9620 “Valyuta kurs farqlaridan ko‘rilgan zararlar”- ushbu aktiv, vaqtinchalik (tranzit) schyotning debetida yil maboynida balansning valyuta moddalarini ifodalovchi schyotlarga doir operatsiyalar bo‘yicha kurslar o‘rtasidagi salbiy farqlardan ko‘rilgan zararlar aks ettiriladi. Harajatlarning aniq turlari ushbu schyotning debetida va bu zararlarni ifodalovchi schyotlarning kreditida (4010,4310,5020,5210,5220,6010,6310 va boshqa schyotlar) aks ettiriladi. Yil oxirida 9620- schyotning debetida to‘plangan summa uning kreditiga va 9900 “Oxirgi moliyaviy natija” schetining debetiga yoziladi va shu asosda u yopiladi.
9630 “Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va joylashtirish bo‘yicha harajatlar” - ushbu aktiv, vaqtinchalik (tranzit) schyotning debetida yil maboynida aksiya va boshqa qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va joylashtirish bilan bog‘liq harajatlar aks ettiriladi. Harajatlarning aniq turlari ushbu schyotning debetida va bu harajatlarni ifodalovchi schyotlarning kreditida (1000,5110,5010, 6710,6520,6990 va boshqa schyotlar) aks ettiriladi. Yil oxirida 9630- schyotning debetida to‘plangan summa uning kreditiga va 9900 “Oxirgi moliyaviy natija” schetining debetiga yoziladi va shu asosda u yopiladi.
9690 “Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa harajatlar”- ushbu aktiv, vaqtinchalik (tranzit) schyotning debetida yil maboynida korxonaning moliyaviy faoliyatga doir boshqa harajatlari, masalan moliyaviy investitsiyalarni qayta baholashdan ko‘rilgan zararlar va boshqa harajatlar aks ettiriladi Harajatlarning aniq turlari ushbu schyotning debetida va bu harajatlarni ifodalovchi schyotlarning kreditida (0600,5800,6990 va boshqa schyotlar) aks ettiriladi. Yil oxirida 9690- schyotning debetida to‘plangan summa uning kreditiga va 9900 “Oxirgi moliyaviy natija” schetining debetiga yoziladi va shu asosda u yopiladi.
11.5.Favqulotdagi zararlarning hisobi
21-son BHMSga muvofiq favqulotdagi zararlarning hisobi 9720 “Favqulotdagi zararlar” schyotining debetida hisobga olinadi. Bunda favqulotdagi xodisalardan ko‘rilgan zararlarni ko‘rsatuvchi schyotlar, masalan, 0100, 0400, 0700, 1000, 2900 va boshqa schyotlar kreditlanadi. Yil oxirida 9720- schyotning debetida to‘plangan summa uning kreditiga va 9900 “Oxirgi moliyaviy natija” schetining debetiga yoziladi va shu asosda u yopiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |