Soliq bazasidan chegiriladigan harajatlar deganda Nizomga keltirilgan 2-ilovaga muvofiq o‘tgan hisobot yilida soliq bazasidan chegirilmagan, lekinda keyingi hisobot davridan boshlab 10 yil muddat ichida soliq bazasidan chegirilib boriladigan harajatlar tushuniladi ( 202-betga qarang). Soliq qonunchiliga asosan korxonalar soliq bazasidan chegiriladigan harajatlarni Nizomda keltirilgan tartibga muvofiq maxsus hisob-kitob yordamida mustaqil hisoblashlari va ma’lumotnoma bilan tasdiqlashlari, ularning summasini foyda (daromad) solig‘i hisob-kitobining alohida satrida (040-satr) ko‘rsatishlari lozim.
Olingan dividendlar va foizlar Soliq qonunchiligiga muvofiq alohida 15 foizlik dividend solig‘iga tortilishi munosabati bilan foyda (daromad) solig‘ini hisoblashda chegirib tashlanadi. Shuning uchun ularning summalari foyda (daromad) solig‘i hisob-kitobining alohida satrida (060-satr) ko‘rsatiladi. Ushbu daromadlardan dividend solig‘ini o‘ndirilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar ularni bergan yuridik shaxslarning ma’lumotnomalari bilan tasdiqlanishi lozim.
Foyda (daromad) solig‘i bo‘yicha imtiyozlar sifatidaa soliqga tortiladigan daromad summasidan chegirib tashlanadigan harajatlar ning turlari, imtiyoz me’yorlari Soliq Kodeksi va foyda (daromad) solig‘ini hisoblash va to‘lash bo‘yicha Yo‘riqnomada ochib berilgan.
Korxonalar faoliyatining oxirgi moliyaviy natijalari bo‘yicha buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
Moliyaviy natijalar ko‘rsatkichlarini ularning mohiyatini ochib beruvchi mezonlariga mos ravishda hisobga olish;
korxona moliyaviy natijalari ko‘rsatkichlarini to‘g‘ri turkumlash va guruhlarga ajratish;
korxona moliyaviy natijalari ko‘rsatkichlarini soliq ob’ekti sifatida to‘g‘ri shakllantirish;
moliyaviy natijalar ko‘rsatkichlarini hisoblash tamoyiliga muvofiq ular yuz bergan vaqtdan boshlab tan olish va tegishli schyotlarda aks ettirish;
moliyaviy natijalar ko‘rsatkichlarini moliyaviy hisobotda to‘g‘ri aks ettirish va boshqalar
Do'stlaringiz bilan baham: |