12.2.Hisobot yilining soliqgacha foydasi (zararlari) ning hisobi
21-son BHMS ga muvofiq hisobot yilning soliqgacha foydasi (zarari)ni topish barcha daromad va harajatlarni 9900 “Oxirgi moliyaviy natija” schyotida aks ettirish va ushbu schyotning debet va kredit oborotlari summasini taqqoslash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Jumladan, daromadlarni aks ettiruvchi barcha schyotlar (9010-9030, 9310-9390, 9510-9590, 9710)ning kreditida to‘plangan summa yil oxirida 9900- schyotning kreditiga, harajatlarni aks ettiruvchi barcha schyotlar (9110-9130,9410-9430,9610-9690, 9720) ning debetida to‘plangan summa yil oxirida 9900- schyotning kreditiga, o‘tqaziladi, ya’ni:
Debet 9010-9030,9310-9390,9510-9590 ,9710 Kredit 9900
Debet 9900 Kredit 9110-9190,9410-9430,9610-9690,9720
Agar, 9900 – schyotning kredit oboroti debet oborotidan katta bo‘lsa, u hisobot yilida korxona soliqgacha foydaga, debet oboroti kredit oborotidan katta bo‘lsa, u holda korxona soliqgacha zararga erishgan hisoblanadi.
Turli faoliyat bilan shug‘ullanuvchi va faoliyat turlari bo‘yicha turlicha soliq to‘lovchi korxonalar soliqgacha foyda (zarar) ni faoliyat turlari bo‘yicha alohida-alohida hisoblashlari lozim. Buning uchun daromadlar va harajatlar ham faoliyat turlari bo‘yicha alohida hisobga olib borilgan bo‘lishligi kerak.
12.3.Foydani ishlatilishining hisobi
21-son BHMS ga asosan hisobot yilning foydasini ishlatilishi 9800
“ Foydani soliqlar va to‘lovlar uchun ishlatilishi hisobi schyotlari” da (mos schyotlarda) aks ettiriladi. Ushbu aktiv schyotning debetida yil maboynida foyda (daromad)dan o‘ndirilgan soliqlar , jumladan foyda (daromad) solig‘i, infrastrukturani rivojlantirish solig‘i, yagona soliq, yalpi tushumdan yagona soliq aks ettiriladi. Bunda ushbu soliqlar bo‘yicha byudjet oldidagi qarzlarni ifodalovchi 6400 “Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar hisobi schyotlari” (mos ravishdagi schyotlar) kreditlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |