Debet 2010 (tegishli schotlar) Kredit 2510,2520 (tegishli schotlar);
kapital qurilish schotlariga olib borilganda:
Debet 0810,0890 Kredit 2510,2520 (tegishli schotlar);
v) davr xarajatlari schotlariga olib borilganda:
Debet 9410, 9420 Kredit 2510,2520 (tegishli schotlar).
Buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan shaklida yordamchi ishlab
chiqarish xarajatlarining hisobi maxsus «Umumishlab chiqarish xarajatlari vaxizmatlarini hisobga olish qaydnomasi»dayuritiladi.
Tayanch iboralar
Yodamchi ishlab chiqarish xo‘jaliklari - qishloq xo‘jaligi korxonasining asosiy faoliyat turlarigaxizmat ko‘rsatuvchi xo'jaliklar.
Qishloq xo‘jaligida yordamchi ishlab chiqarish xo‘jalik!arining turlari - mashina-traktor parki (MTP); ta’mirlash ustaxonalari; avtotransport xo‘jaligi; elektr, gaz va suv ta’minoti xo‘jaligi; ishchi hayvonlami saqlash xo‘jaligi va boshqalar.
Mashina-traktor parki xizmatlari dehqonchilik va chorvachilik tannoqlari xarajatlari schotlarigabevositako‘rsatilgan xizmatlami tasdiqlovchi hujjatlar asosida olib boriladi, misol uchun yemi shudgorlash, ekish, yagonalash, hosilni o‘rib berish, yig‘ish va tashish kabi xizmat haqlari bevosita dehqonchilik xarajatlariga olib boriladi; dehqonchilik xarajatlariga olib borilgan yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari oiingan mahsulotlar (paxta, bug‘doy, sabzavotlar va boshqalar) o‘rtasida ushbu mahsulotlaiga ajratilgan yer maydonlari hajmiga, ko‘rsatilgan xizmatlar soniga qarab taqsimlanadi.
Ta’mirlash ustaxonalari xarajatlari ulaming qaysi tarmoqqa va sohaga tegishliligiga qarab taqsimlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |