K. B. Urazov, S. V. Vaxidov boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobining xu su si yatl ari


Qurilish tashkilotlarining asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlariga


Download 6.22 Mb.
bet50/269
Sana18.06.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1583758
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   269
Bog'liq
boshqa tarmoqda bux.

Qurilish tashkilotlarining asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlariga ulaming asosiy vositalari, nomoddiy aktivlari, materiallarini sotishdan foyda, undirilgan jarimalar, voz kecliilgan kreditorlik qarzlari, qisqamuddatli ijaradandaromadlar, beg‘araz qaytarilmaydiganmoliyaviy yordam, xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar daromadlari, inventarizatsiyada aniqlangan ortiqchalar, o‘tgan yillaming foydasi kabilar kiradi.
21 -son BHMSga muvofiq qurilish tashkilotlari asosiy faoliyatidan olingan qo‘shimchadaromadlar 9300 «Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlami hisobga oluvchi schotlar» tizimida ochiladigan alohida schotlarda hisobga olinadi, chunonchi:

  • 9310 «Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda» schotining kreditida o‘z asosiy vositalarini sotishdan va boshqa chiqimlaridan olingan foyda summasi aks ettiriladi. Bunda 9210 «Asosiy vositalarning chiqib ketishi» schoti debetlanadi.

  • 9320 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda» schotining kreditida materiallar, xo‘jalik inventarlari vanomoddiy aktivlami sotishdan hamda boshqa chiqimlaridan olingan foyda summasi aks ettiriladi. Bunda 9220 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishi» schoti debetlanadi.

  • 9330 «Undirilgan jarimalar, penya va ustamalar» schotining kreditida turli xo‘jalik shartnomalari shartlarining buzilishi natijasida, shuningdek ko‘rsatilgan zararlaming qoplanishi evaziga olingan daromad (foyda) summasi aks ettiriladi. Bunda mos ravishda jarimani kelib tushganligi, ushlanganligi yoki hisoblanganligini aks ettiruvchi schotlar, masalan 5010 «Kassadagi milliy valutadagi pul mablag‘ lari», 5110 «Hisob- kitob schoti», 6710 «Mehnat haqi bo‘yichaxodim bilan hisoblashishlar», 4860 «Da’volar bo‘yicha olinadigan schotlar» debetlanadi.

  • 9340 «0‘tgan yillar foydasi» schotining kreditida hisobot yilda aniqlangan o‘tganyillaming foydasi aks ettiriladi. Bunday foyda, masalan, muddatidan oldin hisobdan chiqarib yuborilgan debitorlik qarzlarning tiklangan yoki kelib tushgan summasi, ortiqcha hisoblab yuborilgan xarajatlami kamaytirilishi va boshqalarhisoblanadi. Bunda mos ravishda o‘tgan yillar foydasini tiklanganligini ko‘rsatuvchi schotlar, masalan 5010 «Kassadagi milliy valutadgi pul mablag‘lari», 5110 «Hisob-kitob schoti», 4000 «Olinadigan schotlar» debetlanadi.


  • Download 6.22 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling