0‘stirishdagi va boquvdagi mollar - ma’lum muddatgacha o‘stirishda bo‘lgan, shuningdek maxsus boquvda bo'lgan hay von bolalari (buzoq, qo‘zi, cho‘chqa, jo‘ja va shu kabilar).
Ishlab chiqarish zaxiralarining tannarxi - ularning sotib olish baholaridagi qiymatini hamda sotib olishga doir barcha qo‘shimcha xarajatlar (tashib keltirish, bojxona todovlari, sertifikatlash, brokerlaming xizmat haqlari va boshqalar)ni oladi.
0‘z ishlab chiqarishidan olingan ishlab chiqarish zaxiralarining tannarxi - ulami ishlab chiqarish bilan bog‘liq barcha moddiy, mehnat va boshqa xaraj atlar maj muasi.
Ishlab chiqarish zaxiralari kirimi hisobining bevosita usuli -
ulaming barcha manbalardankirim qilinishini materiallarhisobi schotlarining (1010-1090 schotlar) debetida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aks ettirish usuli.
Ishlab chiqarish zaxiralari kirimi hisobining bilvosita usuli-ulaming barcha manbalardan kirim qilinishini dastlab 1510 «Materiallami tayyorlash va xarid qilish» schotining debetida, materiallar kirim qilingach esa 1510 schotning kreditida va 1010-1090 schotlaming debetida aks ettirish usuli.
Materiallarning hisob bahosidagi qiymati va xarid qiymati o‘rtasidagi farq summasi - hisobot davridaalohida 1610 «Materiallar qiymatidagi farqlar» schotidahisobga olinadigan summa.
Tug‘ilgan hayvon naslini kirim qilish dalolatnomasi (95- shakl) - buzoq, cho‘chqa, qo‘y va ishchi hayvonlaming bolalarini kirim qilishda ferma mudiri yoki zootexnik tomonidan ikki nusxada tuziladigan hujjat.
Hayvonlarni guruhdan-guruhga o‘tkazish dalolatnomasi (97- shakl) -korxona rahbari buyrug‘i bilan tasdiqlangan komissiya tomonidan tuziladigan va hayvonlarni bir guruhdan ikkinchi guruhga o‘tkazilganda ulaming turi, vazni, qaysi guruhdan qaysi guruhga o‘tkazilganligi, kimga birkitilganligini ko‘rsatuvchi hujjat.
Do'stlaringiz bilan baham: |