K. hoshimov kuni uzaytirilgan guruhlarda ta


Download 115.68 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/25
Sana21.01.2018
Hajmi115.68 Kb.
#24998
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25

194

muvaffaqiyatga  erishish  imkoniyatlarini  o‘rganish  shuni  ko'rsa- 
tadiki,  agar  oila  yaxshi  uyushgan  jamoa  sifatida  qaror  topgan 
bo‘lsa,  tarbiya  muvaffaqiyatli  hal  qilinadi.
Biz  ota-onalar  va  tarbiyachilar  bilan  «Bo‘sh  vaqtda  bolalari- 
miz  nima  bilan  shug‘ullanadilar?»  degan  savol  bo‘yicha  anketa- 
so‘roqlar o‘tkazdik.  Bunda  350  dan ortiq ota-onalar,  tarbiyachilar 
qatnashdilar.  Ulaming  javobi  quyidagicha  bo‘ldi:
1.  Sport  bilan  shug‘ullanadi  —  180  kishi.
2.  Badiiy  adabiyotlar  o‘qiydi  —  175  kishi.
3.  Uyni  yig‘ishtirish  va  tozalashda  qatnashadi  —  115  kishi.
4.  Uy  ishlarida  qatnashadi  —  100  kishi.
5.  Kinoga  boradi  —  102  kishi.
6.  Stol  tennisi  bilan  shug‘ullanadi  —  80  kishi.
7.  Jamoat  ishlarini  bajaradi  —  85  kishi.
8.  Musiqa,  badiiy havaskorlik bilan shug‘ullanadi  —  80  kishi.
9.  0 ‘z  ishi  bilan  shug‘ullanadi,  o‘rtoqlari  bilan  birga  bo‘ladi  —
110  kishi.
10.  Cho‘milish,  rasm chizish,  velosiped  minish,  qo‘l mehnati 
va  hokazolar  bilan  shug‘ullanadi  —  150  kishi.
Shunday  qilib,  yuqoridagi  javoblardan  ma’lum  bo‘lishicha, 
o‘quvchilaming ko‘pchihgi bo‘sh vaqtlarini badiiy adabiyot o‘qish, 
sport  to‘garaklariga  qatnab,  o‘z  o‘rtoqlari  bilan  o‘tkazar  ekan. 
Bundan  tashqari  biz  bolalar  tarbiyasi  bo‘yicha  ota-onalarga  va 
tarbiyachilarga  «Siz  bo‘sh  vaqtda  bolalaringizda  qaysi  sifatlami 
tarbiyalashga ahamiyat berasiz?»  degan savol bilan murojaat etdik. 
Ular  esa  quyidagicha  javob  berdilar:
1.  Axloqiy  sifatlami  tarbiyalashga  (vatanparvarlik,  kamtarin- 
lik,  to‘g‘rilik,  sofdillik)  —  150  kishi.
2.  Madaniy  saviyalarini  oshirishga  —  50  kishi.
3.  Intizomli  qilib  tarbiyalashga  —  55  kishi.
4.  Mehnatsevar  qilib  tarbiyalashga  —  45  kishi.
5.  Bilim  olishga  qiziqishini  o‘stirishga  —  65  kishi.
6.  Irodali  qilib  tarbiyalashga  —  45  kishi.
7.  Tashabbuskorlik  va  faollikni  tarbiyalashga  —  30  kishi.
8.  Boshqa  sifatlami  tarbiyalashga  —  80  kishi.
Anketa-so‘roqlarining birinchi va ikkinchi  savollariga berilgan
javoblar  va  ularni  taqqoslash  shuni  ko‘rsatdiki,  o‘quvchilarda 
axloqiy  sifatlami  paydo  qilish  va  ulami  o‘stirish  ko‘proq  oilaviy 
tarbiyaga bog‘liq ekan.  Shunisi xarakterliki,  qaysi oilada hamjihat-
195

lik,  yakdillik  bo'lsa,  o‘sha  joyda  mustahkam  oila  jamoasi  qaror 
topgan.  Shunday oilada turli ixtiloflar,  kehshrnovchilik va janjallar 
bo‘lmaydi,  bolalarning  bo‘sh  vaqtlari  qiziqarli,  maqsadga  muvo- 
fiq  o‘tadi.
Xalqimizda  «Qush  uyasida  ko‘rganini  qiladi»  degan  hikmat 
bor.  Bola  ham  oilada  nimani  ko‘rsa,  eshitsa,  shunga  qarab  ish 
tutadi.  Demak,  bu  oilalarda  bolalar  tarbiyasi  yaxshi  yo‘lga 
qo‘yilgan  bo‘ladi.  Lekin  shunga  qaramasdan  oilada  duch  keli- 
nadigan  qiyinchiliklar  mavjud.  Shu  nuqtayi  nazardan,  oiladagi 
axloqiy  muhitni  aniqlash  uchun  ota-onalar  o‘rtasida  o‘tkazilgan 
«Oilada  bolalar  tarbiyasida  duch  keladigan  qiyinchiliklar.  Ulami 
yengmoq  mumkinmi  va  qanday  yordamga  muhtojsiz?»  —  degan 
savolni  o‘z  ichiga  olgan  anketamizga  quyidagicha javoblar  oldik:
1.  Bolalar  bilan  shug‘ullanish  uchun  bo‘sh  vaqt  oz  —  133 
kishi.
2.  Bolalarda  hafsalaning  kamligi  —  93  kishi.
3.  Bolalardagi  o‘jarlik  va  o‘zboshimchalik  —  84  kishi.
4.  Bolalar o‘z vazifalarini bajarishni xohlamaydilar —  89 kishi.
5.  Bolalar  kun  tartibiga  rioya  qilishmaydi  —  85  kishi.
6.  Axloqsizlik  (egoizm,  qo‘pollik,  aldash  va  hokazo)  —  77 
kishi.
7.  Bolalar  to‘g‘risida  adabiyotlaming  kamhgi  —  74  kishi.
8.  Boshqa  qiyinchiliklar  —  35  kishi.
Ko‘rib  turganingizdek,  berilgan javoblaming  38  foizi  bolalar 
bilan  shug‘ullanish  uchun  bo‘sh  vaqt  yetishmasligi,  29  foizi 
bolalarga  yordam  berishda  bilim  darajasining  kamligi,  20  foizi 
oilada  bolalar  tarbiyasi  to‘g‘risidagi  adabiyotlaming  ozligi  to‘g‘- 
risidadir.  Keltirilgan  faktlarga  asoslanib  oiladagi  munosabatlar 
tizimi,  hayot  qonun va qoidalari,  shart-sharoitlar,  ota-onalaming 
tarbiyada qo‘llaydigan vosita va usullari tarbiya maqsadlariga mu- 
vofiq  bo‘lishi  kerak,  degan  xulosani  chiqarish  mumkin.  Buning 
uchun ota-onalar bolalarda  axloqiy sifatlami tarbiyalash nimalar- 
dan  iborat  ekanligini  aniq  tasawur  etishlari  lozim.  Shundagina 
oila tarbiyasidagi strategiya va taktika bir-biriga muvofiq,  maqsad­
ga  to‘g‘ri  yo‘naltirilgan,  vazifa  aniq  belgilangan  bo‘ladi  va  bu 
samaraU  natijalarga olib  keladi.  Faqat  shundagina oilaning yaxshi 
axloqqa ega bo‘lgan shaxsni tarbiyalashdagi imkoniyatlari optimal- 
lashadi.  Maktab tarbiya  masalasida ommaviy pedagogik tashviqot 
orqali  ota-onalarga yordam berishi:  tarbiyaviy soatlar,  siyosiy ax-
196

borot  va  boshqalar  orqali  o‘quvchilarga  g‘oyaviy-siyosiy,  estetik 
bilimlar  berish,  oila  sharoiti  va  undagi  muhitni  o‘zgartirishga 
erishish,  ota-onalarga  ham,  o‘quvchilarga  ham  egallangan 
bilimlarga  muvofiq  odatlarni  shakllantiradigan  mashqlar  ishlab 
chiqihshi  kerak.
Demak,  asosiy  masala  ota-onalarning  pedagogik  madaniya- 
tini  o‘stirish,  oilada  bo‘sh  vaqtni  to‘g‘ri  tashkil  etish,  munosa- 
batlar tizimi va oila hayotini to‘g‘ri uyushtirish,  bolalami tarbiya­
lash  san’ati  va  mahoratini  egallashlariga  bog‘liqdir.
Jamiyat rivojlanishining hozirgi jadallashtirish bosqichida yangi 
kishini  kamol  toptirish,  har  tomonlama  rivojlangan  shaxsni 
tayyorlash  uchun  zarur  shart-sharoit  yaratilgandir.  Shaxsning 
garmonik rivojlanishi uchun uning aqUy kuch va qobiliyatlarining 
ravnaq  topishi,  o‘z  ustida  muntazam  ishlashi  ahamiyatga  ega. 
Buning  uchun  shaxs  o‘z  vaqtini  maqsadga  muvofiq  o‘tkazishi  va 
uyushtira  olishi  kerak.  Shaxsdagi  shunday  malakalar  maktab 
partasida  hosil  qilina  boshlanadi.  0 ‘quvchining  maktabdagi 
faoliyati  o‘qituvchilar,  tarbiyachilar  rahbarligida  o‘tadi,  uning 
darsdan  keyingi  faoUyatini  to‘g‘ri  uyushtirish  pedagogik jihatdan 
alohida  ahamiyatga egadir.  0 ‘quvchilar xuddi shu jarayonda ixti- 
yoriy  tashkil  topgan  «Kamalak»  bolalar  tashkiloti  va  «Kamolot» 
YIH  ishtirokchisi,  oila  a’zosi  sifatida  harakat  qiladi.
Biz  olib  borgan kuzatishlar  —  o‘quvchilar hayotini  o‘rganish, 
tarbiyachilar,  maktabdan  tashqari  muassasalaming  ish  faoliyati 
bilan  tanishish  natijasida  quyidagicha  xulosaga  keldik:
1.  Kuni  uzaytirilgan  sinf,  guruh  va  maktab-intemat  o‘quv- 
chilarining  bo‘sh  vaqt  muammosi  muhim  pedagogik  muammo 
hisoblanadi.  Bu  vaqtda  uning  shaxsi  kamol  topadi,  ma’naviy  va 
axloqiy  qiyofasi  o‘sadi.
2.  Maktab-intemat,  kuni  uzaytirilgan  sinf,  guruh  o‘quvchi- 
larining bo‘sh vaqtini uyushtirish o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, 
u  pedagog  nazorati  ostida  uyushtiriladi.
3.  Kuni  uzaytirilgan  sinf,  guruh  va  maktab-intemat  o‘quv- 
chilarining  bo‘sh  vaqtini  tashkil  etish  shakli  va  muvaffaqiyati 
tarbiyachining  mahoratiga  bog‘liqdir.  Bu  ish  shakllari,  xarakteri 
va  o‘tkazish  metodikasiga  ko‘ra  har xil  bo‘lishi  mumkin,  lekin  u 
tarbiyachi  qo‘ygan  aniq  pedagogik  talabga  mos  bo‘lishi  hamda 
maktab  o‘quv  jarayonida  o‘tilganlami  takrorlamasligi  kerak.
197

4. 
Maktabda  sharoitning  kamligi,  bo‘sh  vaqtning  cheklangan- 
ligi  sababli  o‘quvchilaming  o‘z  vaqtini  uyushtirishi  murakkabdir.
KUNI  UZAYTIRILGAN  SINF,  GURUH 
YA  MAKTAB-INTERNATLAR  BOSHLANG‘ICH 
SINFLARIDA  «KAMALAK»  BOLALAR  BOSHLANG‘ICH 
TASHKILOTI  VA  «KAMOLOT»  YIH  BILAN  ISHLASH
Kuni  uzaytirilgan  guruh  va  maktab-intematlar  boshlang‘ich 
sinflarida  sinfdan  tashqari  ishlar  tarbiyachi,  «Kamolot»  YIH  va 
jam oatchilik  tom onidan  tashkil  qilinadi.  Sinfdan  tashqari 
ishlaming  o‘quv  ishidan  farqi  shundaki,  bu  ish  qat’iy  qoida  yoki 
dastur  asosida  tashkil  qilinmaydi.  Tarbiyaviy  ishlar  boshlang‘ich 
sinf  o‘quvchilari  olgan  bilimlaming  kengayishiga,  chuqurlashi- 
shiga,  mustahkamlanishiga  hamda  o‘quvchilar  umumiy  dunyo- 
qarashining  kengayishiga  juda  katta  imkoniyat  yaratadi. 
Tarbiyachi  tomonidan  tashkil  qilingan  sinfdan  tashqari  ishlar 
bolalar  uchun  qiziqarli  bo‘lishi  kerak.
Kuni  uzaytirilgan  guruh  va  maktab-intematlaming  boshlan- 
g‘ich  sinflarida tashkil  qilinadigan sinfdan tashqari ishlar bolalarda 
quyidagi  tarbiya  ko‘nikmalarini  shakllanishiga  imkon  berishi 
kerak:
—  o‘quvchining  aqliy  faoliyatini  faollashtiradi.  Tarbiyaviy  ish 
jarayonida  bolaga  ayrim  topshiriqlar  berish,  uni  bajarishga 
qiziqtirish,  mehnatning  natijasini  ko‘rsatish  unda  o ‘zining 
qobiliyatiga  ishonch  hosil  qiladi.  Ijodiy  izlanishga,  ishlashga  un- 
daydi.  Bu  esa  aqliy  faoliyatning  shakllanishida  muhim  garov 
hisoblanadi;
—  bolada  siyosiy  ong  va  axloq  normalarini  shakllanishiga 
imkon  beradi.  Bu  xususda  o‘tkazilgan  tarbiyaviy  ishlar  onglilik- 
ni,  Vatanga  sodiq  bo‘lishni,  dunyoqarashning  shakllanishini, 
o ‘zaro  hamkorlik  va  o‘rtoqlikni,  rostgo‘ylikni  shakllantiradi. 
Bolada  axloq  normalari  hamma  taraflama,  chunonchi  odob, 
madaniy  xulq  jihatdan  jamiyat  talablariga  to‘la  javob  berishi 
lozim;
—  bir  qator  tarbiyaviy  xarakterdagi  sinfdan  tashqari  ishlar 
bolalarda  maktabga  ongli  munosabatda  bo‘lishni,  kasb  va  kasb 
tanlash haqidagi  dastlabki tasawumi  shakllantiradi,  halol mehnat 
qilish  ko‘nikmalarini  tarkib  toptiradi;
198

—  sinfdan  tashqari  tarbiyaviy  ishlar  bolalarda  estetik  didni 
shakllantirish  uchun  qo‘shimcha  imkoniyat  hosil  qiladi.  Tabiat- 
dagi  go‘zallikni  his  qilish,  madaniyatU  kiyinish,  gapirish,  yurish- 
turish,  san’at  sirlarini  egallash  kabilar  haqida  tushuncha  paydo 
bo‘ladi;
—  tarbiyaviy  ishlar  vositasida  bolalami  kompleks  tarbiyalash 
maktab  islohoti  oldiga  qo‘ygan  asosiy  talablardan  biri  hisobla- 
nadi.  Shuning  uchun  bolaning  bilimliligi,  odobliligi,  siyosiy 
ongliligi,  mehnatsevarligi bilan birga, jismonan  baquwat bo‘lishi 
tarbiya  ishining  ajralmas  qismi  hisoblanadi.
Kuni  uzaytirilgan  guruh  va  maktab-internatlar  boshlang‘ich 
sinflarida  o‘quvchilarni  g‘oyaviy-siyosiy  hamda  axloq  ruhida  tar­
biyalash.  Yurtboshimizning keyingi qarorlarida bolalami g‘oyaviy- 
siyosiy jihatdan tarbiyalashga alohida e’tibor berilmoqda.  Chunki 
kishilarning  onglihgi,  ichki va tashqi siyosatga ongli munosabatda 
bo‘lishi farovon jamiyat qurish ishiga sadoqatni ta’minlaydi.  Kuni 
uzaytirilgan  guruhlarda  bolalar  uzoq  muddatda  pedagoglar 
nazorati  ostida  bo‘lar  ekan,  ularni  g‘oyaviy-siyosiy  jihatdan 
tarbiyalashga  qo‘shimcha  imkoniyatlar  paydo  bo‘ladi.  Kundalik 
ish jarayonida  mamlakatimiz  va  xorijiy  davlatlarda  bo‘layotgan 
voqealar bilan tanishadilar,  ulami tahlil qilib,  o‘z munosabatlarini 
bayon  etadilar,  xulosa  chiqaradilar.
Kuni  uzaytirilgan  guruhlarda  g‘oyaviy-siyosiy  tarbiya  ishlarini 
takomillashtirishning qulay vositalaridan biri klub soati mashg‘uloti 
hisoblanadi.  Tarbiyachi  o‘quv  yiU  davomida  taxminan  32—34 
marta  g‘oyaviy-siyosiy  mavzu  —  klub  soati  mashg‘uloti  o'tkazishi 
lozim.  Buning  uchun  klub  soatlari  mavzusi  oldindan  aniqlanishi 
kerak.  Bu mashg‘ulotni ikki qismga ajratib o'tkazish tavsiya qilinadi. 
Birinchi qismga  10—12  daqiqa vaqt ajratib,  unda  mamlakatimizda 
bo‘layotgan  o‘zgarishlar,  va  dunyoda  ro‘y  berayotgan  voqealar 
bolalarning  yosh  xususiyati  hamda  bilim  darajasini  hisobga  olgan 
holda hikoya qilib beriladi.  Haftalik voqealar muhokamasida  I—II 
sinflarda  tarbiyachi  faolroq  rol  o'ynasa,  III—IV  sinflarda  esa 
o'quvchilami  faol  ishtirok  etishiga  sharoit  yaratish  lozim.  Ular 
mamlakatda  va  dunyo  miqyosida  bo‘layotgan  voqealarga  o‘z 
munosabatlarini  bildirishga,  ulami  tahlil  qilishga  va  to‘g‘ri  xulosa 
chiqarishga  o‘rgatib  boriladi.  Mashg‘ulotning  ikkinchi  qismida  esa 
siyosiy mavzuga doir bir mavzu tanlanadi.  Bunda Vatanga sodiqlik, 
ilg‘or kishilik hayoti, vatanparvarlik,  baynalmilallik,  Qurolli kuchlar
199

safida xizmat qШsh kabi masalalarga oid mavzular tanlanishi kerak. 
Masalan:  « 0 ‘zbekiston  —  Vatanim  manim»,  «Paxta  —  Respub- 
likamiz iftixori»,  «0 ‘zbekiston  —  Baynalmilal  Respublika»,  «Vatan 
nimadan  boshlanadi?»,  «Mustahkam  do‘stlik  —  muvaffaqiyat 
garovi»,  «Qurolli  kuchlar safida xizmat  qilish  —  muqaddas burch» 
va hokazo.  Bu bolalaming kichik maktab yoshidagi bolalar ekanini 
hisobga  olib,  har  bir  mashg'ulot  ko‘rgazmali  suhbat  shaklida 
o‘tkazilishi  kerak.  Mavzuga  doir  fakt  va  raqamlar  rangli,  chiroyli 
yozib  keltirilishi  lozim.  Muhokama  qilinayotgan  masalaga  doir 
nutqlar  magnitofon  orqali  eshittirilsa,  rasmlar  epidiaskop  orqali 
namoyish  qilinsa,  suhbatning  ta’sirchanligi  yanada  oshadi.  Ayrim 
holatlarda  siyosiy voqealarda  ishtirok etgan  kishilaming jonli  suh- 
batini  uyushtirish  bolalarda  yana  ham  chuqur  taassurot  qoldiradi. 
Demak,  tarbiyachining bu mashg'ulotga puxta tayyorgarlik ko‘rishi 
talab  qilinadi.
0 ‘quvchilarga  Prezident  farmonlari,  Vazirlar  Mahkamasining 
qarorlari  amalga  oshayotganligini  o ‘quvchilarga  tushuntirish 
uchun  hayotiy  faktlarga  murojaat  qilish  kerak  boladi.  Qishloq, 
tuman,  viloyat  va  respublika  miqyosidagi  o‘zgarishlar,  xalq 
moddiy  farovonligining  yaxshilanib  borayotganligini  o‘quvchiga 
ko‘rsatish  kerak.  Masalan:
1.  Mustaqillik  davrida  erishilgan  yutuqlar materiallari  asosida 
stend  tayyorlanadi.
2.  Ilg‘or kishilaming  0 ‘zbekiston qahramonlarining mehnatda 
erishgan  yutuqlariga  doir  faktlar  to‘planadi.
3.  Qishloq yoki tuman miqyosida awalgi yillarda sodir bo‘lgan 
o ‘zgarishlar,  yangi  va  keyingi  yillarda  amalga  oshiriladigan 
tadbirlar  jadvali  tuziladi.
Tarbiyachi  bu  mashg‘ulotni  o‘tkazar  ekan,  bolalar  qalbiga 
Mustaqillikning  naqadar  tengsiz  ne’mat  ekanini,  uning  o ‘rni 
Vatan  va  shaxs  ravnaqida  ham  tengsiz  ekanini  singdiradi.  Shu 
bilan  birga,  bolada  ijtimoiy  muhitga  munosabatni  tarkib  topti- 
rishga  erishiladi.  Bu  esa  hayot,  xalq  mehnati,  qurilish  tajribasi 
bilan  mustahkam  bogiangan  faoliyatdagina  tarkib  topadi. 
Tarbiyachi bu talablarga amal  qilib,  o‘quvchilami  hayotdan ajratib 
qo‘yilgan  sun’iy  bir  sharoitda  emas,  balki  hayotning  tabiiy  sha- 
roitida,  uning  har  tomonlama  namoyon  bo'lishida,  uning  qiyin- 
chiliklari  hamda  qarama-qarshiliklari  bilan  birga,  bu  qarama- 
qarshiliklami  bartaraf  qilish  jarayonida  tarbiyalab  boradi.
200

Umuman  olganda,  boshlang‘ich  sinfda  bolalarga  g‘oyaviy-si- 
yosiy  tarbiyaning  dastlabki  (ongiga,  bilimi  va  tafakkuriga  mos) 
elementlari  berilishini  unutmaslik  kerak.
Kichik  maktab  yoshidagi  bolalaming  g‘oyaviy-siyosiy  ongini 
tarkib  toptirishda  istiqlol  g‘oyalarini  bolaga  ishonchli  shaklda 
tushuntirib  borish  katta  ahamiyatga  ega.  Buning  uchun  ekskur- 
siyaning  roli juda  kattadir.  Chunki  bolaning  dunyoqarashi  faqat 
kitob  o‘qiganda,  tarbiyachini  tinglagandagina  emas,  balki  real 
hayotni  kuzatganda,  burch,  vazifa, javobgarlik va vijdon  tushun- 
chalarini  hayot  bilan  taqqoslab  tahlil  qilganda  ham  shakllanadi. 
Bir  oyda  bir  marta  ishlab  chiqarish  korxonalariga,  turli  muzey- 
larga,  fan  va  madaniyat  dargohlariga,  qurilish  obyektlari,  shirkat 
xo‘jaliklariga ekskursiya uyushtirish mumkin.  Xususan,  bolalaming 
ota-onalari  xizmat  qilayotgan  joylarga  ekskursiya  tashkil  etish 
maqsadga muvofiqdir.  Bolalar o‘z  ota-onalari jamiyat uchun,  xalq 
uchun  qanday jonbozlik ko‘rsatayotganliklarini  o‘z  ko‘zlari  bilan 
ko‘rib  xulosa  chiqaradilar.  Tarbiyachi  o‘quv  yilida  ekskursiyalar 
tashkil  qilishni  mo‘ljallar  ekan,  yashab  turgan  joyining  shart- 
sharoitini,  imkoniyatini  hisobga  olishi  shart.
0 ‘quvchilarda  g‘oyaviy-siyosiy  ongni  shakllantirishda  tarixiy 
sanalarga  bag‘ishlab  o ‘tkazilayotgan  ertaliklarning  ham  roli 
kattadir.  Agar  tarbiyachi  bu  tadbirlami  o‘tkazishda  yuzakilikka 
yo‘l  qo‘ysa,  puxta  tayyorgarlik  ko‘rmasa,  bolalarga  real  fakt  va 
raqamlar  haqida  ma’lumot  bermasa,  o‘quvchilarda  qat’iy  siyosiy 
maqsad  shakllanishi  qiyin  bo‘ladi.  Tarbiyachining  o‘tkazgan 
siyosiy tarbiya ishlari tufayli bolada erishilgan yutuqlami boyitish- 
dagi  shaxsiy о‘mi,  mustaqillikni  himoya  qilishga intilish xislatlari 
shakllanishi  lozim.  Shu  vaqtdagina  bolada  jamiyat  va  undagi 
o‘zgarishlarga nisbatan shaxsiy munosabat paydo bo‘ladi va o‘zida 
ham  unda  faol  ishtirok  etish  ishtiyoqi  tug‘iladi.
Boshlang‘ich  sinf o‘quvchilari jalb  qilingan  kuni  uzaytirilgan 
sinf,  guruh  hamda  maktab-intematlarda  g‘oyaviy-siyosiy  tarbiya 
ma’lum  tizimda  tashkil  qilinishi  kerak.  Har  bir  sinf bolalarining 
yosh xususiyatlarini,  bihm darajasini  hisobga olgan holda quyidagi 
taxminiy  dastur  tavsiya  etiladi:

sinfda Alisher Navoiyning bolaligi,  Navoiy oilasidagi ahillik, 
Alisheming  jonivorlarga  g‘amxo‘rligi,  Alisher  Navoiyning  xalq 
baxt-saodati  yo‘lida  qilgan  ishlari,  0 ‘zbekistonning  ko‘p  millatli 
davlat  ekani,  ular  orasidagi  inoqlik,  do‘stlik  qudrati  haqida  aniq
201

misollar  yordamida  suhbatlar  uyushtirishi,  savol-javob  kechalari 
rejalashtirilishi  lozim.
Vatanparvarlik  mavzusida  o'tkaziladigan  tadbirlar  mazmuni- 
ni  «Men  0 ‘zbekistonda  yashayman»,  « 0 ‘z  o‘lkamni  obod  qila- 
man»  kabi  mavzularda  suhbatlar  tashkil  qilish,  stendlar  chiqa- 
rish singari faoliyat orqaU yoritish mumkin.  Shuningdek,  bolalarga 
mamlakatimiz ayrim yirik inshootlari  haqidagi  faktlar yetkaziUshi 
lozim.
II 
sinfda  1-sinfda o'tkazilgan tadbirlar davom ettiriladi. Awalgi 
berilgan  materiallarga  bog‘lagan  holda  bolalarga  yangi  faktlar, 
raqamlar,  ma’lumotlar berilishi  kerak. Alisher Navoiyning o‘smirlik 
davridagi  xalqparvarlik  faoliyatini  boshlanishi,  uning  oilasida- 
gilaming  oddiy  mehnatkash  xalqqa  bo‘lgan  munosabati,  otasi, 
onasi,  ukalari  haqidagi  parchalar,  asarlaridan  o‘qib  berish,  filmlar 
namoyish  etish,  muzey  materiallari  bilan  tanishtirish  lozim.
Tojikiston,  Turkmaniston,  Qirg‘iziston va  Qozog‘iston  singari 
qo‘shni  respublikalar,  ularning  yirik  shaharlari,  xalqi,  urf-odat- 
lari,  tili,  madaniyatiga  doir  ma’lumot  beradigan  mashg‘ulotlar 
uyushtirish  ko‘p  millatli  mamlakatimiz  haqidagi  bolalar  tasav- 
vurini  kengaytiradi.
0 ‘quv  materiallariga  bog‘lagan  holda  Qurolli  kuchlar,  uning 
safida  xizmat  qilganlar,  urush  qahramonlari  haqidagi  badiiy 
asarlami  o‘qish,  muhokama  qilish  kerak.  Harbiy  xizmat  va  uni 
o‘tash har bir erkak kishining fuqarolik burchi  ekani jonli misollar 
vositasida,  ya’ni  xizmatdagi  kishilar  bilan  uchrashuvlar  tashkil 
qilish  vositasida  o‘quvchilarga  yetkazilsa  ta’sirli  bo‘ladi.
Vatanparvarlik  mavzusi  yanada  kengaytiriladi.  Bunda  Tosh­
kent va viloyatlar haqida  suhbatlar uyushtirish  mumkin.  «Vatan» 
va  «vatandoshlar»  terminlarini  tahlil  qilish,  kishi,  uning  huquqi 
kabilar  ustida  tarbiyaviy  tadbirlar  belgilanishi  kerak.
0 ‘zbekistonning  Konstitutsiyasi,  uning  qabul  qilinishi,  maz- 
muni  haqidagi  dastlabki  tushuncha  hosil  qilinadi.
I l l —IV  sinflarda  g'oyaviy-siyosiy  tarbiya  ishlari  kengroq 
ko‘lamda oUb boriladi.  Hur Vatanimizning turU viloyat va shahar- 
lariga  bag‘ishlangan  qiziqarli  mashg‘ulotlar  tashkil  etiladi.
Alisher  Navoiyning  adabiyotga  kirib  kelishi  va  adabiyot  so- 
hasidagi faoliyati chuqurroq o‘rganiladi.  Uning «Xamsa»,  «Hayrat 
ul-abror»  asarlari  va  «Alisher  Navoiy  o'zbek  xalqining  buyuk 
mutafakkiri  va  shoiri»  mavzusida  suhbatlar  uyushtiriladi.
202

Tarbiyachi  suhbat  o‘tkazar  ekan,  albatta,  bolalami  ijtimoiy 
voqelikning  aniq  faktlari  bilan  tanishtirib  o‘tadi.  Bu  xususda 
« 0 ‘zbekiston  —  mening  Vatanim»,  «Shu  Vatan  barchamizniki», 
«Paxta  —  Respublikam faxri»  kabi  mavzular tarbiyaviy ishlar kun 
tartibidan  o‘rin  ohshi  kerak.
Siyosiy  tarbiya  ishlarini jonlantirishda  «G‘uncha»,  «Gulxan», 
«Yosh kuch» jumallari taxlamlaridan foydalaniladi.  Ulardan reja- 
dagi  tadbirlarni  amalga  oshirishda  foydalanibgina  qolmay, 
bolalaming muntazam mustaqil o‘qishini tashkil etish, vaqti-vaqti 
bilan  ularda  chop  etilgan  materiallami  tahlil  qilish  kabi  tadbirlar 
belgilanishi  kerak.
Bolalar  bilan  bo‘ladigan  fan  taraqqiyoti  to‘g‘risidagi  suhbat- 
larda  kosmosga  qilinadigan  parvozlar,  Quyosh  tizimidagi 
sayyoralar  hikoya  qilinadi;  yulduzlar  haqidagi  ko‘rgazmali  o‘quv 
qurollaridan  foydalaniladi.  Bolalarga  Yerda  hayot  qanday  paydo 
bo‘lganligi,  tabiiy  hodisalar  (Yer  qimirlashi,  Quyosh  va  Oyning 
tutiUshi,  suv toshqinlari,  kuchli shamol)ning sodir bo‘lishi sabab- 
larini  ishonchU  faktlar  bilan  tushuntirish  muhim  hisoblanadi.
«Kamalak»  bolalar  tashkilotiga  «Kamolot»  YIH  otalig‘i  va 
jamoatchilik  ishlari.
Kuni  uzaytirilgan  guruh  va  maktab-intemat  «Kamalak»  tash- 
kilotida,  «Kamolot» YIH hamda jamoatchiliksiz ishni  to‘la tashkil 
qilish  mumkin  emas.  Ishni  shunday  tashkil  qilish  kerakki,  tar- 
biyalanuvchilar  mashg‘ulotlarda  toliqib,  zerikib  qolmasinlar, 
aksincha,  ulaming sog‘liqlari mustahkamlanib,  o‘qishdagi o‘zlash- 
tirishlari  yaxshilansin,  qiziqishlari  oshsin.  «Kamalak»  tashkiloti 
va  «Kamolot»  YIH  tashkil  etadigan  ishlar tarbiyalanuvchilaming 
tashkilotchilik qobiliyatini rivojlantirishi, jamoani,  aqliy va jismo­
niy  malakani  takomillashtirishi  kerak.
0 ‘zbekiston  Respublikasida  kuni  uzaytirilgan  sinf va  guruh- 
larning  ko‘pchilik  qismi  boshlang‘ich  sinf  hisobidan  tashkil 
qilinadi.  Shuning  uchun  bu  sinf va  guruhlar  asosan  «Kamalak» 
tashkiloti  a ’zolari  yoshidagi  bolalardan  iborat  bo‘ladi.  Bu 
maktabning  «Kamolot»  YIH,  «Kamalak»  tashkilotlari  tarbiyaviy 
ishlarini yana ham takomillashtirishda faol bo‘lishni taqozo  etadi.
Pedagoglar  bu  tashJdlotlarning  faol  yordamida  o‘z  o‘quvchi- 
lariga ko‘maklashishlari kerak.  Pedagog va  «Kamolot»  YIH  faol- 
lari  «Kamalak»  tashkiloti  ishiga  rahbarlik  qiladi,  uning  muvaffa- 
qiyatU ishlashi uchun barcha sharoitlami yaratadi va doimo rivoj-
Download 115.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling