Debet 1030 «Ombordagi yoqilgd»;
Kredit 4610 «Ta’sischilaming ustav kapitaliga badallari bo‘yicha qarzlari».
Avtotransport korxonalarida AY OQSHlarga kirim qilingan yoqilgri asosan haydovchilarga ATVlar yordamida ish bajarish (xizmat ko‘rsatish) maqsadida yo‘l varaqalarida dispetcher tomonidan ko‘rsatilgan miqdorda beriladi. Yoqilg‘ini haydovchilaiga berilishi tarqatish qaydnomasiyoki limit- qo‘yish qaydnomasi (varag‘i) bilan rasmiylashtiriladi. Haydovchilaming qaydnomalardagi imzosi ular tomonidan olingan yoqilg‘i miqdorini tasdiqlaydi. Bu qaydnomalar ikki nusxada tuziladi. Uning bir nusxasi AY OQSH mudirida qoladi, ikkinchi nusxasi esa u tomonidan tuzilgan «Yoqilg‘i harakati to‘g‘risida hisobot» bilan birga buxgalteriyaga topshiriladi.
Yoqi lg‘ ini haydovchilai^a berilishi buxgalteriya hisobida quyidagi yozuv bilan aks ettiriladi:
Debet 1031 «Haydovchilarjavobgarligidagiyoqilg‘i»;
Kredit 1030 «Ombordagi yoqilg‘i».
Yoqilg‘ining ichki almashishi nakladnoylar bilan rasmiylashtiriladi va ular asosida buxgalteriyada quyidagicha yozuv qilinadi:
Debet 1030 «Ombordagi yoqilg‘i» (oluvchi shaxs);
Kredit 1030 «Ombordagi yoqilg‘i» (beruvchi shaxs).
Avtotransport korxonalaridaAYOQSHgakirim qilingan yoqilg‘i zarur hollarda tuzilgan shartnoma hamaa rahbaming ruxsati asosida boshqa yuridik shaxslarga sotilishi, bepul berilishi, ta’sis badali sifatida kiritilishi mumkin. Yoqilg‘ining bunday chiqimlari schot-fakturalar bilan rasmiylashtiriladi. Schot-fakturalar asosida yoqilg‘ining chiqib ketish yo‘nalishiga ko‘ra buxgalteriyada quyidagi yozuvlar qilinadi:
YoqilgM sotilganda:
sotish qiymatiga (QQSsiz)
Debet 4010 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schotlar»;
Kredit 9220 «Boshqa aktivlaming chiqib ketishi».
QQS summasiga
Do'stlaringiz bilan baham: |