K. hoshimov kuni uzaytirilgan guruhlarda ta
Download 115.68 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshlang‘ich sinflarda o‘zini-o‘zi boshqarish.
- Mehnat faoliyati va o‘z-o‘ziga xizmat qilish.
- Birinchi bosqichda
- Ikkinchi bosqichda
203 lantirib boradi. Bu ishda bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga o‘tish jarayoni amalga oshadi. «Kamolot» a’zolari o‘zlariga o‘rinbosar tayyorlaydi. «Kamalak» a ’zolari bilan ishlashning muhim elementlaridan biri — guruh yig‘ilishi hisoblanadi. Birinchi sinfda quyidagi mavzularda yig‘ilish o‘tkazish mumkin: «Kundalik rejim bizning do‘stimiz», «Biz o ‘z kitob va daftarlarimizni ozoda tutamiz», «Qo‘shiq — hamrohimiz», «Kim yaxshi chizadi?» va hokazo. Ikkinchi sinfda «Yaxshi ishlash uchun, yaxshi o‘qish kerak», «Do'stlik — bizning ahdimiz» mavzularida yig‘ilish o‘tkaziladi. Uchinchi sinfda yig‘ilish mavzusi ko‘lami kengayadi: «Kama lak» yoshlari — mustaqil mamlakatda», «Mehnat insonni ulug‘- laydi». To‘rttinchi sinf uchun «Do‘stlik har narsadan aziz», «Va- tanni mehnat bilan sharaflaydilar» kabi mavzularda yig‘ilishlar o'tkazish tavsiya qilinadi. Rejaga muvofiq konsert dasturini tayyorlashda, sport o‘yin- larini tashkil etishda, ekskursiya va sayohat uyushtirishda «Ka malak» a’zolarining vazifalari belgilab olinadi. Shuningdek, rejada ertaliklar mavzusi va ularni o‘tkazish tartibi, tarixiy sanalarga bag‘ishlangan yig‘ilishlami o‘tkazish borasida qilinadigan ishlar ham ko‘rsatiladi. «Kamalak» yig‘ilishi o‘quvchilarda faollikni oshirish, musta qillik ko‘nikmalarini takomillashtirish bilan birga ijtimoiy-siyosiy qiziqishni oshiradi. Yig‘ilishni suhbat, ommaviy o‘yin, diafilm tomosha qilish, badiiy o‘qish tanlovi, plastilin yoki qog‘ozdan yasalgan narsalar ko‘rigi kabi shakllarda uyushtirish mumkin. Bunda, albatta, o‘quvchilaming psixologik va yosh xususiyatlari nazarda tutiladi. Yig‘ilish quyidagi qismlarga ajraladi: kirish so‘zi, rejalashti- rilgan mavzuda suhbat, «Yulduzchalar» bajargan topshiriqlami baholash, yig‘ilishni yakunlash. Yig‘ilishning asosiy qismini suhbat tashkil etadi. U ko‘rgazmali bo‘lishi kerak. Suhbat, asosan, 10—15 daqiqaga, bolalar faol ishtirok etsa, 20—25 daqiqaga mo‘ljallanishi mumkin. Yig‘ilish ta’sirchanligini oshirish uchun diapozitiv, fotosuratlar, badiiy asarlardan, sitatalardan foydalaniladi. Yig‘ilish kelgusi yig'ilish mavzusini e’lon qilish va unga qanday tayyorgarlik ko‘rishni tushuntirish bilan tugaydi. Yig‘ilish ko‘pi bilan bir astronomik soatdan oshmasligi kerak. 204 Bayroq va uning bo‘lagi haqida hikoya qilish, «Kamalak»ni tantanali va’dasining hamda qoidalarining ma’nosini tushuntirish, «Kamalak» tashkiloti o‘z a’zolari oldiga qo‘yadigan talablar haqida emotsional va obrazli shaklda hikoya qilish yosh avlodlarda havas uyg'otadi. 0 ‘n yoshga to‘lgan va «Kamalak» safiga kirishni istagan har bir bolani «Kamalak» a’zosi bo‘lishini, awalo, eng yaxshi o‘rtoq- lari, «Yulduzcha» a’zolari ma’qullashlari kerak. Bu esa «Yulduz- cha» yig‘ilishida ko‘rib chiqilishi lozim. Bunday yig‘ilishni tayyorlashga tarbiyachi, yetakchi yordam beradi. Biroq, tarbiyachi yoki yetakchi bolalarga o‘z fikrini, so‘zini o‘tkazishga harakat qilmay, bolalar o‘rtasida talabchan va haqiqiy do‘stona vaziyatni yaratishga intilishi lozim. Muhimi, bolalarning qanday o'qishi yoki o‘zini qanday tutishigina emas, balki o‘rtoqlariga, kichkintoy va kattalarga qanday munosabatda ekanligiga, jamoat topshiriqlarini qanday bajarishiga, «Yulduzcha» va guruh hayotida qanday qatnashishiga baho bera olishlarini tashkil qilish talab qilinadi. Har bir nomzod alohida-alohida muhokama qilinadi va uning uchun ovoz beradilar. Bu tadbir bolada o'zining «Kamalak» tashkiloti a’zosi ekanligidan faxrlanish va mas’uliyat hissini paydo qiladi. Maktab-intemat (imkoniyat bo‘lsa), kuni uzaytirilgan guruh larda shu tantanaga ota-onalar awaldan taklif etilishi kerak. Tantananing qayerda o‘tkazilishi maktab «Kamalak» tashkiloti kengashida hal qilinadi. Bayram tantanasini maktabda, 0 ‘quv- chilar saroyida, muzeyda, maktabni otaliqqa olgan tashkilotlarda o‘tkazish mumkin. Yuqorida zikr qilingan tadbirlar bolalarning g‘oyaviy-siyosiy tarbiyasiga samarali ta’sir ko‘rsatadi. Boshlang‘ich sinflarda o‘zini-o‘zi boshqarish. Ta‘lim jarayo nida o‘quvchilarni o‘zini-o‘zi boshqarish ko‘nikmalarini hosil qilish awaldan o‘zini oqlab kelgan va shunday bo‘lyapti. Olim- lar yaratgan asarlarda ham o‘zini-o‘zi boshqarishning foydah ekani ilmiy nuqtayi nazardan isbot qilingan. Maktab-internat, kuni uzaytirilgan gumhlarda o‘quvchilarning o‘zini-o‘zi boshqarish ishi, uning tashkiliy masalalari o‘ziga xos spetsifik xususiyatlarga ega. Shuningdek, boshlang‘ich sinflarda o‘zini-o‘zi boshqarish ning mazmuni va formasini belgilash muhim hisoblanadi. Ma’ lumki, o‘quvchilar ertalab soat 900 dan kechqurun 1800 gacha maktabda bo‘ladilar. Ular ovqatlanadilar, uxlab ham oladilar va 205 bo'sh vaqtlarda o‘ynaydilar. Sinf xonasi, o‘yin xonasi va uyqu xonalari ulaming ixtiyorida. Ulami jihozlash, ozoda tutish, gullar parvarish qilish kabi ishlarda o'quvchilaming o‘zlari faol ishtirok etishi zarur. Bu xonalarda navbatchilik qilish, yumushlarni bajarish, bajarilgan ishga baho berish guruh ixtiyoriga berilishi kerak. So'zsiz, bu ishlaming hammasi tarbiyachining faol nazorati ostida olib boriladi. Pedagog doimo guruh faolini har bir o'quvchining ijtimoiy topshiriqni bajarishiga real baho berishga undab borishi kerak. Shu jumladan, bolalar mehnati muhokama qilinganda uning axloqiy tomoniga: burch, e’tiqod, javobgarlik, fuqarolik, rostgo‘ylik kabilarga o‘quvchilar e’tibori qaratiladi, vaqti-vaqti bilan bu mavzularga oid qiziqarli suhbatlar uyushtirib boriladi. Uchinchi sinflarda chiqariladigan devoriy gazetalarda yoki maxsus fotostendlarda ijtimoiy mehnatda, sinfni boshqarish- da, sinf xo‘jalik ishlariga doir topshiriqni bajarishda o‘rnak ko‘rsatgan bolalar faoliyati aks ettirilishi kerak. 0 ‘zini-o‘zi boshqarishning to‘g‘ri yo‘lga qo'yilishi sinf yoki guruh faolini tanlashga ko‘p tomonlama bog'liqdir. Ayrim maktab-internatlarda sinf boshlig‘i etib, uning o'qishidan qat’i nazar, jismonan kuchli, hammadan «zo‘r» bolani tayinlaydilar. Bunday qihsh mutlaqo xato. Sinf yoki guruh faoli qilib intizomli, o‘qishi yaxshi, obro‘li va, eng muhimi, tashabbuskor bolani saylashga erishish maqsadga muvofiqdir. Faol doimo o‘z sinfi yoki guruhi oldida turgan vazifanigina bilib qolmasdan, u umummaktab jamoasi, obrazh qilib aytganda, qanday nafas olayotganini, uning yutuq va kamchiliklarini yaxshi bilishi lozim. Bu o ‘zini-o‘zi boshqarish ishini to ‘g‘ri yo‘lga qo‘yishga yordam beradi. Masalan, maktablarda har yil aprel oyida bir oylik ko‘kalamlashtirish va sanitariya kunlari o‘tkaziladi. Har bir sinf yoki guruh o‘z imkoniyatini hisobga oUb, o‘sha ishga nima bilan hissa qo‘shishini hisobga oladi, uni sifatli va o‘z vaqtida bajarishga harakat qiladi. Bu tashabbusni muhokama qilishni, har bir jamoa o‘z vazifasini belgilashni sinf yoki guruh faoliga topshirish lozim. Chunki o‘zlari qabul qilgan qarorni o‘zlari sifatli va astoydil bajarishga urinadilar. Sinf boshlig'i bajarilgan ishlar haqida muntazam hisobot beradi. Tarbiyachi, awal ta’kidlaganimizdek, boshlang'ich sinflarda o'quvchilaming sinfda, o‘yin xonasida va oshxonada navbatchilik qilishiga alohida e’tibor berishi kerak. Navbatchilik qoidalari 206 o‘quv yili boshida jamoa o‘rtasida o‘rganilib, ular tomonidan qabul qilinadi. Har bir navbatchi uchun daftar-jumal tashkil qilinib, unga kechikib kelish yoki boshqa sodir bo‘lgan umumiy qoidaga xilof ishlar ko‘rsatiladi. Jumaldagi yozuvlar vaqti-vaqti bilan sinf yoki guruh majlisida muhokama qilinadi. Bu o‘rinda tarbiyachi daftarda qayd etilganlarning realligini, uning sodir bo‘lish sabablarini o'rganib, unga nisbatan o‘z munosabatini majlis vaqtida o‘quvchilarga bayon qilishi mumkin. Buning tarbiyaviy ahamiyati juda katta. Har o‘quv yili oxirida o‘zini-o‘zi boshqarish ishiga yakun yasash kerak. Sinf boshlig‘i, o‘quv-xo‘jalik, tozalik bo'yicha komissiyalar qilingan ishlar haqida jamoa oldida hisobot beradilar. Ma’lumki, kichik maktab yoshidagi bolalar rag‘batlanishni yaxshi ko‘radi. Shuning uchun tarbiyachi, maktab o‘quvchilar qo‘mitasi- ning vakih yakun vaqtida qilingan yaxshi ishlami alohida ta’kid- lasMari, o‘quvchilaming tashabbusi va faolligi uchun minnatdor- chilik bildirishilari kerak. Kamchiliklami esa pedagogik taktikaga asoslangan holda tahlil qilish lozim. Aks holda faol a’zoligiga saylash uchun bolalar roziligini olish qiyin bo‘ladi. Maktabda o‘zini-o‘zi boshqarish ishini yaxshilash amalda joriy etilayotgan «Kadrlar tayyorlash milhy dasturining asosiy yo‘na- lishlari»da alohida qayd qilinadi. Chunonchi, unda 0 ‘quvchi laming ta’lim sifatini yaxshilashdagi rolini oshirish, mehnat va o‘quv intizomini takomillashtirishga erishish, ulaming ijtimoiy faolligini ta’minlash, o‘zini-o‘zi boshqarish ishini yo‘lga qo‘yish bilan amalga oshiriladi, deyilgan. Xulosa qilib aytganda, o‘zini-o‘zi boshqarish ishi nafaqat bugungi ta’lim-tarbiya ishi samaradorligini oshiradi, balki ertangi jamoatchi, tashabbuskor kishini voyaga yetkazadi. Mehnat faoliyati va o‘z-o‘ziga xizmat qilish. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mehnat faoUyati turli xil mehnat qurollari bilan tanishish, ulardan foydalanish malakasining shakllanishi hamda ularda mehnatning sodda shakllarini bajarish ko‘nikmasini paydo bo‘lishiga qaratiladi. 0 ‘quvchilar shaxsining shakllanishida mehnat faoliyati to‘g‘ri tashkil qilinsa, o‘quv jarayonida berilgan ta’lim materiallari kunning ikkinchi yarmidagi mashg‘ulotlar bilan mustahkamlanadi. Bola darsdan tashqari yana 5 soat maktabda bo‘lar ekan, bu vaqtning anchagina qismini bolalaming mehnat faoliyatini uyushtirish uchun sarf qilish mumkin. Tarbiyachi 207 bolalami mehnat faoliyatiga jalb qilar ekan, u albatta bolaning xarakterli xususiyatini, ya’ni o‘z mehnatining oqibatini ko‘rishga oshiqishi, o‘z mehnatidan rohatlanishini, mehnatning foydali ekanini his qilish kabilami hisobga ohshi kerak. 0 ‘qishlar o‘zbek tihda bo‘lgan maktab o‘quvchilarida mehnat ko‘nikmasi anchagina shakllangan bo‘lsa ham jamoaviy mehnat qilish, o‘z oldilariga maqsad qo‘yish, vaqtni to‘g‘ri taqsimlash, qo‘l kuchidan to‘g‘ri foydalanish kabilarda malaka yetarli emas. Shuning uchun tarbiyachi bolalarda jamoaviy mehnat qilish, o‘ziga topshirilgan ishga astoydil, vijdonan munosabatda bo'lish xislatlarini tarbiyalashga urinadi. 0 ‘quvchilarning mehnat fao- Uyatiga rahbarlik qilish uch bosqichda amalga oshiriladi: mehnatga tayyorlash, mehnat jarayonini tashkil etish va mehnatga yakun yasash. Birinchi bosqichda mehnat maqsadi bayon qilinadi, bolalar mehnat qurollari, qilinadigan ishlar, yagona mehnat qonun- qoidalari, mehnatni hisobga olish, kuzatish va yakunlash kabilar bilan tanishtiriladi. Ikkinchi bosqichda mehnat jarayoni boshlanadi. Tarbiyachi bo lalarda halol mehnat qiUshga intilish, mehnat natijasining yaxshi bo‘lishiga erishish istagini uyg‘otadi. Masalan, maktab hovlisini tozalash bir sinf yoki guruh zimmasiga tushdi, deylik. Tarbiyachi bolalarga maktab hovlisi toza bo‘lsa, uning chiroyiga chiroy qo‘shilishi, unda odamlar yurib quvonishi, ularning bolalar mehnatidan mamnun bo‘lishi, ularga minnatdorchilik bildirishi haqida tushuntiradi. Yoki, o ‘quvchilar o ‘zlari uchun o ‘yin maydonchasini jihozlashi kerak, deylik. 0 ‘yin maydonchasining har tomonlama ko‘ngildagidek bo‘lishining mohiyatini bola tushunsa, bolada bu mehnatga ishtiyoq, qiziqish uyg‘onadi. Tarbiyachi bolalarga mehnat turlarini taqsimlar ekan, ular mehnatidagi bir-biriga bog‘liqlik, mehnatining sifatU bo‘lishi zarur ekanhgi ongiga yetkaziladi. Bu esa bolada javobgarlikni his qilish- ga, jamoaviy mehnat ko‘nikmasining shakllanishiga olib keladi. Sinf yoki guruh o‘quvchilarini guruhchalarga taqsimlab yumush bilan shug‘ullantirish ham bolada vazifani jamoa bo‘lib yechishga o‘rgatadi. Butun mehnat jarayoni sinf yoki gumh faoli rahbarligida tashkil qilinishi, ayrim vazifalarni o‘quvchilar jamoasi hal qilishga imkoniyat yaratilishi kerak. Lekin, bu tarbiyachi o‘sha jarayonga 208 mutlaqo aralashmasligi kerak degan so‘z emas. Tarbiyachi mehnat jarayonining boshidan oxirigacha rahbarlik qiladi, kerakli o‘rinda maslahat beradi. Bolalar mehnatini tashkil qilishda asosiy tarbiyaviy rolni uchinchi bosqich o ‘ynaydi. Tarbiyachi bolalarning mehnat faoliyatiga yakun yasaydi. Bajarilgan ishning sifati tahlil qilinadi. Bunda, eng muhimi, bolaning mehnatga munosabati, mehnat jarayonida bir-biri bilan samimiy aloqasi, o‘zaro yordamlashish kabilar ustida ko‘proq to‘xtash kerak. Topshirilgan ishni kuchi yetmaganidan yoki uquvi yo‘qligidan sifatsiz bajargan bolalar ustidan kulishga yo‘l qo'yish mumkin emas. Mehnatdagi jamoaviyUk, o‘rtoqlik munosabati, mehnatning yaxshi oqibati, foydaliligi bolada eng olijanob xislat — mehnatsevarlikni shakllantiradi. Boshlang‘ich sinflarda o ‘quvchilarning mehnat faoliyatini tashkil etish jarayonida kasb tanlash masalasining hal etilishiga alohida e’tibor berish kerak. Ma’lumki, kasb tanlash haqidagi tushunchaning kurtaklari o‘quvchida maktabgacha davrda paydo bo‘ladi. Tarbiyachi esa buni hisobga olib, birinchi sinfdan boshlab bolalarga kasb, uni xilma-xil ekanligi, har bir kasbning o‘ziga xos xususiyatlari mavjudligi haqida hikoya qila boshlaydi. Xususan, kasb tanlash haqidagi ma’lumot sayohat bilan birga bog‘lansagina ta’sirchan bo‘ladi. Sayohat kishilar mehnatining xarakterini, mohiyatini ochib beradi va bolani psixologik tomon- dan mehnat faoliyatiga chorlaydi. Deylik, non zavodiga sayohat uyushtirildi. Bolalar juda katta qiziqish bilan u yerda ishlaydigan kishilaming mehnatini kuzatadilar. Bir qator bajarilgan opera- tsiyalar tufayli oddiy undan tayyor bo‘lgan turli xil non va boshqa un mahsulotlarini ko‘rib hayron bo‘ladilar. Sayohat yakunida nowoylardan biri mehnat faoliyati haqida hikoya qiladi. Kasb haqidagi bu bahs-suhbat ekskursiyadan keyin maktabda davom ettiriladi. Natijada bolalarning ayrimlarida nowoy bo‘lish orzusi paydo bo‘lishi mumkin. Demak, bolalar bilan turli ishlab chiqarish korxonalariga, qurilishlarga, zavod va fabrikalarga, ferma va avtokorxonalarga ekskursiyalar uyushtirish, kasb tanlashga yo‘llashda katta ahamiyat kasb etadi. Qishloq joylarida yashayotgan bolalar, asosan, qishloq xo‘jaUgiga doir joylarga olib boriladi. Shuningdek, tuman, viloyat 209 markazidagi turli korxona, muassasa va tashkilotlarga, muzey- larga, o‘rta-maxsus va oliy o‘quv yurtlariga sayohatlar uyushtirish yanada katta ahamiyatga ega. Bunda tarbiyachi, birinchidan, bolalaming dam olib hordiq chiqarishiga, ikkinchidan, darsda olgan bilimlarini mustahkamlash va kengaytirishga, uchinchidan, mehnatsevarlik, kasb tanlashga to ‘g‘ri munosabatda bo'lish malakalarini hosil qilishiga erishadi. Bolalaming mehnatga qiziqishini uyg‘otish o‘zini-o‘zi bosh- qarish ishida katta ahamiyat kasb etadi. Xususan, mehnat xonasi, «Mohir qo‘llar» to‘garagi mashg‘uloti, mehnat ta’limi darslari shu dolzarb muammoni hal qilishga yordam beradi. Shuning uchun mehnat xonasi, uning jihozlanishiga o'qituvchilar, tarbiyachilar alohida e’tibor beradi. 0 ‘quv xonasida mehnat ta’limi darsi va to‘garak mashg‘uloti uchun qulay sharoit yaratiladi. «Mohir qo‘llar» to‘garagi ham mehnat faoliyatini faollashti- rishga ko‘maklashadi. U maktab sharoitini hisobga olgan holda haftaning xohlagan kunida bir marta bir astronomik soat davomida o‘tkaziladi. Tarbiyachi bu sohadagi bir yillik to‘garak dasturini maktab moddiy bazasi imkoniyati doirasida 32 mash- g‘ulotga mo‘ljallab tuzadi. Birinchi, ikkinchi va uchinchi sinfda o‘tkaziladigan to‘garak mashg‘ulotlari bir-biridan biroz farq qilishi kerak. Birinchi sinf bolalari ko'proq ixtiyoriy mashqlar bilan shug‘ullanishni yaxshi ко‘rad i. Shuning uchun bu sinfda mashg‘ulot o‘quvchilaming qiziqishiga qarab o‘tkaziladi. Masalan, plastilindan biror predmet yasash kerak bo‘lsa, bunda har bir bolaning xohlagan narsasini yasashiga ijozat berish kerak. Shunda bola faoliyati faollashadi. Ikkinchi, uchinchi sinflarda to‘garak mashg‘ulotlariga bo‘lgan bolalar munosabati anchagina mustahkamlangan bo‘ladi. Ular shunchalik odatlanadilarki, tarbiyachining ayrim shartlariga ham rozi bo‘ladilar. Tarbiyachining reja-konspektida mashg‘ulot mavzusi, mazmu- ni, maqsad to ‘liq aks ettiriladi. Bu reja-konspekt ma’muriyat tomonidan xohlagan vaqtda tekshirilib, tasdiqlanishi mumkin. Mashg‘ulotda karton, qog‘oz, plastilin, cho‘p bilan ishlash, bichish-tikish mashqlari, qishloq xo‘jaligi ishlari bilan shug‘ulla- nish tavsiya etiladi. Yana bir bor ta’kidlaymizki, bularning barchasi mehnat ta’limi dasturiga mos bo‘lishi kerak. 210 To‘garak mashg‘uloti samaradorligini oshirish uchun maktab ma’muriyati turli xil tadbirlar o‘tkazadi. Shulardan biri — o‘quv уШ davomida ikki marta «Mohir qo‘llar» ko‘rigi (ko‘rgazmasi)ni o‘tkazish. Bunda o‘qituvchi va o‘quvchilar valdllaridan hakamlar hay’ati tayinlanadi. Ko‘rgazma bir hafita davom etadi. Hakamlar hay’ati a’zolari hafla oxirida yakun yasab, 1-, 2-, 3-o‘rinlami guruhlarga hamda yakka o‘quvchilarga berish yuzasidan qaror chiqaradilar. G ‘olib guruhlar va o‘quvchilar maktab ma’muriyati tomonidan taqdirlanadi. Maktab-intematlarda hamma boshlan- g‘ich sinflar, umumiy ta’lim maktablarida esa barcha boshlang‘ich sinf, o‘quv kuni uzaytirilgan guruhlar ishtirok etadi. Bunday ko'rgazmalar «Mohir qo‘llar» to‘garagi ishini yanada samarali bo‘lishini ta’minlaydi. Uning natijasi o‘quvchilamigina emas, balki tarbiyachilar va ota-onalami ham qiziqtiradi. Ular kelgusi ko‘rgazmalarda faolroq ishtirok etishga harakat qiladilar. Bu kabi ko‘rgazmalarni har o‘quv yihda bir marta tuman yoki shahar miqyosida ham o‘tkazish mumkin. Unda maktablar ko‘rgazma- larida g‘olib chiqqan sinf va guruhlar ishtirok etadilar. 0 ‘quvchilarda mustaqillikning shakllanishida, asosan, o‘quv mashg‘ulotlari katta rol o‘ynaydi. Lekin o‘z-o‘ziga xizmat qilish ham bunga ta’sir ko‘rsatmasdan qolmaydi. Ammo kichik maktab yoshidagi bolalami o‘z-o‘ziga xizmat qilish ishiga odatlantirish o‘ziga xos qiyinchiliklarga ega. Bu ishning samarali bo‘lishiga erishishda quyidagilarga e’tibor berish talab qilinadi: tarbiyachi o‘quv yiU boshida bolalar bilan suhbat o'tkazib, ulaming uyda qanday ish bilan shug‘ullanishini, ulaming ishiga kim rahbarlik qilishi yoki yordam berishini, maktabda qanday yumushni qilmoqchi ekanliklarini aniqlab oladi. Eng muhimi, uyda va maktabda har bir o‘quvchining o‘zi o‘tirgan joyi, ust-boshini, ovqatlanish о‘mini qay holatda tuta olishini kuzatish zarur. Uyda va yotoqxonalarda (maktab-internatlarda) karavot, pollami o‘z vaqtida artib turish, ко‘ф а va choyshablami taxlab qo‘yish, ust-boshlami yechinganda ehtiyot qihb taxlash kabi ishlar tarbiyachi tomonidan kuzatiladi. Kerak bo‘lsa, bunga e’tibor bermaydigan bolalarga o‘rgatib boriladi. 0 ‘quvchilarning bu ishlarni uyda ota-onalari nazoratida bajarishlarini ota-onalar yig‘ilishida ta’kidlanadi. Bir maktabdagi ikki kuni uzaytirilgan guruhda ikki xil holatni tahlil qilib ko‘raylik. Birida bolalar sochi taralgan, tugmalari 211 qadalgan, usti-boshlari toza. Ikkinchisida esa, bu darajada emas. Nega bunaqa? Suhbat natijasida ma’lum bo‘ladiki, birinchi guruhning o‘qituvchisi ham, tarbiyachisi ham bola bilan ishlash- dan oldin, ulardan o'zlarini tartibga solishni talab qiladi. Hatto, dastlabki vaqtlarda sochlari to‘zib keladigan qizlami sinf eshigi oldida to‘xtatib, pedagoglar o‘z taroqlari bilan ulami tartibga solib, keyin partaga o‘tirishga ijozat beradilar. Pedagoglaming bu ishi bolalami ortiqcha uyaltirish yo‘li bilan emas, ularga kishi doimo o‘ziga qarashi, o‘zini tartibga solib yurishi kerakligini tushuntirish bilan olib boriladi. Hatto, buni ota-onalar ham sezib, farzandlarini maktabga jo ‘natishdan oldin ularni kuzatadigan bo‘ldilar. Ma’lumki, 1986—87-o‘quv yilidan boshlab maktablarda ijtimoiy-foydali mehnat maxsus davlat dasturi asosida tashkil qilina boshladi. 0 ‘quvchilaming bu faoliyatiga rahbarlik qiladigan maxsus kishilar tayinlanadi. Ijtimoiy-foydali mehnatni bir chorak, yarim o‘quv yili yoki bir o‘quv yiliga mo‘Ijallab rejalashtirish mumkin. Kuzatishlar yarim o ‘quv yiliga m o‘ljallab tuzilgan reja yoki dasturning afzalligini isbotlamoqda. Quyida biz boshlang‘ich sinfga o‘quv yilining birinchi yarmi uchun rejalashtirilgan axloqiy-mafkuraviy va ijtimoiy-foydali mehnat tarbiyasi mavzusini namuna sifatida tavsiya etamiz. Download 115.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling