K. B. Urazov, S. V. Vaxidov boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobining xu su si yatl ari


*mehnat himoyasi va texnika xavfsizligi xarajatlari


Download 6.22 Mb.
bet117/269
Sana18.06.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1583758
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   269
Bog'liq
boshqa tarmoqda bux.

*mehnat himoyasi va texnika xavfsizligi xarajatlari - guruhga dehqonchilik va chorvachilik sohasida mehnat himoyasi va texnika xavfsizligini ta' minlashga qaratilgan tadbirlarga sarflanadigan xarajatlar kiritiladi;
*xo‘jalik inventarlari va buyumlariga doir xarajatlar-guruhga dehqonchilik va chorvachilik sohasi xodimlariga berilgan maxsus kiyimlar, poyafzal, inventarlar, ishlatilgan vetpriborlar, dori-darmonlar va boshqa xo‘jalik buyumlari qiymati kiritiladi;
*asosiy vositalar amortizatsiyasi va ularni saqlash xarajatlari» - guruhga umumishlab chiqarish maqsadidagi asosiy vositalarga hisoblangan amortizatsiyaajratmalari, ularni saqlash, ta’mirlash, bino va inshootlami isitish, yoritish, tozalash xarajatlari kiritiladi;
*dala shiyponlarini saqlash va ishchilarni ovqatlantirish xarajatlari»- guruhga dehqonchilik tannog‘igamo‘ljallangandalalarda joylashgan shiyponlar, palatkalar, vaqtinchalik notitul inshoatlami saqlash, ulardagi asosiy vositalarga qilingan amortizatsiya ajratmalari, joriy va kapital ta’mirlash, ishchilami issiq ovqat bilanta’minlash xarajatlari kiritiladi;
*boshqa umumishlab chiqarish xarajatlari - umumxo‘jalik maqsadidagi asosiy vositalami ijaragaolish, ularni sug‘urtaqilish, o‘simliklar va mollarni karantin qilish va boshqa umumishlab chiqarishga doir tadbirlarga sarflangan xarajatlar kiritiladi.
Umumishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish uchun qishloq xo‘jaligi ko'rxonasining ishlab chiqarish bo‘linmalari rahbarlari har oyda «Umumishlab chiqarish xarajatlari to‘g‘risidahisobot» (18v-shakl) tuzadilar va uni buxgalteriyaga topshiradilar. Ushbu hisobotda belgilangan moddalar kesimida hisobot oyida va yil boshidan boshlab qilingan xarajatlar aks ettiriladi. Yil boshidan boshlab qilingan jami xarajatlar summasi hisobotning oldingi davr va hisobot oyi ma’lumotlarini jamlash yo‘li bilan aniqlanadi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalarida umumishlab chiqarish xarajatlarining sintetik liisobi 2500 «Umumishlab chiqarish xarajatlari» schotidayuritiladi. Hisob siyosatida belgilangan tartibga ko‘ra qishloq xo‘jaligi korxonalari ushbu schotlar tizimida quyidagi schotlarni ochishlari mumkin: 2510 «Dehqonchilik umumishlab chiqarish xarajatlari», 2520 «Chorvachilik umumishlab chiqarish xarajatlari». Ushbu aktiv schotlaming debetida nomlari yuqorida zikr etilgan moddalar bo‘yicha haqiqatda sarflangan xarajatlar to‘planadi. Bu schotlaming kreditida umumishlab chiqarish xarajatlarining hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi. Agar umumishlab chiqarish xarajatlari hisobini hisobot davrlari (oy, chorak, yil) mobaynida reja tannarxda yuritilsa, u holda 2510 «Dehqonchilik umumishlab chiqarish xarajatlari». 2520 «Chorvachilik umumishlab chiqarish xarajatlari» schotlarining kreditida xarajatlar taqsimoti reja tannarxida hisobdan chiqarib boriladi va yilning oxirida haqiqiy xarajatlar aniq bo'lgach, kalkulyatsiya iarqi «qizil yozuv» voki «qo‘shimcha yozuv» usullariga muvofiq ushbu schotlaming kreditida aks ettiriladi.
2510 «Dehqonchilik umumishlab chiqarish xarajatlari», 2520 «Chorvachilik umumishlab chiqarish xarajatlari» schotlarining tahliliy hisobi qishloq xo‘jaligi korxonasi tarmoqlarining tarkibiy bo'linmalari (brigadalar, fennalar) bo‘yicha 10 g va 10 d qaydnomalarda yuriti ladi. U shbu qaydnomalaiga yozuvlar tarkibiy bo‘ 1 inmalar tomonidan taqdim etilgan «Umumishlab chiqarish xarajatlari lo‘ghisidahisobot»(18v-shakl)madumotlariasosidaamalgaoshiriladi. Ushbu schotlaming kreditida bo‘ linmalar bo‘yicha aks ettirilgan ma’ lumotlar 10/2 jumal-orderga o‘tkaziladi.
2510 «Dehqonchilik umumishlab chiqarish xarajatlari», 2520 «Chorvachilik umumishlab chiqarish xarajatlari» schotlarining debetida yuqorida keltirilgan xarajat moddalariga guvohlik beruvchi hujjatlar asosida quyidigi yozuvlar qilinadi:

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling