K. B. Urazov, S. V. Vaxidov boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobining xu su si yatl ari


Foizlar ko‘rinishidagi daromadlar


Download 6.22 Mb.
bet53/269
Sana18.06.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1583758
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   269
Bog'liq
boshqa tarmoqda bux.

Foizlar ko‘rinishidagi daromadlar deganda qurilish tashkilotining boshqa yuridik shaxslarga bergan qarzlari vakreditlari uchun hisoblangan foizlar tushuniladi. Ushbu foizlar summasi tuzilgan shartnomalar asosida hisoblanadi. Foiz ko‘rinishida hisoblangan daromadlar 4830 “Olinadigan foizlar” schotining debetida va 9530 “Foizlar ko‘rinishidagi daromadlar” schotining kreditida aks ettiriladi.
Valutalar kurslari farqidan daromadlar deganda qurilish tashkilotining valuta schotida saqlanayotgan chet el valutasi va chet el valutasidagi debitorlik qarzlar bo‘yicha hisoblangan ijobiy kurslar farqi tushuniladi. Ushbu daromad har oyning oxirida 5210 “Mamlakat ichidagi valuta schotlari”, 5220 “Chet eldagi valuta schotlari”, 4000 “Olinadigan schotlar”, 4300 “Ta’minotchi va pudratchilarga berilgan bo‘naklami hisobga oluvchi schotlar” va boshqa chet el valutasida hisobi yuritilgan debitorlik qarzlar schotlari bo‘yicha 0‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki e’ Ion qilgan kurslar asosida hisoblanadi. Hisoblangan ijobiy kurslar farqi yuqorida keltirilgan schotlaming debetida va 9540 “Valutalar kurslari farqidan daromadlar” schotining kreditida aks ettiriladi.
Uzoq muddatli ijaradan daromadlar deganda mulkni bir yildan ko‘p muddatga ijaraga berishdan olingan daromadlar tushuniladi. Ushbu daromadning summasi tuzilgan lizing (ijara) shartnomasi asosida hisoblanadi. Hisoblangan daromad summasi 4830 “Olinadigan foizlar”, 6230 “Boshqa muddati uzaytirilgan daromadlar” schotlarining debetida va 9550 “Uzoq muddatli ijaradan daromadlar” schotining kreditida aks ettiriladi.
Qimmatli qog‘ozlarni qayta baholashdan daromadlar deganda uzoq va qisqa muddatli investitsiyalar qiymatini oshirish natij asida vuj udga kelgan daromadlar tushuniladi. Bunday daromadlar qayta baholash dalolatnomalari asosida hisoblanadi. Hisoblangan daromad summasi 0600 “Uzoq muddatli investitsiyalami hisobga oluvchi schotlar”, 5800 “Qisqa muddatli investitsiyalami hisobga oluvchi schotlar”ning debetida va 9560 “Qimmatli qog‘ozlami qayta baholashdan daromadlar” schotining kreditida aks ettiriladi.
Qurilish tashkilotlarida moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlaming talil iliy hi sobi ulaming turlari va boshqa boshqaruv uchun zarur segmentlari bo‘yicha 11 -s jumal-orderda olib boriladi.
21 -son BHMSga muvofiq qurilish tashkilotlarida moliyaviy faoliyatga doir xarajatlaming hisobi quyidagi schotlarda olib boriladi:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling