K. hoshimov kuni uzaytirilgan guruhlarda ta


I.  Axloqiy-mafkuraviy  tarbiya  (32  mashg‘ulot)


Download 115.68 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/25
Sana21.01.2018
Hajmi115.68 Kb.
#24998
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25

I.  Axloqiy-mafkuraviy  tarbiya  (32  mashg‘ulot)
1-sinf
1.  Alisher  Navoiyning  bolaligi  (4  mashg‘ulot).
a)  Alisher  —  odobli  bola  —  1  soat;
b)  Alisher  —  kitob  shaydosi  —  1  soat;
d)  Alisher  tug‘ilgan  oila  —  1  soat;
e)  Alisheming  jonivorlarga  g‘amxo‘rligi  —  1  soat.
2.  0 ‘zbekiston  —  mening  Vatanim  —  1  soat.
3.  Bizning Vatanimiz  —  katta,  ahil  oila  (baynalmilal  tarbiya)  — 
1  soat.
4.  Barcha  respublikalaming  bolalari  do‘stlik  tufayli  kuchlidir 
(baynalmilal  tarbiya)  —  1  soat.
5.  Men  0 ‘zbekistonda  yashayman,  men  o‘z jonajon  o‘lkamni 
yaxshi  ko'raman  —  1  soat.
212

6.  Ota  va  ona  qanday  mehnat  qiladi?  —  1  soat.
7.  Bolalar  tashkiloti  qanday  bo‘lishi  kerak?  —  1  soat.
8.  Mehnat  qilish  —  demak,  yalqovlik  qilish  emas  —  1  soat.
9.  Biz  Vatanimizni  himoya  qilamiz  —  1  soat.
10.  Bizning  bolaligimizni  kim  himoya  qiladi?  —  1  soat.
11.  Haqiqat  va  yolg‘on  bir-biriga  zid  —  1  soat.
12.  Tabiatni  muhofaza  qil  (qo‘riqla)  (ekologiya)  —  1  soat.
13.  Nima  yaxshi-yu,  nima  yomon?  (odob)  —.1  soat.
14.  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi  —  1  soat.
15.  Kimlami  vatanparvar  deyish  mumkin?  —  1  soat.
16.  0 ‘zbekiston  fuqarolarining  huquq  va  burchlari  —  1  soat.
17.  Muhim  sanalar  haqida  suhbat  —  8  soat.
Din  haqida
18.  Suhbat:  Biz  nima  uchun  tush  ko‘ramiz?  —  1  soat.
19.  Suhbat:  Momaqaldiroq,  do‘l,  qor,  yomg‘ir nimadan bo‘la- 
di?  —  1  soat.
20.  Sehrli  ertaklar  nimadan  darak  beradi?  —  1  soat.
21.  Islom  dini  va  tarbiya  —  2  soat.
2-sinf
1.  Alisher  Navoiyning  bolalik  yillari.
a)  Alisher  Navoiyning  she’riyatga  qiziqishi  —  1  soat;
b)  mustaqil  mutolaa  —  1  soat;
d)  o‘rtoqlarga  yordam  —  1  soat;
e)  aziz  ustoz  o‘qituvchim  —  1  soat.
2.  Men  Vatanga  xizmat  qilishni  xohlayman  —  1  soat.
3.  Biz  —  «Kamalak»  bolalarimiz  —  1  soat.
4.  «Kamalak»  mamlakatiga  sayohat  —  1  soat.
5.  Tarix  bilan  uchrashuv  (mamlakat  tarixi)  —  1  soat.
6.  Istiqlol  va  mustaqillik  haqida  —  1  soat.
7.  0 ‘sha  kunlaming  shuhrati  so‘nmas  —  1  soat.
8.  Kerakli  bo‘lish  juda  muhim  —  1  soat.
9.  Kimlaming  qo‘llari  mohir?  —  1  soat.
10.  Harbiy  xizmatchi  —  1  soat.
11.  Qadimiy  shaharlarimiz  —  1  soat.
12.  Respublikamizning  gerbi  va  bayrog‘i  —  1  soat.
13.  Toshkent  —  mehmondo‘st  poytaxt  shahar  —  1  soat.
14.  Mas’ullik  va  javobgarlik  —  1  soat.
213

15.  0 ‘zbekiston  fuqarolari  Vatanga  naf  keltirishlari  shart  —
1  soat.
16.  0 ‘zbekiston  —  tinchliksevar  mamlakat  —  1  soat.
17.  Muhim  sanalar  haqida  suhbat  —  8  soat.
Din  va  hayot
18.  Nima  uchun  kun  va  tun  bo‘ladi?  —  1  soat.
19.  Suv  qayerdan  keladi?  —  1  soat.
20.  Bizning mamlakatimizda vijdon erkinligi va din —  1  soat.
21.  Din  haqidagi  diafilmlami  ko'rish  —  2  soat.
3-sinf
1.  Alisher Navoiyning adabiyotga kirib  kelishi va adabiyot so- 
hasidagi  faoliyati  —  4  soat.
a)  «Bilmaganni  so‘rab  o‘rgangan  ohm»  —  1  soat;
b)  donolaming  donosi  —  1  soat;
d)  «Boshingni  fido  ayla  ato  qoshig‘a, jismingni  qil  sadqa  ano 
boshig‘a»  —  1  soat;
e)  Alisher  Navoiy  haqidagi  latifa,  hikoyat  va  rivoyatlar  —  1 
soat.
2.  Vatanning  bayrog‘i  ostida  —  1  soat.
3.  Do‘stlik  hamma  narsadan  qimmatli  —  1  soat.
4.  0 ‘zbekiston  nimasi  bilan  boy?  —  1  soat.
5.  Davlat  mustaqilligi  nima?  —  1  soat.
6.  Hokimiyat  nima?  —  1  soat.
7.  Hamma  ishlar  yaxshi,  didingga  yoqqanini  tanlab  ol  —  1 
soat.
8.  Mehnat  kishi  shuhratini  oshiradi  —  1  soat.
9.  Dengiz  faqat  mardlarga  bo‘ysunadi  —  1  soat.
10.  Bolalar  mamlakati  —  2  soat.
11.  Bir  kishi  hamma  uchun,  hamma  bir  kishi  uchun  —  1 
soat.
12.  Halol  va  so‘zimiz  ustidan  chiqadigan  bo‘laylik  —  1  soat.
13.  Baxtimiz  qomusi—  1  soat.
14.  0 ‘zbekiston  Respublikasining  fuqarolik  to ‘g‘risidagi 
qonuni  —  1  soat.
15.  Muhim  sanalar  to‘g‘risida  suhbat  —  8  soat.
Din  va  hayot
16.  Din  va  zamonaviylik  —  1  soat.
214

17.  Zilzila,  suv  toshqini,  o‘rmon  yong'inlari  nimadan  sodir 
bo‘ladi?  —  1  soat.
18.  Dunyoda  qanday  dinlar  bor?  —  1  soat.
19.  Dinga  oid  diafflmlami  ko‘rish  va  hikoyalar  tinglash  —  2 
soat.
4-sinf
1.  Alisher  Navoiyning  yoshlik  yillari.
a) Alisher Navoiy o'zbek xalqining buyuk mutafakkiri va shoi- 
ri  —  1  soat;
b)  Alisher  Navoiyning  «Xamsa»  asari  haqida  —  1  soat;
d) Alisher Navoiyning «Hayrat ul-abror» asari haqida —  1  soat;
e)  Alisher  Navoiy  bugungi  kunda  —  1  soat.
2.  0 ‘zbekiston  —  mening  Vatanim  —  1  soat.
3.  Paxta  —  Vatanimiz  iftixori  —  1  soat.
4.  «Yer  —  fermerlarga!»  —  1  soat.
5.  Yoshlar  —  tinib-tinchimas  qalblar  —  1  soat.
6.  Qush  uyasini  buzib,  o'zingdagi  ezgulikni  yo‘qotasan  —  1 
soat.
7.  Mustaqil  Davlatlar  Hamdo‘stligi  —  1  soat.
8.  Hech  kim,  hech  narsa  unutilmaydi  —  1  soat.
9.  Turli  xalqlarning  bolalari,  bizlar  tinchlik  haqida  o‘ylab 
yashamoqdamiz  —  1  soat.
10.  Qadimiy  shaharlar  —  1  soat.
11.  Odamlarga  nisbatan  ezgulik  va  iltifot  haqida  —  1  soat.
12.  AM  jamoa  qanday  bo‘lishi  kerak?  —  1  soat.
13.  0 ‘zbek  tiliga  davlat  tili  maqomi  berilganlik  haqida 
(1989-y.  21-oktabr)  —  1  soat.
14.  0 ‘zbekiston xalqlarining do‘stligi va qardoshligi  —  1  soat.
15.  Odam  odamga  do‘st,  o‘rtoq  va  birodardir  —  1  soat.
16.  0 ‘zbekiston  —  baynalmilal  mamlakat  —  1  soat.
17.  Toshkent  —  non  shahri  —  1  soat.
18.  Muhim  sanalar  haqida  suhbat  —  8  soat.
Din  va  hayot
19.  Nima  uchun  Oy  va  Quyosh  tutilishi  ro‘y  beradi?  —  1 
soat.
20.  Yerda  hayot  qanday  paydo  bo'lgan?  —  1  soat.
21.  Diniy  bayramlar  va  marosimlar  —  2  soat.
22.  Milliy  bayramlar  —  1  soat.
215

Mehnat  tarbiyasi
1-sinf
Qog‘oz  va  karton  bilan  ishlash
1.  Qog‘oz  salfetkalar  yasash  —  1  soat.
2.  Rangli  applikatsiyalar  qirqish  —  2  soat.
3.  Shakl  va  rasmlarni  qirqish  hamda  ularni  kartochkalarga 
yopishtirish  —  1  soat.
4.  Qog‘ozdan  sumkalar,  bayroq  tizimlari,  archa  bezaklari, 
o‘yinchoqlari  (fonarlar,  sumkalar,  jonivorlar  tasviri,  qor  parcha- 
lari,  kamaval  qalpoqchalari)  yasash  —  4  soat.
Gazlama  (mato)  bilan  ishlash
5.  Popukli  salfetka,  ilgak  tayyorlash  —  1  soat.
6.  Tabiiy  materiallar  (so‘ta,  shox,  somon,  yeryong‘oq)  dan 
foydalanib  narsalar  yasash  —  2  soat.
Plastilin  bilan  ishlash
7.  Mevalar,  hayvonlar,  «Bo‘ri  va  yetti  uloq»,  «Qizil  shapka- 
cha»  ertaklarining  qahramonlarini,  harbiy  mashinalarni  va 
bolalaming  o‘z  xohishlariga  ko‘ra  narsalami  yasash.
Texnik  modeUashtirish
8.  Konstruktor-mexanik termasi  detallaridan  eng  oddiy quril- 
malar  modelini  yasash  —  4  soat.
Qishloq  xo‘jalik  mehnati
9.  Xona  gullarini  parvarishlash.  Ularni  o‘stirish  va  parvarish 
qilish  qoidalari  bilan  tanishish  —  2  soat.
10.  Belkurak,  xaskash  bilan  ishlash  usullarini  o ‘rganish, 
urug‘lar  sepish  —  2  soat.
11.  Kolleksiya to‘plash:  «Kuz barglari, gullar va o‘tlar>>  —  3  soat.
0 ‘z-o‘ziga  xizmat  qilish
12.  Kiyimni  qanday kiyish,  saqlash va tozalash  kerak?  Ovqat- 
lanayotganda  idish-tovoq  va  shu  kabilardan  qanday  foydalanish 
kerak?  —  2  soat.
13.  Ijtimoiy-foydali  mehnat  —  5  soat.
II  sinf  uchun  dastur 
Texnikaviy  mehnat
1. 
Qog‘oz va  karton bilan ishlash.  Kartondan shaxmat-shash- 
ka  taxtachalarini,  lotoga  o‘xshash  o‘yin  uchun  kartochkalami, 
archa  uchun  bezak  va  o ‘yinchoqlarni,  oddiy  kartochkalami
216

tayyorlash.  0 ‘quvchilaming  o‘z  xohishlariga  ko‘ra  shug‘ullanish~ 
lari  —  4  soat.
2.  Gazlama  (mato)  bilan  ishlash.  Ipak,  jun,  tabiiy  gazlama 
va  ip  namunalari  kolleksiyasini  tuzish.  Nonushta  uchun  xalta- 
chalar,  navbatchilar  uchun  bog‘ichlar  tikish,  tugma  qadash, 
kamarchalar,  sakrash  uchun  arqonchalar  to‘qish  —  4  soat.
3.  To'qish  texnikasi  —  1  soat.
4.  Turli  materiallar  bilan  ishlash.  Yog‘och  g‘ildirakli  arava- 
cha  uchun  taxta  randalash,  g‘altakdan  viz-vizaklar  yasash  —  2 
soat.
5.  Plastilindan bolalar xohishiga  ko‘ra  qush, jonivorlar va shu 
kabilar  shaklini  yasash  —  3  soat.
6.  Daraxt  butog'i,  ildizi,  yong‘oq  va  shu  kabilardan  ertak- 
larning  personajlari  (qahramonlari)ni  yasash  —  2  soat.
Texnik  modellashtirish
7.  «Konstruktor»  termasi  detallari  (bo‘laklari)ni  qo‘llab, 
namunalar  asosida  texnik  o‘yinchoqlaming  model  va  maketlari 
(bino,  avtomashina,  коЧагта  kran  va  shu  kabilar)ni  yasash  —
2  soat.
8.  Ijtimoiy-foydali  mehnat  —  maktab  uchastkasida  ishlash, 
qog‘oz  to‘plash,  shanbalikda  qatnashish  —  7  soat.
Qishloq  xo‘jalik  mehnati
9.  Kuz.  0 ‘quv-tajriba  uchastkasida  tuproqqa  ishlov  berish. 
Bahor.  Xona  o‘simliiklari  ko‘chatini  tayyorlash  va  ekish.  Maktab 
qoshidagi  uchastkada  ishlash  —  chopish,  ariq  olish,  urug‘  se- 
pish,  ekish,  parvarish  qilish  —  5  soat.
O‘z-o‘ziga  xizmat  qilish
10.  Suhbat:  H o‘l  bo‘lgan  kiyimlarni  quritish  va  tozalash 
usullari  —  1  soat  (Amaliy  mashg‘ulot).
11.  Turar joyga  qarash.  (Amaliy  mashg‘ulot)  —  1  soat.
Ill  sinf  uchun  dastur 
Mehnat  tarbiyasi
1. 
Qog‘oz  va  karton  bilan  ishlash.  Matematikadan  masala- 
lar  tuzish  uchun  ko‘rgazmali  qurollar,  mehnat  darslari  uchun 
kartochkalar  shablonlari  (andozalari),  karton  muqovali  qo‘lbo- 
la  kitoblar  tayyorlash.  Mehnat,  ona  tili,  matematika  darslari 
uchun  kerakli  tarqatma  materiallar  saqlanadigan  qutichalar
217

yasash,  qopqog‘i  applikatsiyalar  bilan  bezatilgan  qutichalarga 
tabiiy  materiallardan  to‘plangan  kolleksiyalami  joylashtirish  —
10  soat.
2.  Gazlama  bilan  ishlash.  Ish  turlari:  yamoq  solish,  turlash, 
tish  cho‘tkalari  uchun  kashta  tikilgan  xaltachalar,  yengliklar, 
yoqalar,  qo‘g‘irchoqlar  uchun  kiyimlar  tikish  —  4  soat.
3.  Turli  materiallar  bilan  ishlash:  a)  yog‘ochdan  buyumlar 
(ko‘rsatkich,  xatcho‘p,  ko‘chat va kolleksiyalar uchun qutichalar, 
qushlar  donlashi  uchun  moslamalar)  yasash.  b)  Plastilindan 
«Fermer xo‘jaligi dalasida»,  «Shirkat xo‘jahgi fermasi»,  «Hayvonot 
bog‘i»  maketini  va  shu  kabi  maketlami  yasash  —  4  soat.
4.  Ijtimoiy-foydali  mehnat.  Temir-tersak,  qog‘oz  to‘plash, 
kutubxona  kitoblarini  taxlash,  shanbaliklarda  ishtirok  etish  —  8 
soat.
5.  Texnik  modellar yasash.  «Konstruktor»  termasidan  cho‘n- 
tak  fonarining  batareyasi  bilan  ishlaydigan  turli  texnik  qurollar 
(karusel  va  shu  kabilami)  yasash  —  2  soat.
6.  Qishloq  xo‘jalik  mehnati:  maktab  uchastkasida  ishlash 
(yemi  kuzda shudgorlash,  bahorda  qayta chopish,  o‘g‘itlash,  sab- 
zavot  va  gul,  manzarali  ko‘chatlar  ekish,  ulami  parvarish  qilish, 
oziqlantirish)  —  4  soat.
IV  sinf  uchun  dastur 
Texnik  tarbiya
1.  Qog‘oz  va  karton  bilan  ishlash  (jumalni  muqovalash,  ki- 
chik  albom  va  xotira  (yon)  daftarlari  tayyorlash).  Ko'rgazmali 
qurollar  —  geometrik jismlar,  qo‘l  mehnati  asboblari,  kolleksiya 
uchun  qutichalar,  archa  o‘yinchoqlarini  yasash  —  3  soat.
2.  Mato  bilan  ishlash.  Ish  kiyimi  etagining  andozasini  tay­
yorlash,  bichish  va  tikish.  Kashta  tikish.  To‘plar  uchun  to‘r, 
soatlar  uchun  tasmalar  to‘qish  —  3  soat.
3.  Yog‘ochni  arralash,  kuydirib  naqsh  solish  —  3  soat.
4.  Texnik  modellar yasash.  Turli  materiallar  (qog‘oz,  karton, 
faner,  mayda  sim,  tunuka,  plastik  massa)dan  har  xil  buyumlar 
yasash,  «Konstruktor»  termasidan  turli  modellar  (suv  g‘ildiragi, 
shamol  dvigateli,  semafor  va  svetofor)  yasash  —  5  soat.
Qishloq  xo‘jaligi  mehnati
5.  Xona  gullarini  parvarish  qilish  —  2  soat.
218

6.  Maktab  uchastkasini  qishga  tayyorlash,  bahorda  ishlash, 
ekin  ekish,  o‘stirish  —  4  soat.
7.  Ijtimoiy-foydali  mehnat.  Temir-tersak  yig‘ish,  shanbalik- 
larda  ishtirok  etish  —  8  soat.
0 ‘z-o‘ziga  xizmat  qilish
8.  Юг  yuvish  va  dazmollash  —  2  soat.
9.  Elektr asboblaridan foydalanganda texnika xavfsizligi qonun 
qoidalari  —  2  soat.
KUNI  UZAYTIRILGAN  SINF,  GURUH  УА  MAKTAB- 
INTERNATLAR  0 ‘QUVCHILARI  UCHUN  BADANTARBIYA
MASHQLARI
Kuni  uzaytirilgan  maktablaming  kundalik  rejimiga  quyidagi 
mashg‘ulot  turlari  kiritilgan:  dars  oldidan  o‘tkazi!adigan  gimnas- 
tika,  dars  mashg‘ulotlaridagi  badantarbiya  daqiqalari,  ochiq 
havoda  o‘tkaziladigan  badantarbiya  va  sport  o‘yinlari,  katta 
tanafiusda  bajariladigan  harakatli  o‘yinlar  va  hokazolar.
Badantarbiya  mashg‘idotlarini  o‘tkazishdan  maqsad.  Badan­
tarbiya mashg‘ulotlari kuni uzaytirilgan guruhlari  mavjud  maktab 
rejimiga  kiritilgan  bo‘lib,  u  bir  necha  darsdan  keyin  o‘quv- 
chilaming  dam  olishi  maqsadiga  va  keyingi  o‘quv  faoliyatida  ish 
qobiliyatini  tiklashga  qaratiladi.
Kuni  uzaytirilgan  guruhlarda  o‘quvchilaming  bo‘sh  vaqtlari- 
da  faol  harakat  qilishi juda foydali.  Chunki har kungi bu  harakat 
kichik  maktab  yoshidagi  bolalaming  yoki  o‘quvchilaming  qon 
harakatini  mo‘tadillashtiradi,  sog‘lig‘ining  yaxshilanishiga  ijobiy 
ta’sir  qiladi.
0 ‘quvchilami jismoniy jihatdan  tarbiyalash  tarbiyaning  uzviy 
bir qismidir.  U yoshlami har tomonlama chiniqqan,  sog‘lom qilib 
o‘stirishni  o‘z  oldiga  maqsad  qilib  qo‘yadi.  Badantarbiyaning 
vazifasi o‘quvchilami jismoniy jihatdan baquwat,  tetik,  xushchaq- 
chaq,  mehnatga qobiliyatli,  ijodiy mehnat qilishga qodir,  hayotda 
har  qanday  qiyinchiliklarga  bardosh  beradigan  qilib  tarbiyalash- 
dan  iboratdir.
0 ‘quvchining  kuzatuvchanligi,  zehni,  xotirasi  uning jismoniy 
rivojlanishiga,  sog‘lomligiga  bog‘liq.  Shuning  uchun  sog‘liqni 
mustahkamlash,  kasallanishning  oldini  olish  ish  qobiliyatining 
ortishi va o‘qishda yaxshi natijalarga erishishda zamin hisoblanadi.
219

Kuni  uzaytirilgan  sinf,  guruhlarda  va  maktab-internatlarda 
bolalaming  kuni  bo‘yi  maktabda  pedagog-tarbiyachilar  nazorati 
ostida bo‘lishi ulami turli  mashg‘ulotlarga jalb  qilish imkoniyatini 
beradi.  Bunday  mashg‘ulotlardan  biri  bolalar  o‘rtasida  olib  bo- 
riladigan  badantarbiya  mashg‘ulotlaridir.  Bunday  mashg‘ulotlar 
o‘quvchilarning  har  tomonlama  o‘sishida  va  ularni  ijtimoiy- 
foydali mehnatga tayyorlashda katta rol  o‘ynaydi.  Shuning uchun 
bu  yangi  tip  muassasalarda  bolalarga  ertalab,  dars  boshlangunga 
qadar  badantarbiya  mashqlari  qildirish,  darsdan  keyin  harakatli 
o‘yinlar,  turU gimnastik mashqlar bilan shug‘ullantirish masalasiga 
e’tibor  berilishi  kerak.  Jismoniy  ta’lim  nazariyasining  asoschisi 
P.  F.  Lesgaft  kishining  badantarbiyasi  aqliy,  axloqiy  va  estetik 
tarbiyasi  bilan  chambarchas  bog‘langan  bo‘lishi  haqida  to‘xtalib 
shunday  deydi:  «Rivojlanish,  —  degan  edi  u  — jismoniy  rivojla- 
nish  singari  garmonik  bo‘lishi,  aqliy,  estetik  va  axloqiy  tarbiya 
ham  shunga  muvofiq  bo‘lishi  kerak,  aks  holda  matonatli  va 
sobitqadam  kishilami  voyaga  yetkazib  bo‘lmaydi»’.
Kuni  uzaytirilgan  guruh  va  maktab-internatlarda  badan­
tarbiya  ishlari  rejim  asosida  olib  borilishi  kerak.  Bu  bolalaming 
salomatligini  mustahkamlabgina  qolmasdan,  balki  ularning 
tashqi  ko‘rinishiga  ham  ijobiy ta’sir qiladi.  Dadilligi,  chaqqonligi 
va  xushchaqchaqligini  ta’minlaydi,  shuningdek,  aqliy-axloqiy, 
estetik tarbiyasiga  ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.  Keyingi vaqtlarda 
kuni  uzaytirilgan  maktab,  sinf  va  guruhlarning  ko‘pchiligida 
badantarbiya  va  sport  ishlarini  darsdan  keyin  bolalar  bilan 
badantarbiya  o ‘qituvchisi  emas,  balki  tarbiyachilar  ham  olib 
bormoqdalar.  Tarbiyachilar badantarbiyani  bolalaming  yoshi  va 
o'ziga  xos  xususiyatlariga  mos  holda  olib  borishga  e ’tibor 
berm og‘i  kerak.  Shuningdek,  bu  m asalada  badantarbiya 
o‘qituvchisi  bilan  doimo  maslahatlashib,  maktab  shifokoridan 
olib  turish  zamr.
Badantarbiya  mashqlari  davomida  o‘quvchilaming  faolligini 
oshirish  uchun  fizkultura  tashkilotchilarini,  sportning  ayrim 
turlari bo‘yicha hakamlami,  bayram,  musobaqa,  ko‘riklarda eshit- 
tirishlar  olib  boruvchi  sharhlovchilami,  instruktor  va  uning  yor- 
damchilarini  bolalaming  o‘zlaridan  yoki  yuqori  sinf o'quvchila-

Лесгафт  П.  Ф.
  Собр.  пед.  соч.  —  М.,  1-том.  1-часть,  стр.  195.
220

ridan  tayyorlash  lozim.  Ular  esa  amaliy  sport  faoliyatida  maxsus 
tayyorgarlikdan  o‘tishlari,  maktabning  sport  klubi  kengashi  va 
tarbiyachilar  topshiriqlarini  muntazam  bajarishlari  kerak.
Yana  bir  narsani  aytish  kerakki,  kuni  uzaytirilgan  sinf, 
guruhlarda  badantarbiya  turli  shaklda  olib  borilishi  mumkin. 
Biroq,  haftadagi  ikki  soatlik  badantarbiya  darsi  kam  harakat- 
lilikning  oldini  olishga  qodir  emas.  Ma’lumki,  kichik  maktab 
yoshidagi  bolalar  bir  sutkada  lozim  bo‘lgan  harakat  ehtiyojining 
18—22  foizini  o‘zlarining  xilma-xil  ixtiyoriy,  rejalashtirilmagan 
mustaqil  harakatlari  orqali  qondiradilar.
Mutaxassislaming ko‘rsatishicha, jadval bo‘yicha badantarbiya 
darslari  o‘tkazilgan  kunlarda  kamharakatlilik  40  foizni  tashkil 
qilsa,  dars  yo‘q  kunlarda  esa  u  80  foizga  ko‘tariladi.  Lekin bular 
bolalarning  harakatga  bo‘lgan  biologik  ehtiyojlarini  qondira 
olmaydi.  Shuning  uchun  o'quvchilaming  bir  kunlik  faol  harakat 
ko‘lami  2  soatdan,  haftada esa  14 soatdan kam bo‘lmasligi kerak.
Shunga ko‘ra,  boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tabiiy harakat 
ehtiyojlarini  hisobga  ohb,  jismoniy  mashg‘ulotlami  quyidagicha 
tashkil  qilish  va  o‘tkazish  mumkin:
1.  Mashg‘ulotgacha  gimnastika  —  10  daqiqacha.
2.  Har  bir  darsda  va  mustaqil  dars  tayyorlash  vaqti jismoniy 
harakat  daqiqalari  —  2—3  daqiqadan.
3.  Tanaffus  paytidagi  o‘yinlar  va  turli  mashqlar  —  10—15 
daqiqacha.
4.  Mashg‘ulotdan  keyin  sport  ishlari  —  faol  dam  olish  va 
ochiq  havoda  bo‘lish  —  45  daqiqacha.
5.  Harakatli  oyinlar,  sayr  qilish  va  sport  bilan  shug‘ullanish  — 
40  daqiqacha.
Bu  tadbirlaming  belgilangan vaqtda  qiziqarli,  samaraU  o‘tka- 
zilishi maktab direktori hamda badantarbiya bo‘yicha mas’ul kishi 
tomonidan  nazorat  qilinishi  muhimdir.  Bu  o‘quvchilar  o‘rtasida 
ommaviy  badantarbiya  va  sportni  rivojlantirishning  qo‘shimcha 
choralari  to‘g‘risida Vazirlar  Kengashi,  Xalq maorif vazirligi, jis­
moniy harakat va  sport  qo'mitasining buyrug‘i  (1981-yil)  asosida 
maktab  direktoriga kuni uzaytirilgan guruhlarda har kuni bir soat 
jismoniy  harakat  mashg‘ulotlarini,  turli  harakat  o‘yinlari,  badan­
tarbiya  mashqlarini  sayr  etish,  qisqa vaqtli  poxodlar,  oddiy  sport 
musobaqalari  yo‘li  bilan  tashkil  etishni  ta’minlash  yuklatilgan, 
shuningdek,  badantarbiya  o‘qituvchilarining  yuqori  sinf  o‘quv-
221

chilari  orasidagi  badantarbiya  faoli  yordamida  tarbiyachiga 
doimiy  yordam  berishi  uqtirilgan.  Ayrim  ilg'or  maktablarda 
bolalar  harakatini  tashkil  qilishning  aniq  shakllari,  ya’ni  guruh- 
larda  bir  soat  badantarbiya  mashg‘ulotlarini  tizimli  o‘tkazish 
kundalik  rejim  asosida  mustaqil  dars  tayyorlab  bo‘lganlaridan 
keyin  amalga  oshirilmoqda.  Shu  talablar  kun  tartibi  asosida 
o‘tkazilgani  ma’qul.  Chunki  qat’iy bir  kun  tartibiga  rioya  qilish 
bolalar  organizmini  mustahkamlashga,  chiniqtirishga,  kamroq 
kuch  sarf  qilib,  ko‘proq  ish  qilishga  yordam  beradi  va  ayni 
vaqtda  bu  sog‘liqni  yaxshilashga  va  umrni  uzaytirishga  olib  ke- 
ladi.  Shu  tufayli  maktab-intemat  va  kuni  uzaytirilgan  guruhlar- 
ning  kundalik  kun  tartibida  mehnatga  va  tarbiya  mashg'u- 
lotlariga  alohida  e’tibor berilishi,  vaqt belgilanishi,  shart-sharoit 
yaratilishi  zarur.
0 ‘zbekistonda yozning  ancha  issiq bo‘lganligi uchun maktab- 
intemat va kuni uzaytirilgan har bir guruhda bolalaming yuvinishi 
uchun dush bo'lishi,  vodoprovodi bo‘lmagan qishloq joylarda esa 
bolalar  maktabga  yaqin  bo‘lgan  anhorda  yoxud  suvi  tez-tez 
yangilanib  turiladigan  hovuzlarda  cho‘milishi  zarur.  Dushda 
cho‘milish,  suvda suzish bola organizmini  chiniqtiradi;  suv uyquni 
qochiradi,  miyani  faollashtiradi,  ishga  tez  kirishish  va  unumli 
ishlashga  yordam  beradi.
Shuningdek,  turistik  sayohatlar  uyushtirish' yo‘li  bilan  sport 
harakatlarini  olib  borish  mumkin.  Bunda,  birinchidan,  bola 
harakat  qiladi,  ikkinchidan,  diqqatga  sazovor  joylar  bilan  tani- 
shadi.  Bu  uning  tarbiyasiga  samarali  ta’sir qiladi.  Buxoro  viloyati 
Gijduvon  tumanidagi  maktablarda  o‘lkani  va  shaharlar  tarixini 
o‘rganishga  ta’tilda  katta  e’tibor  berilmoqda.  Bu  maktablaming 
pedagoglar  jamoasi  qishki  ta’tilda  bolalarni  Buxoro  shahriga 
sayohat  qildirib,  ularni  Buxoroning  o‘tmishi  va  hozirgi  hayoti, 
ajoyib,  boy  yodgorliklari  bilan  batafsil  tanishtiradi.  Sayohat  dav- 
rida  bolalar juda  ko‘p  narsalami  o‘z  ko‘zlari  bilan  ko‘rib,  bilib 
oladilar.
Hozirgi  kunda  badantarbiya  mashg‘ulotlarida  xalq  raqslari, 
badiiy  gimnastika  mashqlari  ham  qo ‘llanilm oqda.  Ayrim 
maktablarda o‘tkazilgan tajriba badantarbiya bo‘yicha qizlar bilan 
olib  boriladigan  badantarbiya  ishini  snaryad  gimnastikasi 
elementlari,  xalq raqslari va xalq o‘yinlaridan boshlash zarurUgini 
ko‘rsatmoqda.  Ularni  ana  shunday  yo‘l  bilan  asta-sekin  sportga
Download 115.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling