K. hoshimov kuni uzaytirilgan guruhlarda ta
Download 115.68 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqillik.
185 — o‘quvchilaming boshqa xilma-xil to‘garak mashg‘ulotla- riga qatnashishi, maktab yer maydonida ishlashi, «Kamolot» YIH, «Kamalak» tashkilotlaridagi va o'quvchilar jamoasidagi islilari. 0 ‘quvchilaming maktab va maktabdan tashqaridagi bo‘sh vaqtlarida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar rejasini ishlab chiqishda o ‘quvchilarda vaqtni qadrlash hissini tarbiyalash va ulam i o‘zlarining bo‘sh vaqtlarini yuqori saviyada o‘tkazishga o‘rgatish masalalariga alohida e’tibor berish lozim. Ayrim o‘quvchilar bo‘sh vaqtlarini past saviyada o‘tkazadilar. Ular foydasiz o‘yinlarni o‘ynaydilar yoki o‘zlarining kamol topishlariga yordam beradigan mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanmaydilar. Tarbiyachi xuddi shunday o‘quvchilarga bo‘sh vaqtni yuqori saviyada, mazmunli o‘tkazish uchun yo‘llanma va yordam berishi zarur. Bo‘sh vaqtni uyushti- rishning tamoyillari ixtiyoriylik, mustaqillik va romantiklikka asos- lanadi. Ixtiyoriylik bo‘sh vaqt mazmunidan kelib chiqadi, chunki bunday vaqtda bolalaming xarakteri ulaming istagi va tashabbu- si bo‘yicha amalga oshadi. Har qaysi o‘quvchiga barcha imko- niyat va layoqatini ko‘rsatish uchun sharoit yaratiladi. Bolalar bo‘sh vaqtda o‘tkaziladigan tadbirlarning tashkilotchilari va ijrochilari bo‘ladilar. Bu esa ularda tashabbuskorlik, ishchanlik, mustaqilUk, tashkilotchilik, jamoatchilik kabi xislatlami tarkib topishiga yordam beradi. Mustaqillik. Kuni uzaytirilgan guruh, maktab-internatlarda bo‘sh vaqtda dam olish, o‘ynash yoki biror foydali narsa bilan shug‘ullanishni o‘quvchilaming o‘zlari belgilaydi. Romantika esa bolalaming ehtiyoj va qiziqishlaridan kelib chiqadi. Bolalaming bo‘sh vaqtlarini uyushtirish va qiziqarli o‘tkazishda maktabda zarur bo‘lgan barcha moddiy texnika bazasi yaratilishi lozim, ya’ni maktab sport zali, xonalar, o‘quv ishlab- chiqarish ustaxonalari, o ‘yin xonalari, kutubxona, oshxona, musiqa, milliy cholg‘u asboblari komplekti zaU, sport va harakatli o‘yin, dam olish maydonlari, maktab stadioni kabilar ulaming ixtiyorida bo‘lishi kerak. Hozirga qadar o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini uyushtirishda pedagoglar, ota-onalar va jamoatchilik o‘z bilganlaricha faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar. Afsuski, ular o‘rtasida mustahkam aloqa mavjud emas. Kuni uzaytirilgan guruh va maktab-internatlari 186 faoliyati va tajribasi ular o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkam hamda tizimli bo‘lishini taqozo qiladi. Ota-onalar tez-tez sinf va guruhlarga kirib, farzandlarining bo‘sh vaqtdagi faoliyatlarini kuzatishlari, ular bilan tanishishlari hamda bolalarga turli mavzularda suhbatlar uyushtirishlari, mutaxassis (rassom, xonanda, bastakor, sportchi va hokazo) ota-onalar esa ayrim mashg‘ulotlami o‘tkazishlari ham mumkin. Toshkent shahridagi 147-, 157- va 185-maktablarda kuni uzaytirilgan sinf va guruh o‘quvchilarining ko‘pchiligi sport ishlariga jalb etilgan. 147-maktabning ikkita sport zalida har kuni kech soat 19 gacha voleybol, basketbol, yengil atletika va badiiy gimnastika bo'yicha mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Sport seksiyalariga faqat mazkur maktab o‘qituvchilarining o‘zlari rahbarlik qilmay- dilar. Maktab bazasidagi sport to‘garaklarini bolalar va o‘smirlar sport maktablarining, «Lokomotiv» sport jamiyatining trenerlari boshqaradilar. Maktab o‘quvchilarining bir qismi sport maktabi, sport jamiyati va suv sporti saroyidagi mashg‘ulotlarga ham qatnashadi. 185-maktabning kuni uzaytirilgan guruhlarining pedagogik jamoasi madaniy-oqartuv muassasalari, sport maktabi, mahalla va jamoatchilik bilan yaqindan hamkorlik qilib, o‘quvchilar bilan o‘tkaziladigan tarbiyaviy ishlami sermazmun va qiziqarli o‘tishiga erishmoqdalar. Ushbu maktab bilan 25-musiqa maktabi jamoasi o‘rtasida koordinatsiya kengashi tuzilib, ularning o ‘zaro hamkorligida maktabda rejali, namunaviy estetika kabineti tashkil qilindi. Musiqa maktabi o‘quvchilarining yordami bilan 50 nafar o‘g‘il bolalardan 2 ta ovozli xor tashkil qilindi. Ular shahar ko‘riklarida qatnashib, an’anaviy «San’at bayrami»da doimo ishtirok etadilar. Tuman ma- daniyat uyi xodimlari yordamida dutorchi qizlar ansambli tashkil etilgani hamda bunga kuni uzaytirilgan sinf va guruh o‘quvchi- larining jalb qilingani katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Shuningdek, bu maktabda 0 ‘zbekiston xalq rassomi Hikmat Rahmonov boshchiligidagi rassomlar to‘garagi ishlamoqda. Tar biyachi M. Ikromova va H. Rahmonov rahbarligida o‘quvchilar tomonidan ishlangan rasmlar to‘planib, ko‘rgazma tashkil etildi. 10-sport maktabi trenerlari rahbarligida tumandagi kuni uzaytiril gan sinf va guruh tarbiyachilari uchun seminar mashg‘ulotlari, praktikumlar o‘tkazib turiladi. 187 Bu maktabning otaliq tashkiloti tomonidan maktab sport maydonchasi kompleks ravishda jihozlandi. Bulaming hammasi kuni uzaytirilgan sinf, guruhlar faoliyatini mazmunan boyitishda, ta’lim-tarbiya ishlarining samaradorligini oshirishda katta yordam bermoqda. Faol ota-onalar va jamoatchilik tashkilotlarining tarbiyachi- larga, o‘qituvchilarga tarbiya ishlari sohasida yaqindan bergan yordami tufayli maktabda mas’uliyatsizlik, qarovsizlik holatlari- ning oldi olindi, sinfdan tashqari ishlar, to‘garak ishlari yaxshi yo‘lga qo‘yildi. Bu borada Abdulla Nabiyev nomli mahallaning raisi, maktab ota-onalar qo‘mitasining faol a ’zosi, atoqli san’atkor, 0 ‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist G ‘ani A’zamovning xizmatlari nihoyatda katta bo‘lgan. Kuni uzaytirilgan maktab, maktab-intematlarda o‘quvchilar- ning bo‘sh vaqtlari ikki davrda, ikki xil prinsipda tashkil qilinadi: 1. Dars tugagandan keyin uy vazifalarini tayyorlaydigan vaqt- gacha bo‘lgan davrda. 2. Uy vazifasini bajarib bo‘lgandan keyin o‘quvchilar uylari- ga ketadigan vaqtgacha bo‘lgan davrda. Birinchi davrdagi o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlari o‘qishdan tashqari vaqtda toza havoda sayr qilish tarzida o ‘tkaziladi. Bolalarning sayr qilishlari ularning jismoniy o‘sishiga va yaxshi dam oUshiga ijobiy ta’sir qilishi kerak. Bolalarning qiziqarli dam olishlari, jismoniy rivojlanishi va sog‘lig‘ini mustahkamlash uchun bo‘sh vaqtdan qanday foydalanish to‘g‘risida ularga elementar ma’lumotlar berish ham o‘qituvchi va tarbiyachilaming asosiy vazifasidir. Bunda quyidagi asosiy masalalarga: kundalik rejimga rioya qilish, ochiq havoda o ‘ynash, organizmni chiniqtirish qoidalariga alohida e’tibor berish zarurligi tushuntiriladi. Bolalarning tushunchalarini har tomonlama rivojlantirishda shahar (qishloq) bo‘ylab o‘tkaziladigan sayrlar foydahdir. Chunki bolalar shahardagi yodgorliklami, muzeylami ko‘radilar va o‘zi yashayotgan shahar yoki qishloq hayoti bilan tanishadilar. Tarbiyachi sayr qilish vaqtida tashkil qilgan har bir o‘yinda bolalami ma’lum bir maqsadga yo‘llashi, yangi o‘yin qoidalari bilan tanishtirishi, tashkil qilingan o‘yinlami me’yorida o‘tkazishi kerak. 0 ‘qituvchi o‘yin va mashg‘ulotlami polizda, bog‘da ishlash, kitoblar o‘qish, kashta tikish va hokazolar bilan qo‘shib olib borish 188 foydali ekanini tushuntiradi. Piyoda sayr qilish va ekskursiyalarga alohida e’tibor berish kerak. (Bir sayr davomida ikki, uch o‘yin o‘tkazish mumkin, ammo bunda tez bajariladigan o‘yinlami tan- lash va o‘tkazish lozim.) Bu sohada bolalarga boshlang‘ich turizmga oid bilimlar berish, bunda turistik anjomlar, kiyim-bosh, poyabzal, oziq-ovqatlar ohsh, poxod dori-darmon qutisi va hoka- zolar haqida hikoya qiluvchi ko‘rsatma qurollar, rasmlardan keng foydalanish zarur. Kuni uzaytirilgan sinf guruhlarining ikkinchi davri uy vazifasi ni bajarib bolgandan keyin boshlanadi va klub soati shaklida har kuni o‘tkaziladi. U o‘z ichiga kitob bilan ishlash, musiqa bilan shug‘ullanish, siyosiy va estetik mavzularda suhbat, estetik o‘yinlar, ekskursiyalar va hokazolami oladi. Ayrim maktablarda kuni uzaytirilgan guruhlarning ish rejimi quyidagicha tuzib qo‘yilgan: dushanba — badiiy to ‘garak bilan shug‘ullanish; seshanba — «Kamalak yulduzchasi»; chorshanba — fan to‘garaklari ishlari; payshanba — mehnat faoliyati bilan bog‘liq ishlar; juma — badantarbiya va sport ishlari; shanba — ekskursiya, sayr, muzey, kino va teatrlarga borish, ko‘rgazmalami ko‘rish va tomosha qihsh. Shanba kunlari o‘quvchilarda uy topshiriqlari yo‘qligi hisobga olinib, ular bilan ikki soat atrofida shug‘ullanish mumkin. Klub soati haftaning ma’lum kuniga rejalashtiriladi. Yuqorida keltirilgan mashg‘ulotlar o‘zining mazmuni va xarakteri bilan bir-biridan farq qiladi. Masalan, agar kitob bilan ishlash rejalashtirilgan bo‘lsa, bu tadbir bolada mustaqil o‘qish, o‘qilgan matnni so‘zlab bera olish xususiyatlarini rivojlantirmog‘i lozim. Shuningdek, guruh o‘quvchilari klub soati vaqtida yangi chop qilingan bolalar adabiyoti bilan tanishadilar. Haftada bir marta kuni uzaytirilgan guruh klub soati musiqa va drama to‘garaklarining mashg‘uloti uchun ajratiladi. Bolalar bilan ishlashning bu shakli qator tarbiyaviy ishlami yaxshilashda, ya’ni bolalar jamoasini uyushtirish, ularning umummadaniy saviyasini oshirish, san’at sohasidagi bilim doirasini kengaytirish, madaniy hayot ko‘nikmalarini hosil qilish masalalarida yordam beradi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini teatr va kino san’ati bilan tanishtirib borish tarbiyaviy ishlaming samaradorligini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Bolalami san’at, kino bilan tanishtirishda 189 tarbiyachi qiziqarli suhbatlar o ‘tkazadi. Kino mazmuni va qahramonlardan ta’sirlangan o‘quvchilar ularga mustaqil baho bera boshlaydilar. Respublikamizdagi kuni uzaytirilgan guruh va maktab- internatlarida ilg‘or tarbiyachilar quyidagi o‘yin turlaridan keng foydalanmoqdalar: — «Quvnoq startlar» tipidagi o‘yinlardan. Bu o‘yinlar o‘quv- chilarni fanga, mehnatga va hayotga tayyorlashda muhim rol o‘ynaydi: — «Inoqlar tanlovi» tipidagi o‘yinlar esa o‘quvchilaming ijodiy faoliyatini o‘stirishga xizmat qiladi; — kasbiy ta’lim va tarbiyaga oid o‘yinlardan. Bunga texnik modellashtirishning barcha turlari, harakatlanuvchi mashinalar yasash va boshqalar kiradi; — adabiy teatr tipidagi o‘yinlardan. Bu o‘yinlar o‘quvchilar- ning madaniy nutqini va havaskorlik faoliyatini o‘stiradi; — «Bilimdonlar musobaqasi» o‘quvchilaming mantiqiy fikr- lash qobiliyatini o‘stiradi; — har xil attraksionlardan. Bular o‘quvchilaming dam olishini ta’minlaydi, ularga quvnoqlik baxsh etadi; — jamoa bo'lib badantarbiya-sport o‘yinlarini o‘ynash esa o‘quvchilarni aqliy va jismoniy jihatdan rivojlantiradi, ularni chaqqonlikka, go‘zallikka o‘rgatadi. Yuqoridagi o‘yinlarning hammasi yagona, umumiy ta’lim- tarbiya jarayonini yaxshilashga, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtdagi faoliyatini mazmunli, qiziqarli o‘tishiga yordam beradi. Shuningdek, awal yozganimizdek, o‘yinda har bir guruhning sardori belgilanadi. Sardor tarbiyachining yordamchisi hisob- lanadi. 0 ‘yinning tartibi, qonun-qoidasi o‘yinni boshlashdan oldin tushuntiriladi. Har qanday o‘yinni quyidagi tartibda tushuntirish mumkin: 1. 0 ‘yinning nomi, maqsadi, vazifalari. 2. 0 ‘yinchilaming roli va ulaming maydonda joylashishi. 3. 0 ‘yinning borishi. 4. G ‘oliblami aniqlash tartibi. 5. 0 ‘yinning qoidasi. 0 ‘yin qoidasini tushuntirish savollarga javob berish bilan tugaydi. Harakatli o‘yinlami tushuntirish davrida tarbiyachi o‘yinni to‘xtatib, har xil ko‘rsatmalar berishi mumkin. Ammo, bu o‘yin- 190 chilar kayfiyatiga ta’sir etmasligi, o‘yinni sovutmasligi lozim. Shuni qayd qilish kerakki, o‘yinda berilgan tanaffus davrida tarbiyachi o‘z yordamchilari orqali guruhdagi o‘yin qoidasini, tartibini qanday bajarayotganini o‘yinchilarga tushuntiradi. 0 ‘yin davomida qo‘pollikka, janjalga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik, aksincha, o‘rtoqlik, haqgo‘ylik, o‘zaro yordam, birodarlik, maqsadga intilish kabi odatlami tarbiyalash kerak. Kuni uzaytirilgan guruh va maktab-internatlarda 0 ‘quvchi laming bo‘sh vaqtini uyushtirishda bayramlar katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Bayramlar bolalar o‘yinlariga yaqin turadi. Odatda, u bolalami to‘lqinlantiruvchi taassurotlar bilan bog‘liq. Bu tantanali voqea fan, adabiyot, san’at va amaliy ishni bir-biriga bog‘lashda muhim rol o‘ynaydi. Bayramni kutish, unga tayyor- lanish guruh bolalarining hayotini alohida mazmun bilan boyitadi. 0 ‘quvchilar bayramga adabiy-musiqali chiqish, xor, qo'shiqlar, sahna ko‘rinishi tayyorlaydilar. Bu jarayonlar o‘quvchilarni inoq- lik, do‘stlik ruhida tarbiyalaydi. Bayramlarga tayyorlanish davrida har qaysi guruh kichik guruhlarga bo‘linib, ularga ishlar taqsim qilinadi. Masalan, birinchi guruh badiiy havaskorlik bo‘yicha shug‘ullansa, ikkinchi guruh sinf va guruhlarni jihozlash, kostum va dekoratsiyalar tayyorlash bilan mashg‘ul bo‘ladi. Uchinchi guruh devoriy gazeta tayyorlash, bayram dasturini tuzish, mehmonlarni kutib olish bilan band bo‘lsa, to‘rtinchi guruh 0 ‘yinlar, attraksionlar, o‘yinlar uchun musiqa tayyorlaydi. Qarshi shahridagi 2-maktabda bayramlarga tayyorlanish jarayonida sinflar bo‘yicha yig‘ilish, suhbatlar o‘tkaziladi. Kino- filmlar namoyish etiladi. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va Armiya jangchilari bilan uchrashuvlar uyushtiriladi. Bu tadbirlar bolalam i harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda katta ahamiyat kasb etadi. Kuni uzaytirilgan guruhlarda umumxalq bayramlari singari o‘quv bayramlari ham nishonlanib turiladi. Bular jumlasiga «Yangi o ‘quv yilining boshlanishi», «Yulduzcha», «Alifbe bayrami», «Kamalak» tashkiloti tashkil topgan kun» va shunga o‘xshagan boshqa bayramlar kiradi. Kuni uzaytirilgan guruhlarda tug‘ilgan kunni gumh bilan nishonlash o‘quvchilarda do‘stona tuyg‘ulami vujudga keltiradi. Tarbiyalanuvchilar tug‘ilgan kunini nishonlayotgan o‘rtog‘iga 191 o‘zlari yasagan buyumlar, kashtalar, chizgan rasmlarini sovg‘a qilishadi. Yangi tip muassasalarda adabiyot to‘garaklarini yaxshiroq tashkil qilish imkoniyatlari mavjud. Bunda bolalar hikoya va ertaklarni o‘qish orqali tevarak-atrofdagi narsa va hodisalar haqidagi tasawurlarini boyitadilar. Bu tadbir bolalaming g‘oyaviy- siyosiy, axloqiy hamda estetik tarbiyasini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishda muhim vositadir. Bolalar va o‘smirlaming to'garaklari kundalik turmush hodisasi bo‘lib qolmog'i zarur. To‘garaklarda qatnashish orqali o‘quvchilarning tashabbuskor- ligi va mustaqilligi hamda axloqiy fazilatlari yanada ortadi. Eng muhimi, ulaming vaqti to‘g‘ri maqsadga yo‘naltiriladi. 0 ‘quvchilarni mehnatsevar va axloqli qilib tarbiyalashda, ulami kasb tanlashga o‘rgatishda Qarshi shahridagi Alisher Navoiy nomli maktab, shuningdek, Chiroqchi tumani maktablarida tashkil etilgan to‘garaklar e’tiborga loyiq ishlami amalga oshir- moqda. Bu maktablarda to‘garak va klub hayoti qaynaydi. Ota-ona- lar maktabning doimiy mehmoni, ular o‘quvchilar ko‘rgazmala- rida, kechalarida ishtirok etadilar. 0 ‘z bolalarining qanchalik mazmunli va qiziqarli hayot kechirayotganliklarini ko‘radilar. Dam olish va ta’til kunlarida bolalaming bo‘sh vaqtlari qanday tashkil etilganligi, ular qanday tarbiyalanayotganligi, dam olish, baynalmilal do‘stlik klublari, o‘quvchilar ilmiy jamiyatlari va to‘garaklari qanday ishlayotganligi bilan tanishadilar. Kuni uzaytirilgan guruh, sinflar va maktab-intematlarga jalb qilingan o‘quvchilarning hammasi ham uy ishlarini bajarishga o‘rgangan bo‘lavermaydi. Shu sababli guruhdagi bolalar bilan bo‘sh vaqtlarda ijtimoiy-foydali mehnat va uy-ro‘zg‘or ishlari haqida suhbatlar, amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazib turish maqsadga muvofiqdir. Bekobod tumanidagi 12-maktabning ilg‘or, tajribali o'qituvchilari o‘quvchilar bilan «Tozalik — salomatlik garovi», «Navbatchining vazifalari», «Hamma joyda tozalik uchun kurashaylik» kabi mavzularida suhbatlar o ‘tkazib turadilar. Bundan tashqari «Sinf xonamiz — o ‘z xonamiz», «Tugma qadash», « 0 ‘z joyini yig‘ishtirish» kabi mavzularda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilishi natijasida tarbiyalanuvchilar o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish malakalariga ega bo‘ladilar. Buning tarbiyaviy ahamiyati shundaki, u bolalarni ijtimoiy-foydali ishlarga 192 tayyorlash bilan birga, ulami axloqiy ruhda tarbiyalashda ham muhim vositadir. 0 ‘quvchilarning maktab hovlisini, tevarak- atrofni supurib-sidirishi, suv sepishi, ariqlami tozalashi, sinflar- ni yig‘ishtirishi, deraza, eshik va pollami yuvishi, maktab gulzori va atrofdagi o‘simliklarni parvarish qilishi kabi yumushlarning tarbiyaviy roU juda ham katta. Xalqimizda «bola yoshidan» degan naql bor. Yoshlar, xususan, qizlar bichish-tikish, ovqat tayyorlash ishlarini yaxshi bilishlari uchun ularga shu ishlarni bolaligidan o ‘rgata borish lozim. Bichish-tikishning dastlabki elementlari I—III sinflarda o‘rgatib boriladi. Bunda tarbiyachi qizlarga dastlab igna bilan muomala qilishning yo‘l-yo‘riqlarini ko‘rsatadi. Bu jarayonda oddiydan murakkablikka qarab borish tamoyiliga amal qilinadi. Albatta, biz yuqoridagilami barcha maktablarda tatbiq qilish majburiy deb ayta olmaymiz, lekin ulardan o‘zlari uchun kerak- lilarini olib, o‘z maktablari sharoitiga moslashtirsalar foydadan xoli bo‘lmaydi. Tarbiyachi o‘tkazilayotgan har bir tadbiming muvaffaqiyatli yakunlanishiga javobgardir, chunki u har bir ishda sezdirmagan holda o‘quvchilarga yordam beradi. Ayniqsa, bo‘sh vaqtni ko‘ngil- dagidek o'tkazishda klublar faoliyati salmoqlidir. Toshkent uy boshqarmalari huzuridagi bir qator klublarga bolalar jalb etilgan. Masalan, Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi 157-maktab, Olim Xo‘jayev nomli mahallada o‘quvchilaming yig‘ma guruhlari asosida maktab klubi tashkil qilingan. Keyinchalik bu klubning faoliyati hamma sohalarda keng avj olib ketdi. «Kamalak» tashkiloti va «Kamolot» YIH hamda mahalla jamoatchiligining yordami bilan klub ancha ishlarni amalga oshirdi. « 0 ‘quvchi, sening bo‘sh vaqting», «Bir onning qadri», «Vaqtingni va yosh- ligingi qadrla» kabi mavzularda bir qancha suhbat va munozaralar uyushtirdi. Ularda bir daqiqa ichida bajariladigan ishning qim- mati, uning ma’naviy va tarbiyaviy ahamiyati ishonarli misollar yordamida bayon etildi. 0 ‘tkazilgan shu munozarada o‘quvchilar vaqtga nisbatan to‘g‘ri munosabatda bo'lishni, vaqtni bekor o‘tkazmaslik zarur- ligini bilib oldilar. Ayniqsa, keksalaming, mehnat faxriylarining suhbatlari samarali bo‘ldi. Shunday qilib, o‘quvchilaming darsdan tashqari vaqti katta ijtimoiy-pedagogik qimmatga egadir. Bu vaqtda ular faqat dam 7 - 1931 193 olibgina qolmay, balki o‘zlarining o‘quv doirasidagi bilimini, madaniy saviyalarini takomillashtiradilar. Bundan tashqari bolalar jamoat topshiriqlarini bajarishlari yoki oila a’zolariga yordam- lashishlari mumkin. Ma’lum bo‘lishicha, o‘quvchilaming darsdan keyingi bo‘sh vaqtining samarali o‘tishi va maqsadga muvofiq bo‘lishi mak tabning sharoitiga, undagi tarbiyaviy ishlaming holatiga, «Kama- lak» va «Kamolot» YIHning faoliyatiga, sport va maktabdan tashqari tarbiya muassasalarining ishlariga bog‘liq ekan. Tadqiqotlarimizning natijasida shu narsa aniqlandiki, 77—85 foizgacha bo‘lgan o‘quvchilar har kuni bo‘sh vaqtining 40 daqi- qasini, shanba va yakshanba kunlari esa 1 soat-u 40 daqiqasini badiiy kitob o‘qish uchun sarf qiladi, 35 foiz o‘quvchilar bo‘sh vaqtini to‘garaklarda va har xil klublarda o‘tkazadilar. 0 ‘quvchilaming bo‘sh vaqtini uyushtirishda o‘quvchi uchun zarur bo‘lgan foydah mashg‘ulotni o‘qituvchi yoki tarbiyachi tan- laydi, unga esa jamoat tashkilotlari va oila yordam beradi. Biroq, o‘quvchilaming har tomonlama rivojlanishi faqat maktabda yoki bo‘sh vaqt jarayonida emas, balki axloqiy va ma’naviy fazilatlarga asos solinadigan oilada ham amalga oshadi. Basharti oilaga axloqsizlik, nopoklik, o‘g‘rilik, yulg‘ichlik illatlari aralashsa, shu oilada o‘sayotgan bolaning axloqiy va ma’naviy tarbiyasida xunuk hodisalar ro‘y berishi turgan gap. Yosh avlodni ma’naviy-axloqiy ruhda tarbiyalashning hozir gi bosqichida oilaning tarbiyachilik funksiyasi bilan bog‘liq vazifalar beqiyos darajada o‘zgaradi va kengayadi. Oila bolaning m a’naviy o ‘sishi, fuqarolik sifatlari, dunyoqarashi, e ’tiqodi, mehnatga va o‘z vazifalariga munosabati kabi fazilatlari uchun jamiyat oldida javobgardir. Oila bolaning birinchi tarbiyachisi, ayni vaqtda maktabning ham eng birinchi, eng yaqin, faol yordamchisidir. Ijtimoiy tarbiya bilan oiladagi tarbiyani birga qo‘shib olib borishning ahamiyati nihoyatda kattadir. Har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalashda maktab va oilaning birgalikdagi roli benihoya kattadir. Jamiyatimizda bola tarbiyasi har bir o‘qituvchi va ota-onaning jamiyat va davlat oldidagi ijtimoiy burchidir. Maktab tarbiyasi bilan oila tarbiyasi tarbiyada bir-biriga uzviy bog‘langan yagona bir jarayondir. Oilalar bilan dastlabki tanishishimiz ularning turmush tarzi, hayoti, ota-onalaming pedagogik iqtidori, ya’ni oilaning tarbiyada Download 115.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling