13.1-jadval
Chorvachilik tarmoqlari va ularda xarajat obyektlari
Tarmoqlar
|
Xarajat obyektlari
|
1. Qoramolchilik
|
Sat yo'nalishida:
asosiy poda;
yosh va boquvdagi mollar.
Go'sht yo'nalishida
|
2. Qo'ychilik
|
Go'sht yo'nalishida
asosiy poda va sakkiz oygacha bo'lgan qo'ylar
sakkiz oydan katta qo'chqorlar va boquvdagi qo'ylar
|
3. Cho'chqachilik
|
Asosiy poda.
Ikki oydan to'rt oylikkacha bo'lgan cho'chqalar.
To'rt oylikdan kata cho'chqalar
|
4. Parrandacliilik
|
Tuxurn yo'nalishida
Go'sht yo'nalishida
|
Chorvachilik ishlab chiqarish xarajatlarini xuddi dehqonchilik ishlab chiqarishdagidek turli belgilari bo‘yicha tasniflash mumkin. Chunonchi, iqtisodiy mazmuniga ко 'ra chorvachilik xarajatlari quyidagi uruhlarga ajratiladi:
*moddiy xarcjullar - chorvachilik ishlab chiqarishga sarflangan barcha material xarajatlari (yem-xashak, dori-darmonlar, to‘shash materiallari, yoqilg‘i va boshqa materiallar);
*mehnat xarajatlari - chorvachilik ishlab chiqarish bilan band bo‘lgan xodimlarga hisoblangan asosiy va qo‘shimcha ish haqlari;
*ijtimoiy sug ‘urtaga ajratmalcir - chorvachilik ishlab chiqarish bilan band bo‘lgan xodimlarga hisoblangan ish haqi fondidan Pensiya jamg‘armasigamajburiy ajratma;
*amortizatsiya - chorvachilik ishlab chiqarishga aloqador asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarga hisoblangan eskirish summasi;
*boshqa xarajatlar - chorvachi lik ishlab chiqarishga tegishli barcha yordamchi va umumishlab chiqarish xarajatlari.
Kalkulyatsiya moddalari bo ‘yicha chorvachilik ishlab chiqarish xarajatlari quyidagi moddalarga ajratilgan holda aks cttiriladi:
Mehnatga haq to‘lash va ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar;
Yem-xashak;
Dori-darmonlar;
To‘shash materiallari;
Ish vaxizmatlar;
Asosiy vositalami saqlash xarajatlari;
Ishlab chiqarish va boshqaruvni tashkil etish xarajatlari;
Sug‘urtato‘lovlari;
Boshqa xarajatlar.
«iMehnatga haq to‘lash va ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar»
moddasida chorva mollarini o‘stirish, parvarishlash, boqish, sog‘ish, junni qirqish va shu kabi boshqa ishlar bilan band boMgan ishchilar mehnatiga haq to‘lash, mehnat ta'tillariga haq to‘lash hamda bu summalarga nisbatan hisoblangan tegishli ijtimoiy sug‘urta ajratmalari hisobga olinadi. Bu xarajatlar boshlang‘ich hujjatlar asosida bevosita tegishli chorva mollari va ish turlariga o‘tkaziladi.
«Yein-xashak» moddasida chorva mollarini boqish uchun sarflangan yem-xashaklar hisobga olinadi.
«Dori-darmonlar» moddasida chorva mollarini parvarishlashda sarflangan dori-darmonpreparatlari xarajatlari hisobga olinadi.
«To‘shash materiallari» moddasida chorva mollari saqlanayotgan joylarda mollar tagiga to‘shaladigan material xarajatlari kiritiladi.
«Ish va xizmatlar» moddasida chorvachilik fermalariga boshqa korxona va tashkilotlar tomonidan ko‘rsatiladigan ishlab chiqarish xarakteridagi xizmatlarga haq to‘lash xarajatlari aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |