K. B. Urazov, S. V. Vaxidov boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobining xu su si yatl ari


Debet 5010 «Kassadagi pul mablag‘lari»; Kredit


Download 6.22 Mb.
bet122/269
Sana18.06.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1583758
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   269
Bog'liq
boshqa tarmoqda bux.

Debet 5010 «Kassadagi pul mablag‘lari»;
Kredit 9010 «Mahsulot sotishdan olingan daromadlar».
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini o‘z xodimlariga mehnat haqi uchun to‘lash sotishdan olingan daromad hisoblanadi va unga quyidagicha yozuv qilinadi:
Debet 6710 «Mehnat haqi bo‘yicha qarz»;
Kredit 9010 «Mahsulot sotishdan olingan daromadlar».
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini boshqayuridik shaxslarga ta’sis badali sifatida kiritilishiga ta’sis shartnomalari va schot-fakturalar asosida quyidagi yozuv qilinadi:
Debet 0600 «Moliyaviy investisiyalar»;
Kredit 9010 «Mahsulot sotishdan olingan daromadlar».
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini boshqa yuridik shaxslarga bepul xayriya sifatida berilishiga tuzilgan shartnomalar hamda schot-fakturalar asosida quyidagi yozuvlar qilinadi:

  1. bepul berilgan mahsulotlar qiymatiga;

Debet 4010 «Xaridorlardan olinadigan schotlar»;
Kredit 9010 «Mahsulot sotishdan olingan daromadlar».

  1. bepul berilgan mahsulotlar bo 'yicha qarzning hisobdan chiqurilishiga:

Debet 9430 «Boshqa operasion xarajatlar»;
Kredit 4010 «Xaridorlardan olinadigan schotlar».
Sotish tannarxining hisobi. Qishloq xo'jaligi korxonalarida sotilgan qishloq xo'jaligi mahsulotlari tannarxining hisobi 9110 «Sotilgan mahsulotlar tannarxi» schotida yuritiladi. Hisobot yili davomida ushbu schotning debetida sotilgan mahsulotlar reja tannarxi bo‘yicha quyidagi yozuv bilan aks ettiriladi:
Debet 9110 «Sotilgan mahsulotlar tannarxi»;
Kredit 2810 «Tayyor mahsulotlar».
Hisobot yili oxirida barcha haqiqiy ishlab chiqarish xarajatlari aniqlangach, sotilgan hamda omborlarda sotilmasdan qolgan mahsulotlaming haqiqiy tannarxi aniqlanadi. Shuningdek, 9110 «Sotilgan mahsulotlar tannarxi» schotining debetida aks ettirilgan sotilgan mahsulotlaming rejatannarxidagi qiymati qo'shimcha yozuv yoki «stomo» usullari bo‘yicha haqiqiy tannarxidagi qiymatigayetkaziladi. Bunda, chunonchi, reja tannarx haqiqiy tannarxdan katta bo'lsa, u holda «stomo» yoki «qizil yozuv» usulida Debet 9110 «Sotilgan mahsulotlar tannarxi» Kredit 2010 «Asosiy ishlab chiqarish» yozuvi beriladi. Reja tannarx haqiqiy tannarxdan kichik bo'lsa, u holda «qo‘shimchayozuv» usulida Debet 9110 «Sotilgan mahsulotlar tannarxi» Kredit 2010 «Asosiy ishlab chiqarish» yozuvi beriladi.
Davr xarajatlarining hisobi. Qishloq xo'jaligi korxonalarida boshqa yuridik shaxslardagi singari davr xaraj atlari asosan uchta guruhga bo' linadi: (1) sotish xarajatlari; (2) ma’muriy-boshqaruv xarajatlari; (3) boshqa operasion xarajatlar. Davr xarajatlarining tarkibi va ulaming hisobini yuritishda qishloq xo'jaligi korxonalari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 -yil 5-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (ish, xizmatjlami ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalami shakllantirish to'g'risida nizom»ga va 21 -son BUMS «Xo'jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy-xo'jalik faoliyati baxgalteriya hisobi schotlar rejasi va uni qo'llash bo‘yichayo‘riqnoma»ga amal qilishlari lozim.
Sotish xarajatlariga qishloq xo'jaligi korxonalaridayetishtirilgan mahsulotlami sotish bilan bog'liq barcha turdagi xarajatlar, chunonchi, qishloq xo'jaligi mahsulotlari yarmarka vako'rgazmalarinitashkil etishga, ulami reklama qilishga, kontraktlami tuzishga, omborxonalami saqlashga, sotish bilanshug‘ullanuvchi xodimlargamehnathaqi vaijtimoiy to‘lovlarga sarflangan hamda shu kabi boshqa xarajatlarkiradi. Sotish xarajatlari hisobi 9410 «Sotish xarajatlari» schotidaolib boriladi. Buschotning debetida yuqorida keltirilgan bare ha turdagi xarajatlar to' planadi, bunda 0200, 1000, 6010, 6990, 6710, 6520 va boshqa aniq xarajatlarni ifodalovchi schotlar kreditlanadi. Hisobot yili oxirida 9410 «Sotish xarajatlari» schoti yopiladi, ya’ni lining debetida to'plangan summaga Debet 9910 «Moliyaviy natija» Kredit 9410 «Sotish xarajatlari» yozuvi beriladi.
Mu ’miiriy-boshquruvxarajatlariga qishloq xo'jaligi korxonalarining boshqaruv apparatini saq'ashga doir xarajatlar, chunonchi, boshqaruv apparati xodimlariga hisobiangan ish haqi, ijtimoiy to'lov, aniortizatsiva ajratmalari, xizmat safarlari, gazeta va jumallarga obuna, kanselyariya tovarlari va boshqa shu kabi xarajatlar kiradi. Ma’muriy-boshqaruv xarajatlarining hisobi 9420 «Boshqaruv xarajatlari» schotida olib boriladi. Bu schotning debetida yuqorida keltirilgan barcha turdagi xarajatlar to'planadi, bunda 0200,1000.6010,6970,6990,6710,6520 va boshqa aniq xarajatlarni ifodalovchi schotlar kreditlanadi. Hisobot yili oxirida 9420 «Boshqaruv xarajatlari» schoti yopiladi, ya’ni lining debetida to'plangan summaga Debet 9910 «Moliyaviy natija» Kredit 9420 «Boshqaruv xarajatlari» yozuvi beriladi.
Boshqa operasion xarajatlarga qishloq xo'jaligi korxonalarining turli xayriya sifatida berilgan mulkini hisobdan chiqarilishi, to'langan penya vajarimalar. ko'rsatilgan moddiy yordamlar, bank xizmatlari uchun to'lovlar, auditorlik tekshiruvlari va turli konsalting xizmatlari uchun to'lovlar, sotish hajmiga nisbatan pensiya fondiga, maktab ta’limini rivojlantirish fondiga va avtoyo‘1 fondiga majburiy ajratmalar, sud xarajatlari, voz kechilgan debitorlik qarzlari va shu kabi boshqa xarajatlar kiradi. Boshqa operasion xarajatlari hisobi 9430 «Boshqa operasion xarajatlar» schotida olib bori ladi. Bu schotning debetida yuqorida keltirilgan barcha turdagi xarajatlar to'planadi, bunda 0200, 1000,4010, 5010, 5110, 6010, 6970, 6990, 6710, 6520 va boshqa aniq xarajatlarni ifodalovchi schotlar kreditlanadi. Hisobot yili oxirida 9430 «Boshqa operasion xarajatlari» schoti yopiladi, ya’ni uning debetida to'plangan summaga Debet 9910 «Moliyaviy natija» Kredit 9430 «Boshqa operasion xarajatlar» yozuvi beriladi.
Asosiv faoliyatdan olingan boshqa daromadlar hisobi. Qishloq xo'jaligi korconalarida asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlarga asosiy vositalar va boshqa aktivlar (nomoddiy aktivlar, qimmatli qog‘ozlar, material lar)ni sotishdan olingan foyda, joriy ijaradan olingan foyda, xizmat ko'rsatuvchi bo‘ linmalardan tushumlar, voz kechilgan kreditorlik qar/lar, beg‘araz olingan moliyaviy yordam, inventarizatsiyada aniqlangan ortiqchalar va boshqa shu kabi qo’shimcha daromadlar kiradi. Ushbu turdagi daromadlaming hisobi 9300 «Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar» schotlar tizimida ochilgan alohida schotlaming kreditida olib boriladi. Bunda 1000, 4800, 5010, 5110, 6010, 6900, 9210, 9220 va boshqa aniq daromadlarni ifodalovchi schotlar debetlanadi. Hisobotyili oxirida9300 «Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar» schoti yopiladi. ya’ni lining kreditida to‘plangan summaga Debet 9300«Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar» Kredit 9910 «Moliyaviy natija» yozuvi beriladi.
Moliyaviy faoliyatga doir daromadlaming hisobi. Qishloq xo‘jaligi korxonalarida moliyaviy faoliyatga doir daromadlarga dividend va foiz ko‘rinishidagi daromadlar, uzoq muddatli ijaradan olingan daromadlar, qimmatli qog‘ozlami qayta baholashdan olingan daromadlar, xorijiy valutada ifodalangan balans moddalari bo‘yicha ijobiy kurs farqlari (tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan qishloq xo‘jaligi korxonalarida) kiradi. Bu turdagi daromadlaming hisobi 9500 «Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar» schotlar tizimida ochilgan alohida schotlaming kreditida olib boriladi. Bunda 4010,4800,5020,5200 va boshqa aniq daromadlarni ifodalovchi schotlar debetlanadi. Hisobot yili oxirida9500 «Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar» schoti yopiladi, ya’ni uning kreditida to‘plangan summaga Debet 9500«Moliyaviy faoliyat olingan daromadlar» Kredit 9910 «Moliyaviy natija» yozuvi beriladi.
Moliyaviy faoliyatga doir xarajatlarning hisobi. Qishloq xo‘jaligi korxonalarida moliyaviy faoliyatga doir xarajatlarga olingan kredit va qarzlar uchun to‘ langan foizlar, uzoq muddatli ijarabo'yicha foiz to‘lovlari, qimmatli qog‘ozlarni chiqarishga doir xarajatlar, xorijiy valutada ifodalangan balans moddalari bo'yicha salbiy kurs farqlari (tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan qishloq xo‘jaligi korxonalarida) kiradi. Bu turdagi xarajatlarning hisobi 9600 «Moliyaviy faoliyatga doir xarajatlar» schotlar tizimida ochilgan alohida schotlaming debetidaolib boriladi. Bunda 5200, 6010, 6900 va boshqa aniq xarajatlarni ifodalovchi schotlar kreditlanadi. Hisobot yili oxirida 9600 «Moliyaviy faoliyatga doir xarajatlar» schoti yopiladi, ya'ni uning debetidato‘plangan summaga Debet 9910 «Moliyaviy natija» Kredit 9600 «Moliyaviy faoliyatga doir xarajatlar»yozuvi beriladi.
Foyda ko‘rsatkichlarini aniqlash va ularning hisobi. Qishloq xo‘jaligi korxonalarida boshqa yuridik shaxslar singari beshta foyda ko‘rsatkichi aniqlanadi va ular «Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot»da aks ettiriladi. Respublikarnizda amalda bo‘lgan «Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish to‘g‘risida Nizom»ga muvofiq ushbu foyda ko'rsatkichlari quyidagicha aniqlanadi:

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling