K. B. Urazov, S. V. Vaxidov boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobining xu su si yatl ari
Debet 0160 «Transport vositalari»; Kredit
Download 6.22 Mb.
|
boshqa tarmoqda bux.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Debet
- ettirish holatda
- holatda (ATV boyicha kamomad summasini 500 ming som miqdorida undirishga qaror qilinganda): Debet
- holatda (ATV boyicha kamomad summasini 100 ming som miqdorida undirishga qaror qilinganda): Debet
- Avtotransport vositalari ish faoliyati ko‘rsatkichlarining hisobi
- -1 tonna-kilometr (t/km) yuk aylanmasining tannarxi.
- -1 kishi-kilometr (k/km)yo‘lovchi aylanmasining tannarxi.
- Naryaddagi avtomobil-soatlar soni.
- Bosib o‘tilgan masofaning foydalilik koeffitsiyenti.
Debet 0160 «Transport vositalari»;
Kredit 9390 «Boshqa operasion daromadlar». ATVlar inventarizatsiyasidakamomadlar aniqlanganda, dastlab, ulaming boshlangrich qiymati vajamlangan eskirishi, shuningdekular bo‘yichaoldingi davrlarda qayta baholash evaziga shakllangan rezervr kapitali hisobdan chiqariladi. Ushbu operatsiyalar buxgalteriya hisobida yuqorida keltirilgan yozuvlarga o‘xshash taizda aks ettiriladi. Shundan so‘ng, mavjud bo‘lmagan ATV ning qoldiq qiymati aybdor shaxslar aniqlangunga qadar kamomad sifatida tan olinadi va unga quyidagicha yozuv qilinadi: Debet 5910 «Kamomadlar va boyliklar buzilishidan yo‘qotishlar»; Kredit 9210 «Asosiy vositalaming chiqimi». ATVlaming kam chiqishi aybdor shaxs bo‘yniga avtotransport korxonasi rahbariyati tomonidan belgilangan miqdorda qo‘yiladi. Ushbu miqdor kamomad sifatida tan olingan ATVning qoldiq qiymatiga, qayta baholash natijasida vuj udga kelgan rezerv kapitali summasi chegirilib topilgan qoldiq qiymatda, qoldiq qiymatdan past hamda undan yuqori qiymatlarda belgilanishi mumkin. Misol uchun, aytaylik kamomad chiqqan ATV7 ning qoldiq qiymati 500 ming so‘m, qayta baholashdan vujudga kelgan rezerv kapitali summasi 300 ming so‘mni tashkil etadi. Korxona rahbariyati, kamomadni 1 -holatda 200 ming so‘m, 2-holatda 500 ming so‘m, 3-holatda 100 mingso‘m miqdoridaundiribolishgaqarorqilganboisa, mosravishda, bu holatlar bo‘yicha buxgalteriyada quyidagi yozuvlar berilishi lozim. jadval ATVlarning uzoq muddatli ijaraga berilishini schotlarda aks
ettirish holatda (ATV bo ‘yicha kamomad summasini 200 ming so ‘m miqdorida undirishga qaror qilinganda): Debet 4730 «Xodimlaming moddiy zarar bo‘yicha qarzlari»; Kredit 5910 «Kamomadlar va boyliklar buzilishidan yo‘qotishlar». holatda (ATV bo'yicha kamomad summasini 500 ming so'm miqdorida undirishga qaror qilinganda): Debet 4730 «Xodimlaming moddiy zarar bo'yicha qarzlari» - 500000 so‘m; Kredit 5910 «Kamomadlar vaboyliklar buzilishidan yo‘qotishlar» - 200000 so‘m; Kredit 9310 «Asosiy vositalar chiqimidan foyda» - 300000 so‘m. holatda (ATV bo'yicha kamomad summasini 100 ming so'm miqdorida undirishga qaror qilinganda): Debet4730 «Xodimlaming moddiy zarar bo'yicha qarzlari» -100000 so'm; Debet 9430 «Boshqa operasion xarajatlar» - 100000 so'm; Kredit 5910 «Kamomadlar va boyliklar buzilishidan yo'qotishlar» - 200000 so'm. Avtotransport vositalari ish faoliyati ko‘rsatkichlarining hisobi Avtotransport korxonalarida har bir ATV ish faoliyati alohida yuritiladi. Burning uchun ATVlaming har biriga maxsus «Avtotransport ish faoliyati hisobi kartocbkasi» ochiladi. Bu kartochkalarda ATVlar ish faoliyatini ifodalovchi soniy va sifat ko'rsatkichlar davrlar bo'yicha aks ettiriladi hamda jamlab boriladi. ATVlar ish faoliyati hajmini ifodalovchi soniy ko'rsatkichlar bo'lib tashilgan yuk hajmi va yuk aylanmasi (yuk aylanmai) hisoblanadi. Chunonchi, tashilgan yuk hajmi tonnada, yuk aylanmasi (yuk aylanmai) tonna-kilometrda, yo'lovchi tashish hajmi esa kishi sonida, yo'lovchi aylanmasi (yo'lovchi aylanmai) kishi-kilometrdahisobga olinadi. Tonna-kilometr (t/km) - transport tomonidan 1 tonna yukni 1 km masofaga tashish bo'yicha bajarilgan ishni hisobga olish uchun qabul qilingan shartli birlik. Transport tomonidan bajarilgan jami ishning tonna- kilometr (t/km)dagi hajmi tashilgan yuk miqdorini (tonna) jami yuk bilan bosib o'tilgan masofa (km)ga ko'paytirish orqali topiladi. Kishi-kilometr (k/km) - transport tomonidan 1 kishini 1 km masofaga tashish bo'yicha bajarilgan ishni hisobga olish uchun qabul qilingan shartli birlik. Transport tomonidan bajarilgan jami ishning kishi- kilometr (k/km)dagi hajmi tashilgan yo'lovchilar sonini (kishi) jami yo'lovchilar bilan bosib o'tilgan masofa (km)ga ko'paytirish orqali topiladi. ATVlar ish faoliyati turli si fat ko'rsatkichlari bilan tavsiflanadi. Ularning asosiylari bo‘lib, chunonchi, quyidagilar hisoblanadi: . -1 tonna-kilometr (t/km) yuk aylanmasining tannarxi. Bu ko‘rsatkich yuk tashish avtomobil transportini ekspluatasiyasi uchun sarflangan jami xarajatlami jami bajarilgan ish hajmi, ya’ni yuk aylanmasi (t/km) miqdoriga bo‘lish orqali topiladi. -1 kishi-kilometr (k/km)yo‘lovchi aylanmasining tannarxi. Bu ko‘rsatkich yo‘lovchi tashuvchi avtomobil transportini ekspluatasiyasi uchun sarflangan jami xarajatlami jami bajarilgan ish hajmiga, ya’ni yoflovchi aylanmasi (k/km) miqdoriga bo‘lish orqali topiladi. avtomobillarning texnik tayyorgarlik koeffitsiyenti. Bu ko'rsatkich ma’lum davrdajami texnik soz hamdayuk tashish (yo‘lovclii tashish) uchun yaroqli boflgan avtomobillar sonini ularning shu davrda jami ro‘yxatdagi soniga boflish orqali topiladi. avtomobillarni ishga chiqish koeffitsiyenti. Bu ko‘rsatkich ma’lum davrdajami ishga chiqqan avtomobillar sonini shu davrda xo'jalikda mavjud boflgan jami avtomobillar soniga bo‘lish orqali topiladi. ishdagi avtomobil-kunlar soni. Bu ko‘rsatkich ma’lum davrdagi jami avtomobil-kunlar sonini shu davrdagi avtomobillarni ishga chiqish koeffitsiyentiga ko‘paytirish orqali topiladi. ishda bo‘lmagan avtomobil-kunlar soni. Bu ko‘rsatkich ma’lum davrda xo‘jalikdagi jami avtomobil-kunlar sonidanjami ishdagi avtomobil- kunlar sonini ayirish orqali topiladi. Avtoxo‘jaliklarda ishda boflmagan avtomobil-kunlar soni obyektiv va subyektiv sabablarga ko‘ra yuz beradi. Chunonchi, dam olish hamda bayram kunlariga, shuningdek rejadagi texnik ko‘rik va ta’mirlash ishlariga to‘g‘ri keladigan avtomobil-kunlari soni obyektiv sabablar hisoblanadi. Yo‘lgachiqib, turli tasodifiy holatlaigako‘ra ish vaqtini to‘liq o‘tamasdan xo‘jalikka qaytgan, shuningdek haydovchining berilgan topshiriqni bajarmaganligi va shu kabi boshqa holatlarga ko‘ra ishda bo‘lmagan avtomobillargato‘g‘ri keluvchi avtomobil-kunlari soni subyektiv sabablar hisoblanadi. Bunday sabablarga ko‘ra vujudgakelgan avtomobil- kunlar soni tuzilgan maxsus dalolatnomalar asosida hisobga olinadi. Naryaddagi avtomobil-soatlar soni. Bu ko‘rsatkich ma’lum davrda xo‘jalikdagi jami avtomobil-kunlar sonini avtomobillarning naryadda bo‘lgan o‘rtacha sutkalik soatlari soniga ko‘paytirish orqali topiladi. Avtomobillar ish vaqtidan foydalanish koeffitsiyenti. Bu ko‘rsatkich avtomobillaming harakatdagi vaqtini naryadda bo‘lgan vaqtiga boMish orqali topiladi. Bosib o‘tilgan masofaning foydalilik koeffitsiyenti. Bu ko‘rsatkich avtomobillaming ma’lum davrda yuk bilan bosib o‘tgan masofasini jami yuk bilan vayuksiz bosib o‘tgan masofasigabo‘lish orqali topiladi. Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling