K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va audit


Foizlar ko‘rinishidagi daromadlar


Download 1.67 Mb.
bet186/277
Sana18.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1707960
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   277
Bog'liq
Бухгалтерия хисоби ва аудит Уразов

Foizlar ko‘rinishidagi daromadlar deganda boshqa yuridik shaxslarga berilgan qarzlar va kreditlar uchun hisoblangan foizlar tushuniladi. Ushbu foizlarning miqdori tuzilgan shartnomalar asosida hisoblanadi. Foiz ko‘rinishidagi hisoblangan daromadlar 4830 “ Olinadigan foizlar” schyotining debetida va 9530 “Foizlar ko‘rinishidagi daromadlar” schyotining kreditida aks ettiriladi. Yil oxirida 9530- schyotning kreditida to‘plangan summa uning debetiga va 9900 “Oxirgi moliyaviy natija” schetining kreditiga yoziladi va shu asosda u yopiladi.


Valyuta kurslari farqlaridan olingan daromadlar deganda korxonaning valyuta schyotida saqlanayotgan chet valyutasi va chet el valyutasidagi debitorlik qarzlar bo‘yicha hisoblangan ijobiy kurs farqlari tushuniladi. Ushbu daromad har oyning oxirida 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari”, 5220 “Chet eldagi valyuta schyotlari”, 4000 “Olinadigan schyotlar”, 4300 “Ta’minotchi va pudratchilarga berilgan bo‘naklar hisobi schyotlari” va boshqa chet el valyutasida hisobi yuritilgan debitorlik qarzlar schyotlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki e’lon qilgan kurslar asosida hisoblanadi. Hisoblangan ijobiy kurs farqlari yuqorida keltirilgan schyotlarning debetida va 9540 “Valyuta kurslari farqlaridan olingan daromadlar” schyotining kreditida aks ettiriladi. Yil oxirida 9540- schyotning kreditida to‘plangan summa uning debetiga va 9900 “Oxirgi moliyaviy natija” schetining kreditiga yoziladi va shu asosda u yopiladi.
Uzoq muddatli ijaradan olingan daromadlar deganda mulkni bir yildan ko‘p muddatga ijaraga berishdan olingan daromadlar tushuniladi. Ushbu daromadning summasi tuzilgan lizing (ijara) shartnomasi asosida hisoblanadi. Hisoblangan daromad summasi 4830 “Olinadigan foizlar”, 6230 “Boshqa muddati uzaytirilgan daromadlar” schyotlarining debetida va 9550 “Uzoq muddatli ijaradan olingan daromadlar” schyotining kreditida aks ettiriladi. Yil oxirida 9550- schyotning kreditida to‘plangan summa uning debetiga va 9900 “Oxirgi moliyaviy natija” schetining kreditiga yoziladi va shu asosda u yopiladi.



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling