr harajatlari va moliyaviy faoliyat bo‘yicha harajatlar tarkibida aks ettirilgan harajatlar (masalan, me’yordan ortiq ishlab chiqarishdagi yo‘qotishlar, me’yordan ortiq reklama va vakolatlik harajatlari, moddiy yordam va kompensatsiyalar, uyali aloqa harajatlari, korxonaning asosiy vositalari va boshqa aktivlaridan ko‘rilgan zararlar, ko‘rsatilgan xomiylik summalari va boshqalar) tushuniladi. Bunday harajatlarning to‘liq ro‘yxati Nizomning 1-ilovasida keltirilgan. Soliq qonunchiliga asosan korxonalar soliq solish bazasiga qayta qo‘shiladigan harajatlarni Nizomda keltirilgan tartibga muvofiq mustaqil hisoblashlari, ularning summasini foyda (daromad) solig‘i hisob-kitobining alohida satrida (020-satr) ko‘rsatishlari lozim.
Hisobot davrida soliq bazasidan chegirilmaydigan, lekinda kelgusida chegirilib boriladigan harajatlar deganda 9430 “Kelgusida soliq bazasidan chegiriladigan haroajatlar” schyotda aks ettirilgan harajatlar tushuniladi (202-betga qarang). Ushbu harajatlar foyda (daromad) solig‘i hisob-kitobining alohida satrida (030-satr) ko‘rsatiladi.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling