12.1.Oxirgi moliyaviy natijalarni ifodalovchi ko‘rsatkichlar
va ular hisobining vazifalari
O‘zbekiston Respublikasida korxonalar faoliyatining oxirgi moliyaviy natijalarining ko‘rsatkichlari, ularni shakllanishi va hisobga olinishi «Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish harajatlari hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish to‘g‘risida Nizom» da, shuningdek oxirgi yillarda qabul qilingan BHMS larda , shu jumladan 1,2,3, 21- son BHMS larda, atroflicha ochib berilgan.
Ushbu me’eriy hujjatlarga muvofiq korxonalar faoliyatining oxirgi moliyaviy natijalarini ifodalovchi foyda (zarar)lar quyidagi ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi.
Sotishdan olingan foyda yoki zarar (Fs ) yoki (Zs)
Fs (Zs) = St –Ts, mos ravishda
Fs = agar St > Ts , Zs = agar St< Ts
Bu yerda: St – sof tushum, Ts –sotish tannarxi
Asosiy faoliyatdan olingan foyda yoki zarar (Faf) yoki (Zaf)
Faf (Zaf) = Fs (Zs) –Dx + Bod
Bu yerda: Dx- davr harajatlari; Bod – asosiy faoliyatdan olingan boshqa operatsion daromadlar.
3.Umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda yoki zararlar (Fux) yoki (Zux)
Fux (Zux) = Faf (Zaf) + Fmf – Zmf
Bu yerda: Fmf – moliyaviy faoliyatdan olingan foyda;
Zmf - moliyaviy faoliyatdan ko‘rilgan zararlar
4.Soliqgacha foyda yoki zararlar (Fst) yoki ( Zst)
Fst (Zst) = Fux (Zux) + Ff –Fz
Bu yerda: Fd –favqulotdagi foyda; Fz – favqulotdagi zararlar
Sof foyda yoki sof qoplanmagan zararlar (Sf) yoki (Sz)
Sf (Sz) = Fst (Zst) –Ds - Aj
Bu yerda: Ds – daromaddan olinadigan soliqlar ( foyda solig‘i, infrastrukturani rivojlantirish solig‘i, yagona soliq,);
Aj – foydadan boshqa ajratmalar
«Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish harajatlari hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish to‘g‘risida Nizom» ga muvofiq yuqorida keltirilgan foyda (zarar) ko‘rsatkichlaridan tashqari soliqga tortish maqsadida yana ikkita quyidagi foyda ko‘rsatkichi hisoblash yo‘li bilan topiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |