K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va audit


“Davriy hisob usulida TMB bo‘yicha tuzatishlar”-


Download 1.67 Mb.
bet192/277
Sana18.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1707960
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   277
Bog'liq
Бухгалтерия хисоби ва аудит Уразов

9150 “Davriy hisob usulida TMB bo‘yicha tuzatishlar”- ushbu aktiv, vaqtinchalik (tranzit) schyot asosan TMB larning davriy hisob usulida ishlaydigan korxonalarda, shu jumladan chakana savdo va ommaviy ovqatlanish korxonalarida, qo‘llaniladi. Davriy hisob usulida ishlayotgan korxonalarda sotilgan tovarlar tannarxini topish uchun davr oxirida inventarizatsiya o‘tqaziladi. Inventarizatsiya natijasida aniqlangan TMB larning haqiqiy holati ularning davr boshidagi holati bilan taqqoslanadi, natijada TMB lar holatidagi o‘zgarish summasi (kamayish yoki ko‘payish) aniqlanadi. Aniqlangan farq summasi schyot bo‘yicha tuzatish summasini bildiradi. Agar tuzatish kamayish tomoniga qilinishi kerak bo‘lsa, o‘rtadagi farq 9150 “Davriy hisob usulida TMB bo‘yicha tuzatishlar” schyotining debetiga, agar tuzatish ko‘payish tomoniga qilinishi kerak bo‘lsa, u holda o‘rtadagi farq ushbu schyotning kreditiga yoziladi. Bunda TMB lar schyotlari (1000,1100,2000,2800,2900) mos ravishda kreditlanadi (kamayganda) va debetlanadi (ko‘payganda). Yil oxirida 9150- schyotda to‘plangan summa mos ravishda 9900 “Oxirgi moliyaviy natija” schetining debetiga (ko‘payganda) yoki kreditiga (kamayganda) yopiladi.

11.3.Davr harajatlarining hisobi
21-son BHMS ga muvofiq davr harajatlarining hisobi quyidagi schyotlarda olib boriladi:

  • 9410 “Sotish harajatlari”- ushbu aktiv, vaqtinchalik (tranzit) schyotning debetida yil maboynida sotishga doir harajatlar (reklama harajatlari, sotish bilan bog‘liq xodimlarning ish haqi, ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar, amortizatsiya harajatlari, transortirovka va boshqa shu kabi sotish bilan bog‘liq harajatlar) aks ettiriladi. Ushbu schyotda aks ettiriladigan harajatlarning aniq turlari va tarkibi «Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish harajatlari hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish to‘g‘risida Nizom»ning «Sotish harajatlari» nomli bo‘limida to‘lig‘icha keltirilgan. Harajatlarning aniq turlari ushbu schyotning debetida va bu harajatlarni ifodalovchi schyotlarning kreditida (5110,5010,6710,6520,6990 va boshqa schyotlar) aks ettiriladi. Yil oxirida 9410- schyotning debetida to‘plangan summa uning kreditiga va 9900 “Oxirgi moliyaviy natija” schetining debetiga yoziladi va shu asosda u yopiladi.


  • Download 1.67 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling