Qimmatli qog‘ozlarni qayta baholashdan olingan daromadlar deganda uzoq va qisqa muddatli investitsiyalar qiymatini oshirish natijasida vujudga kelgan daromadlar tushuniladi. Bunday daromadlar qayta baholash dalolatnomalari asosida hisoblanadi. Hisoblangan daromad summasi 0600 “Uzoq muddatli investitsiyalar hisobi schyotlari”, 5800 “ Qisqa muddatli investitsiyalar hisobi schyotlari”ining debetida va 9560 “Qimmatli qog‘ozlarni qayta baholashdan olingan daromadlar” schyotining kreditida aks ettiriladi. Yil oxirida 9560- schyotning kreditida to‘plangan summa uning debetiga va 9900 “Oxirgi moliyaviy natija” schetining kreditiga yoziladi va shu asosda u yopiladi.
Korxonalarning moliyaviy faoliyatidan olingan daromadlarning analitik hisobi ularning turlari va boshqa boshqaruv uchun zarur segmentlari bo‘yicha olib boriladi.
10.5.Favqulotdagi daromadlarning hisobi
21-son BHMSga muvofiq favqulotdagi daromadlarning hisobi 9710 “Favqulotdagi foyda” schyotining kreditida hisobga olinadi. Bunda favqulotda olingan yoki hisoblangan foydaning turini ko‘rsatuvchi schyotlar
( 0100, 0400, 0700, 1000, 2900 va boshqa schyotlar) debetlanadi. Yil oxirida 9710- schyotning kreditida to‘plangan summa uning debetiga va 9900 “Oxirgi moliyaviy natija” schetining kreditiga yoziladi va shu asosda u yopiladi.
O‘z-o‘zini sinash uchun test savol-javoblari
1.Quyidaginin qaysi biri to‘g‘ri
a) daromad –bu majburiyatlarni oshishi
b) daromad –bu harajatlarni oshishi
v) daromad – bu olinadigan schyotlarning kamayishi
g) daromad –bu aktivlarni ko‘payishi
2.Quyidagilarning qaysi biri to‘g‘ri
a) Sotishdan olingan daromad – bu moliyaviy faolitdan olingan daromad
b) Foizlar –bu asosiy faoliyatdan olingan daromad
v) Ustav kapitaliga kiritilgan mablag‘ –bu favqulotdagi daromad
g) Materialni sotishdan olingan foyda – bu asosiy faoliyatdan olingan qo‘shimcha daromad
Do'stlaringiz bilan baham: |