K. hoshimov kuni uzaytirilgan guruhlarda ta
Download 115.68 Kb. Pdf ko'rish
|
222 jalb etib borish zarur. Badantarbiya vositalari orasida gimnastika, harakatli o‘yinlar va sport yetakchi hisoblanib, o‘quvchilami badantarbiyalash tizimida asosiy gimnastika, gigiyenik gimnastika, sport gimnastikasi, yordamchi (davolash) gimnastika kabilar keng qo‘llaniladi. Asosiy gimnastikaning mazmuniga: saflanish, yurish, yugurish, sakrash, muvozanat saqlash, tirmashib chiqish va oshib o‘tish mashqlari kiradi. I—II sinflarda gimnastika hamda harakatli o‘yinlar asosiy o‘rinni egallab, III sinfdan boshlab akrobatika mashqlari, basketbol elementlari, tayanib sakrash, osilish o‘yinlariga keng o‘rin beriladi. Demak, sportning ba’zi bir turlari bilan tanishish III sinfdan boshlanadi. Bolalar yoshi kattalashib borgan sari material murakkablashib, sportning ayrim turlarini o‘rganish texnikasi va taktikasiga bo‘lgan talab ortib boradi. Harakatli o‘yinlar barcha sinflarda gimnastika darsiga va darsdan tashqari faohyatlarga kiritilib, ular o‘rganilgan gimnastika mashq- larini mustahkamlash vositasi sifatida qo‘llaniladi. Boshlang'ich sinflarda o ‘quvchilar sport gimnastikasining oddiy elementlari bilan shug‘ullansalar, davolash gimnastikasi orqali sog‘lig‘i va kuchini mustahkamlash nuqtayi nazardan shug'ullanadilar. Bolaning normal o‘sib rivojlanishida, organizmni harakatga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlashda gigiyenik gimnastikaning roli kattadir. Harakat tezligining ortishi bilan ulaming markaziy nerv tizimi funksional holati va ishchanlik qobiliyati yaxshilanadi. Badantarbiya soatining mazmuni tarbiyachining iste’dodiga, tarbiyachilik iqtidoriga bog‘liqdir. Bu mashg'ulotni turlicha o‘tkazish mumkin. Albatta, kichik maktab yoshidagi bolalaming imkoniyatini va yosh xususiyatini hisobga olib ish tutish lozim. Bularga quyidagi harakat turlarini kiritish mumkin: a) yurish : qo‘l, oyoq, gavdani har xil holatda harakatlantirish, maydoncha bo‘ylab, yo‘nalishni o‘zgartirgan holda sekin va tez yurish, oyoqlar uchida va tovonlarda yurish; b) sekin yugurish va tez yugurish : ishora bo‘lishi bilanoq vazifani darhol bajarish, yugurishni yurish bilan almashtirish, baland bo‘lmagan to‘siqlardan yugurib o‘tish, xari ustidan sakrab o‘tish va hokazo; d) sakrash: bir va ikki oyoqlab sakrash, turgan joyda, oldin- ga harakat qilib, arg‘amchida, halqada sakrash va hokazo; 223 e) to‘pni irg‘itish: kichik va katta to‘plami irg‘itib ilib olish, o‘quvchilar yuzma-yiiz turgan holda to‘pni bir-biriga irg‘itish, to ‘pni uzoqqa otish, har xil nishonga, savatchaga, haiqaga tushirish va hokazo; f) tirmashib chiqish, oshib o ‘tish: halqadan, narvonchadan, devordan oshib tushish, o‘yin maydonchasidagi to‘siqlardan oshib o‘tish va boshqalar; g) osilish, tayanib turish: tumikda, devorda va boshqa shun- ga o‘xshash narsalarda osilish, tayanib turish va hokazo; j) muvozanat saqlash mashqlari: to‘r chiziq ustidan, xaridan o‘tish, to ‘siqlarni narsasiz va narsa bilan oshib o‘tish, tortib qo‘yilgan arqon rezinka tasmalar ustidan odimlab o‘tish va hokazo; i) narsalar bilan mashq bajarish: to ‘plar, halqalar bilan halqalami dumalatish, halqalar ustidan sakrash, halqalami vertikal holatda aylantirish, gavda atrofida aylantirish, uzun va kalta arg‘amchilarda (har xil sakrashlar, joyda, harakatda bir va ikki kishi bo‘lib) mashqlar bajarish, bundan tashqari, qo‘l, oyoq, gavda, bosh bilan bajariladigan mashqlami turgan joyda, yurish paytida, ayrim o'yinlar (masalan, « 0 ‘rtoq komandir!», «Taqiq- langan harakat»)da bajarish mumkin. Shuningdek, harakatli o‘yinlar, saflanish, umumiy muskullami rivojlantiruvchi mashqlar (qarshilik ko‘rsatib yugurish, sakrash, to'siqlafdan oshib o‘tish), komandali va komandasiz o‘yinlar o‘tkazsa bo‘ladi. Yurish, yugurish, sakrash, irg‘itish, to ‘plar, tayoqchalar, bayroqlar bilan estafetalar o‘tkazish lozim. Sportga oid o‘yin- kulgilar, velosiped minish, badminton o‘yinining elementlari, voleybol, basketbol, futbol, bayroqchalar bilan sportga oid o‘yin- kulgilarni bajarish mumkin. Bularga badantarbiya soatining mazmuniga qarab tabiiy harakat turlarini, harakatli o‘yinlar va estafetalar, sportga oid o‘yin-kulgilami qo‘shish kerak. Badantarbiya mashg‘ulotlarining tuzilishini shartli ravishda uch qismga bo‘lish mumkin: I qism — tayyorlov qismi (10—15 daqiqa) o‘quvchilar o‘yin maydonchasiga kelishi bilanoq boshlanadi. Uning mazmuni saflanish, tarbiyachining tashkiliy ko‘rsatmalari, yurish va maydoncha bo‘ylab bir qatorda saf tortib, 300—500 metrgacha sekin yugurish, umumrivojlantiruvchi mashqlarni bajarishdan iborat. 224 Yurish va yugurish badantarbiya soati boshlanishida yurak- qon tomir va nafas olish a’zolarining faolligini va mashq qilish havasini oshiradi. II qism — badantarbiya soatining asosiy qismi bo‘lib, 30—40 daqiqa davom etadi, buni biz faol dam olish, deb atashimiz mumkin. U hamma sinflar uchun bir xil: harakatli o‘yinlar, sport an’analari, sportga oid o ‘yin-kulgilar va bolalaming o ‘zaro mustaqil bajaradigan harakatli o‘yinlari hamda sportga oid o‘yin- kulgilari va hokazo. Gumhlarda o‘tkaziladigan harakatli o‘yinlar va an’anaviy o‘yinlar bolalarga quvnoq kayfiyat, ruhiyat baxsh etishi kerak. Shunda ular sportning bir turidan ikkinchi turiga oson ko‘cha oladigan, kirishib keta oladigan bo‘ladilar. Asosiy qismidagi faol harakatlar esa epchillik, chaqqonlik, tezkorlik sifatlarini rivojlantirishga imkon beradi, bolalaming harakatlanish tajribasini boyitadi. Harakatli o‘yinlar haqidagi bilimlami to‘ldiradi. Bolalaming juft-juft bo‘lib yoki kichik-kichik guruhlarda mustaqil bajaradigan harakatli o‘yinlari va sportga oid o‘yin- kulgilar badantarbiyaga xos malakalarini oshirib, ulami shod- xurram qiladi, charchoqlarini yozadi va shu bilan yaxshi dam olishlarini ta’minlaydi. III qism — yakuniy qism (5—7 daqiqa). Yakuniy qismda bo- lalarning faol dam olishi tartibli ravishda yakunlanadi. Buni quyidagicha amalga oshirish mumkin. 0 ‘quvchilar umumiy safga turadi, maydoncha bo‘ylab erkin yuradi yoki diqqatni to‘plab olishga imkon beradigan mashqlar bajaradi. Badantarbiya mashg‘ulotlariga rahbarlik qilish. «Umumiy ta’- lim maktablari o‘quvchilarining badantarbiyasi to ‘g‘risida»gi qaroriga binoan badantarbiya soatini tashkil qilishga maktab direktori mas’uldir (1979-yil). Kuni uzaytirilgan guruh yoki sinfda badantarbiya soatini tarbiyachi tashkil qiladi va o‘tkazadi. Uning vazifasiga: dam olish o‘tkaziladigan joyni, o‘yin maydonchasini jihozlash, ya’ni sport asbob-anjomlarini tayyorlash va ulami saqlash, badantarbiya soatini o‘z vaqtida va to‘g‘ri o‘tkazish kiradi. Tarbiyachilarga badantarbiya soatini o‘tkazishda metodik yordamni badantarbiya o‘qituvchilari beradi. Bu yordam amaliy mashg‘ulotlar tanlash, ya’ni harakatli o‘yinlar, an’anaviy o‘yinlar, 8 - 1931 225 sportga oid o‘yin-kulgilar va shularga oid metodik ko‘rsatmalardan iborat bo‘ladi. Shuni alohida aytib o‘tish kerakki, badantarbiya soatini oddiy sayr qilishga aylantirib yuborish yaramaydi. Ayrim tarbiya- chilarning flkricha, bolalar o ‘ynayotgan paytda, ularning o‘yinlariga aralashilmasa, yaxshi dam olishar ekan. Bu aytarli to‘g‘ri emas. Ularga ortiqcha «erkinlik» berish ham xatodir. Bizningcha, tarbiyachilar bolalaming xulq-atvorini chetdan kuzatib turgandan ko‘ra, ular bilan qo‘shilishib yurgani yaxshi. Chunki tarbiyachining yetakchi о‘mi bo‘lmagan badantarbiya soatidan maktab o‘quvchilari unumli foydalana olmaydilar. Badantarbiya soatining samarali o‘tishi uchun tegishli joy, jihozlar, asbob-anjomlar va ular saqlanadigan joylar bo‘lishi kerak. Shuning uchun har bir guruhda har xil diametrdagi rezinka to‘plar, kalta arg‘amchi sakragichlar (20—25 ta), uzun arg‘amchi (5—10 ta), badminton uchun raketka (5—10 juft), kegli va g‘o‘lacha (5—6 komplekt), kichik samokatlar, har xil bayroq- chalar, barabanlar, bulavalar, hushtaklar, halqalar, shaxmat- shashkalar, voleybol, basketbol, futbol to‘plari bo‘hshi kerak. Xullas, kuni uzaytirilgan guruhlarda badantarbiya sport mashqlari va o‘yinlarining to ‘g‘ri tashkil qilinishi bolalaming jismoniy va aqUy jihatdan mukammal rivojlanishiga katta yordam beradi. Kuni uzaytirilgan guruhlarda badantarbiya daqiqasini o‘tka- zishning taxminiy majmuasi. Odatda, badantarbiya daqiqasi deb umumiy ta ’lim darslarida ish qobiliyatini oshirish hamda charchashni bartaraf etish maqsadida 2—3 daqiqa davomida ikki- uchta mashq o‘tkazilishiga aytiladi. Badantarbiya daqiqasi I—IV sinflarda dars paytida, kuni uzaytirilgan guruhlarda uyga berilgan vazifalami bajarish vaqtida o‘tkaziladi. 0 ‘qituvchilarning bajarayotgan ishlarini o‘zgartirib turish, ya’ni ularga mashg‘ulotlar orasida ikki-uchta badantarbiya mashqi bajartirish butun dars davomida ulardagi ishlash qobiliyatini oshirishga yordam beradi. Buning sababi shuki, asab qo‘zg‘ahsh o‘chog‘i miya po‘stlog‘ining boshqa joyiga ko‘chadi, ishlayotgan markazlarda esa, to‘xtash holati sodir bo‘ladi. Bu holda ulardagi tiklanish jarayoni tezlashadi va yaxshilanadi. Jismoniy mashqlar- dan keyin o‘sha to ‘xtash holati bo‘lgan joylarda qo‘zg‘alish 226 yanada kuchayib ketadi va biz o‘quvchilaming bo‘lingan ishni yana diqqat va faollik bilan davom ettirishga tayyor ekanliklarini ko‘ramiz. Bundan tashqari harakat qilish natijasida qon aylanishi yaxshilanadi, bu esa charchashni kamaytiradi. Badantarbiya daqiqalari o‘tkazish kichik maktab yoshidagi bolalarga anatomik-fiziologik xususiyatlari nuqtayi nazaridan yuqori sinflarga qaraganda ancha zarurdir. Bolalar dars vaqtida betoqat bo‘lib, haddan tashqari ko‘p harakat qilishlari, o‘tirgan joylaridan tez-tez turib ketishlari, gaplashishlari, orqalariga, yonlariga qarab-qarab o‘tirishlari, shovqin-suron ko‘tarishlari mumkin. Bundan tashqari gavdani to‘g‘ri tutib turuvchi yelka muskullari, bo‘yin, oyoqlar, zo‘riqish holatida bo‘ladi. Zo‘riqish o‘quvchini juda charchatadi, natijada uning muskullari asta-sekin bo‘shashadi, yelkasini chiqarib ko‘kragini partaga tirab, goh u qo‘liga, goh bu qo‘liga tiranib, yastanib o‘tiradi. Yozma ishlar vaqtida ba’zan qo‘llaming uvishib qolishi seziladi. Bularning hammasi charchashning dastlabki belgilaridir. Shu kabi ko‘rinishlarning hammasini badantarbiya daqiqalari o‘tkazib turish orqali yo‘qotish mumkin. Badantarbiya daqiqalari majmuasi, odatda, oddiy, bolalar bajara oladigan, murakkab harakatni talab qilmaydigan 3—4 mashqdan iborat bo‘ladi. Bajariladigan mashqlar orqali gavda muskulining ko‘p qismlariga ta’sir qilish, nafas olinishini yaxshilash, qon aylanishini kuchaytirish zarur. Buning uchun, asosan, kerishish, qadni rostlash, egilish, bukilish va hokazo mashqlardan foydalaniladi. Barmoqlar uvishib qolganda qo‘l va barm oqlar mashq qildiriladi. 0 ‘tirib-turish tipidagi mashqlar ham muhimdir, chunki ular ko‘p o‘tirish natijasida hosil bo'ladigan tohqishni yo‘qotishga yordam beradi. Masalan, yozma ishlar bajarilayotgan paytda badantarbiya daqiqasini parta yonida o‘tkazish yoki nazoratli ishlar yozdirila- yotganda o ‘quvchilarni ortiqcha harakatlantirmaslik uchun partada o‘tirgan holda o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Og‘zaki darslarda badantarbiya daqiqalarini partada o‘tirgan holda o‘tkazsa ham bo‘ladi, chunki bunday paytda o‘quvchilar erkin holda o‘tirib, o‘z gavdalari muvozanatini tez-tez o‘zgartirib turish imkoniga ega bo‘ladilar. 227 Odatda, mashg‘ulotlar majmuasi quyidagi tarzda tuziladi: birinchisi: kerishish, qadni rostlash turidagi, so‘ngra ikkita dinamik intensiv mashqlar va oxirgisi — osoyishta bajariladigan mashqlar- dir. Badantarbiya daqiqalarini o‘tkazish zarur va uning vaqti o‘qi- tuvchi tomonidan belgilanadi. Boslilang‘ich sinflarda badantarbiya daqiqalari mashqlarini o‘qituvchining o‘zi o‘tkazadi, shuning uchun u badantarbiya majmuasini yaxshi bilishi, uni amalda ko‘rsata bilishi va to ‘g‘ri bajarilishini kuzata olishi kerak. 0 ‘qituvchi shu majmuani o‘rgatar ekan, dastlab mashqlami o‘zi bajarib ko‘rsatishi lozim. Keyinchalik o‘quvchilar uni o‘rganib olganlaridan so‘ng takrorlaydilar. Mashq qilayotgan o‘quvchilaming erkin va chuqur nafas oli- shiga o'qituvchi alohida e’tibor berishi zarur. Ammo badantarbiya daqiqasi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan va metodik jihatdan to ‘g‘ri o‘tkazilgan taqdirdagina foyda keltirishi mumkin. Quyida darslar davomida o‘tkaziladigan «badantarbiya daqi qasi»1 uchun namunaviy mashqlar keltirildi. 1 K. Hoshimov, M. Normuhamedova, T. Usmonxo‘jayev. «Kuni uzaytirilgan guruhlarda tarbiyaviy ishlami tashkil etish» metodik qoilanmasidan olindi. — Т.: « 0 ‘qituvchi», 1991. 228 BADANTARBIYA DAQIQASI I S i П f 1-majmua (Partada o‘tirgan holatda bajariladigan mashqlar) 1-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar partaning qirrasiga qo‘yi- ladi. Bajarilishi: 1) o‘rindan turish; 2) dastlabki holatga qaytish. 2-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar belga qo‘yilgan. Bajarilishi: gavdani o‘ng tomonga burib, o‘ng qo‘lni tirsaklar bilan o‘tirgichning suyanchig‘iga tegizish; dastlabki holatga qaytish. 3-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar bosh orqasida, tirsaklami old tomonga qaratish: Bajarilishi: tirsaklar yon tomonga uzatiladi; egiladi; dastlabki holatga qaytish. 2-majmua (Partada o‘tirgan holatda bajariladigan mashqlar) 1-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar parta ustida. Bajarilishi'. qo‘llarni yuqoriga ko‘tarib kerishish; dastlabki holatga qaytish. 2-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar orqa suyanchiqning yoni- dagi o‘tirgichda. Bajarilishi: oldinga engashib, qo‘llaming uchini polga tegi zish; harakat qilish; dastlabki holatga qaytish. 3-mashq. Dastlabki holat: tirsaklar parta ustida. Bajarilishi: barmoqlami musht qilib tugish va yozish. 3-majmua (Partada orqasida turib) 1-mashq. Dastlabki holat: sherigiga orqa o'girib, qo‘llarni belga qo‘yib turadi. Bajarilishi: orqaga egilib, sherigining qo‘liga qo‘lini tegizish; dastlabki holatga qaytish. 2-mashq. Dastlabki holat; qo‘llar bosh orqasida. Bajarilishi: gavdani o‘ng tomonga burish; dastlabki holatga qaytish. Shuning o‘zini chap tomonga bajarish. 229 3-mashq. Dastlabki holat; to‘g‘ri va tik turish. Bajarilishi : asta-sekin qadam tashlab, o‘ng tomonga burilish. 4-majmua (Parta orqasida turib) 1-mashq. Dastlabki holat; qo‘llar belda, bosh barmoq oldiga qaratilgan. 2-mashq. Dastlabki holat; qo‘llar belga qo‘yilgan. Bajarilishi'. ikki marta o‘ng tomonga prujinasimon engashish; Shu mashqni chap tomonga to'xtatmasdan bajarish. 3-mashq. Dastlabki holat; qo‘llar bel orqasida. Bajarilishi : yarim cho‘kkalab o‘tirish; dastlabki holatga qaytish. 5-majmua (Parta yonida tik turgan holda bajariladigan mashqlar) 1-mashq. Dastlabki holat; oyoqlar yelka kengligida, qo‘llar yelkaga qo‘yilgan. Bajarilishi. oyoq uchida ko‘tarilish, tirsaklami yon tomonla- riga ko'tarish, dastlabki holatga qaytish. 2-mashq. Dastlabki holat; qo‘llar orqaga qo‘yilgan. Bajarilishi'. oyoq uchlarida cho‘kkalab o‘tirish, dastlabki holatga qaytish. 3-mashq. Dastlabki holat; qo‘llar yelkaga qo‘yilgan. Bajarilishi'. chapga engashish; dastlabki holatga qaytish; o‘ngga engashish; dastlabki holatga qaytish. 6-majmua 1-mashq. Dastlabki holat; to‘g‘ri va tik turish. Bajarilishi: barmoqlami tugish va yozilgan holida sekin-asta qo‘llami yuqoriga ko‘tarish, dastlabki holatga qaytish. 2-mashq. Dastlabki holat; qo‘llar bosh orqasiga qo'yilgan. Bajarilishi'. o‘ng oyoqni orqaga qo‘yish; dastlabki holatga qaytish. Shu mashqni chap oyoqda takrorlash. 3-mashq. Dastlabki holat; qo‘llar belga qo‘yilgan. Bajarilishi'. tizzadan bukilgan o‘ng oyoqni oldinga ko‘tarish, dastlabki holatga qaytish; shu mashqni chap oyoq bilan bajarishni takrorlash. 230 I l f s i n f 1-majmua (Partada o'tirgan holda bajariladigitfi mashqlar) 1-mashq. Dastlabki holat: qo'llar bosh/orqasida, barmoqlar birlashtirilgan. Bajarilishi : qo‘llarni yuqoriga Jko‘tari/feh va egilib qo'llarga qarash; dastlabki holatga qaytish. 2-mashq. Dastlabki holat: qo‘llai; bel^a qo‘yilgan. Bajarilishi: o‘rindan turib, partjadan chiqigh; dastlabki holatga qaytish. 3-mashq. Dastlabki hplat: qo‘Uar bilan orqh oMndiq ushlanib turiladi. Bajarilishi'. oyoqni oldinga uzatish; dastlabki holatga qaytish. 2-majmua (Partada o‘tirgan holda bajariladigan mashqlar) 1-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar parta ustida. Bajarilishi-. barmoqlarni musht qilish, barmoqlarni yozib, qo‘llami yuqoriga ko‘tarish; dastlabki holatga qaytish. 2-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar yelkaga qo‘yilgan. Bajarilishi: o‘ng tomonga egilib, chap qo‘lni yuqoriga uzatish; dastlabki holatga qaytish; shu mashqni chap tomonga egilib o‘ng qo‘lni ko‘tarish bilan bajarish; dastlabki holatga qaytish. 3-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar yelkaga qo‘yilgan. Bajarilishi'. bosh ustida chapak chalish; dastlabki holatga qaytish. 3-majmua (Parta orqasida turgan holda) 1-mashq. Dastlabki holat: oyoqlar yelka kengligida qo‘yilgan, qo‘llar ko‘krak oldida. Bajarilishi: oyoq uchida ko‘tarilib, tirsaklar orqa tomonga uzatiladi; dastlabki holatga qaytish. 2-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar bosh orqasida. Bajarilishi'. o‘ng oyoqni orqa tomonga qo‘yib, qo‘llar yuqori yon tomonga uzatiladi; dastlabki holatga qaytish. 3-mashq. Dastlabki holat: qo'llar belga qo‘yilgan. Bajarilishi'. o‘ng tomonga burilish; dastlabki holatga qaytish, chap tomonga burilish; dastlabki holatga qaytish. 231 4-majmua (Parta orqasida turib) 1-mashq. Dastlabki holat: oyoqlar yelka kengligida ochilib qo‘llar yelkaga qo‘yilgan. Bajarilishi'. oyoqlar uchida ko‘tarilib, q oilarni yuqoriga uzatish; dastlabki holatga qaytish. 2-mashq. Dastlabki holat; qo‘llar belga qo‘yilgan. Bajarilishi: old tomonga engashib, qo‘llami polga tegizishga harakat qilish; dastlabki holatga qaytish. 3-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar bel orqasida. Bajarilishi: chap oyoqni yon tomonga oyoq uchida qo‘yib, o‘ng tomonga engashib, o‘ng qo‘lni yuqoriga ko‘tarish; dastlabki holatga qaytish. Shu mashqni boshqa tomonga, chap qo‘lni yuqoriga ko‘tarib bajarish. 5-majmua (Parta yonida turib) 1-mashq. Dastlabki holat: oyoqlar yelka kengligida qo‘yilgan, qo‘llar yelkada. Bajarilishi: oyoq uchida ko‘tarilish, qoilarni yuqoriga ko‘ta- rish; dastlabki holatga qaytish. 2-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar belga tekkizilmay orqada. Bajarilishi: oyoq uchida turib, cho‘kkalab o‘tirish, qo‘llarni oldinga uzatish; dastlabki holatga qaytish. 3-mashq. Dastlabki holat; qo‘llar orqada. Bajarilishi: chap oyoqni yon tomonga qo‘yib, chap tomonga engashish, o‘ng qo‘Ini orqaga uzatish, yuqoriga ko‘tarish va dast labki holatga qaytish. 6-majmua 1-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar kafti pastga qaratihb, ko‘krak oldida tutiladi. Bajarilishi: oyoq uchida turib, tirsaklami prujinasimon orqaga burish; dastlabki holatga qaytish. 2-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar belda. Bajarilishi: qo‘llami polga yetkazishga harakat qilib, oldinga engashish, dastlabki holatga qaytish. Download 115.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling