Hisobot davrida soliq bazasidan chegirilmaydigan, lekin kelgusida chegirilib boriladigan xarajatlar deganda 9440 «Kelgusida soliq bazasidan chegiriladigan xarajatlar» schotda aks ettirilgan xarajatlar tushuniladi. Bunday xarajatlaming to‘ liq ro‘yxati Soliq kodeksidaning 146- moddasida keltirilgan. Ushbu xarajatlar ham foyda solig‘i hisob-kitobining alohida satrida ko‘rsatiladi.
Soliq bazasidan chegiriladigan xarajatlar deganda Nizomga keltirilgan 2-ilovaga muvofiq o‘tgan hisobot yilida soliq bazasidan chegirilmagan, lekin keyingi hisobot davridan boshlab 10 yil muddat mobaynida soliq bazasidan chegirilib boriladigan xarajatlar tushuniladi. Soliq qonunchiligi hujjatlariga asosan qishloq xo‘jaligi korxonalari soliq bazasidan chegiriladigan xarajatlami Soliq kodeksi vaNizomda keltirilgan tartibga muvofiq maxsus hisob-kitob yordamida mustaqil hisoblashlari va ma’lumotnoma bilan tasdiqlashlari, ulaming summasini foyda solig‘i hisob- kitobining alohida satrida ko'rsatishlari lozim.
Beg‘araz olingan mulk deganda boshqa yuridik va jismoniy shaxslardan haqi to'lanmaslik sharti bilan olingan mulk (asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, o‘rnatishga mo’ljallangan jihozlar, materiallar) tushuniladi.
Grantlar deganda qishloq xo‘jaligi korxonasiga davlat (xukumat) hamda nodavlat, chet el, xalqaro tashkilot va fondlartomonidan ma’lum maqsadlaruchun berilgan beg‘araz, gumanitar pul mablag‘lari yoki moddiy texnik yordam summasi tushuniladi. Grant mablag'lari qat’i belgilangan maqsadlar uchun ishlatiladi.
Olingan dividendlarva foizlar Soliqqonunchiligigamuvofiq alohida 10 foizlik dividend soligriga tortilishi munosabati bilan foyda solig‘ini hisoblashda chegirib tashlanadi. Shuning uchun ulaming summalari foyda solig'i hisob-kitobining alohida satrida ko'rsatiladi. Ushbu daromadlardan dividend soligriniundirilganligito‘g‘risidanra4umotlarularniberganyuridik shaxslarningma’lumotnomalari bilan tasdiqlanishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |