K. hoshimov kuni uzaytirilgan guruhlarda ta
-mashq. Dastlabki holat: to‘g‘ri va tik turish. 232 I l l s i n f
Download 115.68 Kb. Pdf ko'rish
|
3-mashq. Dastlabki holat: to‘g‘ri va tik turish. 232 I l l s i n f 1-majmua (Partada o‘tirgan holatda bajariladigan mashqlar) 1-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar bosh orqasida. Bajarilishi: qo‘llami yuqoriga ko‘tarib cho'zilish yoki torti- lish; dastlabki holatga qaytish. 2-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar yelkaga qo'yilgan. Bajarilishi: boshni o‘ng tomonga burib, tirsaklami yon to monga uzatish; dastlabki holatga qaytish. Shu mashqni chap to monga burilib bajarish. 3-mashq. Dastlabki holat: kaftlar yuqoriga qaratilib, qo‘llar oldinga uzatilgan. Bajarilishi: barmoqlarni musht qilib, qo‘llami tirsaklardan bukish; dastlabki holatga qaytish. 2-majmua (Partada o‘tirgan holda bajariladigan mashqlar) 1-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar tirsakdan bukilib, parta us- tiga qo‘yilgan. Bajarilishi: qo‘llami yozmasdan boshning orqasiga o‘tkazish; dastlabki holatga qaytish. 2-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar belga qo‘yilgan. Bajarilishi: gavdani o‘ngga, oldinga, chapga egish va dastlabki holatga qaytish; shu mashqni chap tomonga bajarish. 3-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar belga qo‘yilgan. Bajarilishi: oyoqlarni tizzadan to ‘g‘rilab, qo‘llar oldinga uzatiladi; dastlabki holatga qaytish. 3-majmua (Parta orqasida turib) 1-mashq. Dastlabki holat: to‘g‘ri va tik turish. Bajarilishi: asta-sekin oyoq uchlarida ko‘tarilib, qo‘llarni yuqoriga uzatish, egilish; dastlabki holatga qaytish. 2-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar bosh orqasiga qo‘yilgan. Bajarilishi: cho‘kkalab o‘tirib, kaftni tizzaga qo‘yish; dastlabki holatga qaytish. Bajarilishi: cho‘kkalab o‘tirish, qo‘Uami oldinga uzatish; dast labki holatga qaytish. 233 3-mashq. Dastlabki holat: qo'llar yelkaga qo‘yilgan. Bajarilishi: gavdani chap tomonga burib, qo‘llarni yon tomonga uzatish; dastlabki holatga qaytish. Shu mashqni o‘ng tomonga burilib bajarish. 4-majmua 1-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar belga qo‘yilgan. Bajarilishi: orqaga bukilgan holda engashish; dastlabki holatga qaytish. 2-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar yelkaga qo‘yilgan. Bajarilishi: cho‘kkalab o'tirib, qo‘llarni oldinga uzatish; dastlabki holatga qaytish. 3-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar belga qo‘yilgan. Bajarilishi: oldinga bukilgan holda engashish; dastlabki holatga qaytish. 5-majmua (Parta yonida turib) 1-mashq. Dastlabki holat: qo‘llami oldinga uzatib, cho‘qqayib o‘tirish. Bajarilishi: turib qo'llami yon tomondan yuqoriga ko'targan holda o‘ng oyoqni orqaga tashlab, oyoq uchida turish, kerishish va dastlabki holatga qaytish. Shu mashqni chap oyoqda baja rish. 2-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar belda. Bajarilishi: gavdani o‘ng tomonga aylantirib harakat qilish; shu mashqni chap tomonga bajarish. 3-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar orqada. Bajarilishi: boshni oldinga engashtirish; dastlabki holatga qaytish. Orqaga engashtirish; dastlabki holatga qaytish. 0 ‘ng to monga engashish; dastlabki holatga qaytish. Chap tomonga en gashtirish; dastlabki holatga qaytish. Boshni chap tomonga burish; dastlabki holatga qaytish. Boshni o‘ng tomonga burish; dastlabki holatga qaytish. 6-majmua 1-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar belda. Bajarilishi: Tirsaklar va bosh oldinga engashtirilgan. Boshni ko‘tarib, qo‘llarni yon tomonga uzatish, kerishish, dastlabki holatga qaytish. 234 2-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar belda. Bajarilishi: oyoq uchida ko‘tarilib, qo‘llarni bosh orqasiga qo‘yish; dastlabki holatga qaytish. 3-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar orqasida chatishtirilgan. Bajarilishi : cho‘kkalab o‘tirish; dastlabki holatga qaytish. IV s i n f 1-majmua (Partada o‘tirgan holda) 1-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar yelkada. Bajarilishi: qo‘llarni orqaga ko‘tarish, oldinga engashish, yuqoriga qarash; dastlabki holatga qaytish. 2-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar bosh orqasida. Bajarilishi: o ‘ngga burilish, o ‘ng qo ‘lni o ‘ng tomonga cho‘zish; dastlabki holatga qaytish; shu mashqni chap qo‘l bilan chap tomonga burilib bajarish. 3-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar yelkada. Bajarilishi: o‘ngga engashish, tirsaklami yon tomonga ko‘ta- rish; dastlabki holatga qaytish; shu mashqni chap tomonga bajarish. 4-mashq. Dastlabki holat: qo‘llami o‘rindiqqa tirab o‘tirish. Bajarilishi: Oyoqlami oldinga cho‘zish; dastlabki holatga qay tish. 2-ma]mua (Parta orqasida turib) 1-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar belda. Bajarilishi: Orqaga bukilgan holda engashish; dastlabki holatga qaytish. 2-mashq. Qo‘llar yelkada. Bajarilishi: parta o‘rindig‘iga o‘tirish, qo‘llami oldinga uza tish; dastlabki holatga qaytish. 3-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar belda. Bajarilishi: Oldinga engashish, dastlabki holatga qaytish. 3-majmua (Parta yonida turib) 1-mashq. Dastlabki holat: to‘g‘ri va tik turish. 235 Bajarilishi: dastlab qo‘llami yuqoriga ko‘tarib oldinga egilish, rostlanib, o‘ng oyoqni orqaga qo‘ygan holda engashish; dastlabki holatga qaytish. Shu mashqni chap oyoqni qo‘yib bajarish. 2-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar yelkada. Bajarilishi: oldinga engashish bilan barobar — qo‘llami yuqori ga ko‘tarish; dastlabki holatga qaytish. 3-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar belda. Bajarilishi: tizzadan bukilgan o‘ng oyoqni yuqoriga ko‘tarish va kerishish. Dastlabki holatga qaytish, chap oyoq bilan ham shuning o‘zini bajarish. 4-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar bosh orqasida. Bajarilishi: cho‘kkalab o‘tirish, qo‘llarni oldinga uzatish va dastlabki holatga qaytish. I—II s i n f l a r u c h u n 1-majmua 1-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar belga qo‘yilgan holda ko‘krak bilan partaga yotiladi. Bajarilishi qadni rostlab, tirsaklami orqaga burish. 2-mashq. Dastlabki holat: tirsaklar gavdaga siqilgan, qo‘llar musht qilingan holda partaning chetiga qo‘yiladi. Bajarilishi barmoqlar tez ochilib, sekin musht holiga keltiri- ladi. 3-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar partaning o‘rindig‘iga qo‘yi- ladi. Bajarilishi: orqaga egilib, dastlabki holatga qaytiladi. 2-majmua 1-mashq. Dastlabki holat: barmoqlar yoyilgan holda qo‘l bosh orqasiga qo'yiladi. Bajarilishi: qo‘llar yuqoriga ko‘tarilib, dastlabki holatga qay tiladi. 2-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar o‘rindiqning suyanchig‘i yoniga qo‘yiladi. Bajarilishi: qo‘llami polga tekkizishga harakat qilib, oldinga engashish; dastlabki holatga qaytish. 3-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar belga qo‘yiladi. 236 3-majmua 1-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar oldinga cho‘zilib parta ustiga qo‘yiladi. Bajarilishi'. qo‘llarni yuqoriga ko‘tarib cho‘zish; dastlabki holatga qaytish. 2-mashq. Dastlabki holat: o‘tirib, qo‘llar mushtum qilingan holda parta chetiga qo‘yiladi. Bajarilishi'. oldinga engashib barmoqlarni partaning narigi qirrasiga tekkizish. 3-mashq. Dastlabki holat: qo‘llaming tirsaklari oldinga qara- gan holda bosh orqasiga qo‘yiladi. Bajarilishi: tirsaklami yon tomonlarga ochib egish; dastlabki holatga qaytish. 4-majmua 1-mashq. Dastlabki holat: qo‘llaming bosh barmoqlari oldinga qaratilgan holda belga qo‘yiladi. Bajarilishi: bukilgan holda orqaga engashish; dastlabki holatga qaytish. 2-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar belga qo‘yiladi. Bajarilishi: gavdani o‘ngga burib, o‘ng qo‘lni yon tomonga cho'zish va orqada turgan partaga yetkazish; dastlabki holatga qaytish; shu mashqni boshqa tomonda chap qo‘l bilan bajarish. 3-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar yelkaga qo‘yiladi. Bajarilishi: tirsaklami old tomondan bir-biriga yaqinlashtirish; dastlabki holatga qaytish; aksincha, tirsaklami orqadan yaqinlash tirish; dastlabki holatga qaytish. 5-majmua 1-mashq. Dastlabki holat: parta orqasida turib, o‘rtog‘iga orqa o‘girib, qo‘llar belga qo‘yiladi. Bajarilishi: bukilgan holda engashish, o‘ng oyoqni orqaga tash- lash; dastlabki holatga qaytish; shu mashqni chap oyoqni orqaga tashlagan holda bajarish. 2-mashq. Dastlabki holat: oyoqlar yelka kengligida, qo‘llar bosh orqasiga qo‘yiladi. Bajarilishi: o‘rindan turib, qo‘llami oldinga cho‘zish, dastlabki holatga qaytish. 237 Bajarilishi: gavdani chap va o‘ng tomonga burish. 3-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar qovushtirilgan holda orqa ga qo‘yiladi. Bajarilishi: cho‘kkalab o‘tirish va yana dastlabki holatga qaytish. 4-mashq. Dastlabki holat: to‘g‘ri va tik turiladi. Bajarilishi: turgan yerda yurish. 6-majmua 1-mashq. Dastlabki holat: oyoqlar yelka kengligida, qo‘llar yelkada. Bajarilishi: oyoqlar uchida turib, tirsaklar yon tomonga ko‘ta- riladi va dastlabki holatga qaytiladi. 2-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar orqada bo‘ladi. Bajarilishi: oyoqlar uchida cho‘qqayib o‘tirib turiladi. 3-mashq. Dastlabki holat: qoilar orqada. Bajarilishi: chapga engashib, o‘ng qo‘l yuqoriga ko‘tariladi va dastlabki holatga qaytiladi. Shu mashq o‘ng tomonga bajariladi. 4-mashq. Dastlabki holat: tikka turiladi. Bajarilishi: q o ilar yelkaga qo‘yiladi va 6rqaga; dastlabki holatga qaytiladi. Qo‘llar yuqoriga ko‘tarilib, yon tomonga tushiriladi va egilib turib dastlabki holatga qaytiladi. I l l —IV s i n f l a r u c h u n 1-majmua 1-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar yelkada. Bajarilishi: qo‘llar yuqoriga ko‘tariladi, engashib turib yuqoriga qaraladi va dastlabki holatga qaytiladi. 2-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar bosh orqasida. Bajarilishi: dam o‘ngga, dam chapga burilib, dastlabki holat ga qaytiladi. 3-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar yelkada. Bajarilishi: o‘ng tomonga engashib, tirsaklar yon tomonga ko‘tariladi va dastlabki holatga qaytiladi. Shu mashq chap tomonga bajariladi. 238 2-majmua 1-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar belga qo‘yilib tikka turila- di. Bajarilishi: bir gal oldinga, bir gal orqaga bukilib engashiladi va dastlabki holatga qaytiladi. 2-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar yelkaga qo‘yiladi. Bajarilishi: partaga o‘tirib, qo‘llar oldinga cho‘ziladi va dast labki holatga qaytiladi. 3-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar belga qo‘yiladi. Bajarilishi: chap tomonga engashiladi va dastlabki holatga qay tiladi. Shu mashq o‘ng tomonga bajariladi. 4-mashq. Dastlabki holat: to‘g‘ri va tik turiladi. Bajarilishi: o‘ng qo‘l oldinga cho‘ziladi va yuqoriga ko‘tari- ladi, shu tartibda qo‘l tushiriladi. 3-majmua 1-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar belda, bosh oldinga engash- tirilgan holatda turadi. Bajarilishi: tirsaklar old va orqa tomonlarga buriladi, bosh ko'tariladi va dastlabki holatga qaytiladi. 2-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar belda. Bajarilishi: oyoqlar uchida ko‘tarilib, dastlabki holatga qay tiladi va oldinga bukilgan holda engashib dastlabki holatga qay tiladi. 3-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar orqada turadi. Bajarilishi: yarim cho‘kkalab o‘tirib, turiladi. Demak, kuni uzaytirilgan guruh va maktab-internatlarda xilma-xil mashqlar majmualari o‘tkazilishi bilan birga bolalarni jismoniy kamoloti muntazam tekshirilib turilishi ham kerak. Tekshirish esa maktab shifokor xodimlari tomonidan o‘tkaziladi. Maktabda sanitariya-gigiyena ishlarini nazorat qilish, sanitariya faollarini tayyorlash va ular yordamida o‘quvchiiar bilan sog'liqni saqlash sohasida ishlar olib borish, dori-darmon qutilaridan to‘g‘ri foydalanishga o‘rgatish shifokoming asosiy ishidir. Bu ishlarni tizimli va muvaffaqiyatli olib borish uchun kuni uzaytirilgan maktablarga alohida bir shifokor shtati berilishi lozim. 239 Xullas, bu maktablarda badantarbiya va sport ishlarini to‘g‘ri tashkil etishga alohida e’tibor berish kerak. Bu, o‘z navbatida, bolalaming sog‘lig‘ini mustahkamlash, ish qobiliyatini oshirish va umrini uzaytirish uchun yaxshi vosita bo‘lib xizmat qiladi. 0 ‘yinlar Maktab-intemat, kuni uzaytirilgan guruhlarda tarbiyalanuv- chi bolalar hayotida o‘yinlar katta o‘rin tutadi. 0 ‘yin tarbiya- ning eng muhim vositalaridan biridir. 0 ‘yin bola uchun ovu- tish, xursandchilik, rohatlanish, hordiq chiqarish vositasi bo‘lib qolmay, balki uning qaddi-qomatini kamolga yetkazuvchi omil ham hisoblanadi. Albatta, o‘yin vositasida tarbiyalash bolaning turli yosh davrlarida turlicha sifatga, xususiyatga ega boiadi. Bunga Abu Ali ibn Sinoning yoshlik yillari faoliyati yaqqol misol bo‘la oladi. Ibn Sino 12 yoshlaridayoq har tomonlama bilimdon bo‘lib yetishgan va har xil fanlardan o‘zi mashg‘ulot olib borgan. 0 ‘zidan katta yoshdagi bolalar kelib, undan ta’lim olganlar, u tushlikkacha bolalarni o'qitgan, mashg‘ulotlardan keyin o ‘z talabalari bilan har xil o‘yinlarda qatnashgan. Ba’zi bir odamlarga Ibn Sinoning bunday xatti-harakati yoqmay, ular: — Sen biUmdon va aqlli, o‘zing bolalarga har xil fanlardan bilim berasan-u, yana ular bilan hovlida qo‘shilib o‘ynaysan, — deb tanbeh berganlarida, Ibn Sino bunday javob bergan: — Inson hayotining har bir davri o‘zining go‘zalligiga ega. Bolalikning xususiyati esa — o‘yin‘. Demak, bolalaming doimiy hamrohi o‘yindir. 0 ‘yinlar bola uchun ham dunyoni bilish, ham mehnat faoliyati, ham ma’na- viy his-tuyg‘ular va odatlaming tarkib topishi, ham harakat qilish talabini qondirish, ham bolalar bilan muomala qilish usulidir. Atoqli pedagog A. S. Makarenkoning bolalar o ‘yiniga alohida e’tibor berib ta’kidlashicha, bolalar hamma vaqt, hatto jiddiy ish bilan shug‘ullanganda ham o‘ynamog‘i kerak. Ba’zi o‘yinlar bolada jamoatchilik, do‘stlashish, g‘amxo‘rlik kabi fazilatlarni tarkib toptirsa, boshqalari vatanparvarlik, insonparvarlik, turli tipdagi muomala madaniyati kabi munosabatlami tarbiyalaydi. 1 Kayum Nosiriy. Ab galisino, Tatar davlat nashriyoti, 1952, 5—6-betlar. 240 0 ‘yin bolalar yoshiga mos bo‘lsa, u dangasani mehnatsevar, tirishqoq, prinsipial bo‘lishga, bolalar jamoasini uyushtirishga, ba’zi uyatchan va indamas bolalami faol faoliyatga olib kirishga yordam beradi, intizom saqlashga, boshqalaming xatti-harakat- larini to‘g‘ri baholashga o‘rgatadi. 0 ‘yin bolalar uchun o‘z kuchini sinab ko‘rishga imkoniyat yaratadi. 0 ‘yin jarayonida esa, tarbiyachi o‘z tarbiyalanuvchila- rini yanada yaxshiroq o‘rganadi, xarakterini, qiziqishlarini, tash- kilotchilik qobiliyatini, ijodiy imkoniyatlarini bilish orqali ular- ning har biriga to‘g‘ri pedagogik ta’sir qilish yo‘llarini belgilay- di. Shuningdek, o‘yin tarbiyachiga bolalar bilan tez til topishib ketishga yaqindan yordam beradi. Bu esa tarbiya jarayonida katta ahamiyat kasb etadi. Bolalar faoliyatida har xil o‘yinlar mavjuddir: harakatU, rasmli, o‘xshatish, musiqali, didaktik va boshqalar. Ammo bular orasi- da muhim o‘rinni harakatU o‘yinlar egallaydi. Alohida o‘tkazil- gan tajribalar shuni ko‘rsatdiki, bolalar vaqtining 80 foizini o‘tirish holatida o‘tkazishadi, bu esa ularning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir etadi. Harakatli o‘yinlar bolalar uchun «kam harakat» kasal- ligi — gipodinamiyaga qarshi eng yaxshi davodir. I—II sinfda o'tkaziladigan jismoniy mashqlaming ko‘p qismi harakatli o‘yin- larga ajratiladi. 0 ‘yinlar asosan sujetli bo‘lib, oddiy, erkin harakatlaming turli xilligi bilan ajraUb turadi, o‘quvchilaming o‘yin jarayonidagi harakatlari qisqa muddatli hordiq chiqarish- lar bilan almashinib turadi. Ill—IV sinf o‘quvchilari bilan o'tkaziladigan harakatli o‘yinlar uzoqroq davom etadi. 0 ‘yin qoidalari ancha murakkablashadi. Bu yoshdagi bolalar jamoalarga bo‘linib o'ynaladigan o‘yinlarga ko‘proq qiziqadilar. Kuni uzaytirilgan guruh va maktab-intematlarga o‘quvchilar- ning maktabdagi va maktabdan tashqari hayoti qiziqarli, mazmunli o‘tishiga erishish uchun ularning yosh xususiyatlarini hisobga olib, harakatli va didaktik o‘yinlar tashkil etish zarur. Didaktik o‘yinlar ta’limiy xarakterga ega bo‘lib, o‘quvchilar- ni darslarda olgan bilimlarini mustahkamlashga yordam beradi, mustaqil dars tayyorlashni osonlashtiradi. Har xil didaktik o‘yinlardan samarali foydalanish ularda mus- taqillikni o‘stirishning muhim omili hisoblanadi. Didaktik o‘yin aqliy jarayonlami faollashtiradi, bolalami (o‘yin qoidasi shartla- 9 - 1931 241 rini yaxshi tushunib olish uchun) tarbiyachining gaplariga astoydil quloq solishga odatlantiradi. Shuningdek, ulami o‘z diqqatlarini bir joyga to‘plash, taqqoslash, umumlashtirish, xulosa chiqarish, qiyinchiliklami yengishga, fikr yuritishga va tashabbuskorlikka o‘rgatadi. Bola uchun «0‘yin — voqelik, — deb yozgan edi K. D. Ushins- kiy, — binobarin uning tevarak-atrofidagi voqelikdir. U, xususan, bolaga tushunarli bo‘lgani uchun qiziqdir. 0 ‘yin bolaga shuning uchun tushunarliki, unda qisman bolaning o‘zi yaratgan narsa bor»1. — Haqiqatan ham harakath o‘yinlaming, ham didaktik o‘yinlarning bola hayotida, ularga ta’lim va tarbiya berishda ahamiyati beqiyosdir. Kichik yoshdagi o ‘quvchilar o ‘yinga qiziqishga moyil bo‘ladilar. O'quvchilar har kuni har xil o‘yinlar tashkil etilishini va vaqti-vaqti bilan ularni yangilab turishni xohlaydilar. Bolalaming qiziqishiga qarab: — yugurish o'yinlarini; — turgan joydan hamda yugurib kelib balandlikka va uzun- likka sakraladigan o‘yinlami; — uzoqqa va mo‘ljalga uloqtirish o‘yinlarini; — kuzatuvchanlikni, e’tibomi, zamon va makonda o‘z o‘mini topa bilishni belgilovchi o‘yinlami; — musiqa jo ‘rligida o‘tkaziladigan va o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan 0 ‘yinlami; — unutilib ketgan milliy o‘yinlami uyushtirish mumkin. V. A. Suxomlinskiy kun tartibi to‘g‘risida fikr yuritib, faqat darsda vaqtni emas, balki kuni uzaytirilgan guruhda ham bolalar tarbiyaviy hayotning buzilishi kishini nihoyatda achintiradi de- ganidek, shunday hollar ham uchraydiki, bolalar 5—6 soat darsdan keyin yana 4—5 soat maktabda qolib, tabiat qo‘ynida o'ynash va dam olish o‘miga kitoblar bilan shug‘ullanadilar. Sinf xonalarida doimiy bo‘lishlari ulaming vaqtni zerikarli o'tkazish- lariga olib keladi. Tashkil qilingan o‘yinlar esa faqat bolalaming vaqtini bekor o‘tkazmaslik uchungina emas, balki ta’lim-tarbiyaviy maqsadlar uchun xizmat qilsin. 0 ‘yinlami tashkil qilishda rollami to‘g‘ri taqsimlash, faol va passiv, bosh va ikkinchi darajali rollami ijro etishga aynan mos 1 Ушинский К. Д. Собр. соч., Т. 2. — М., 1948. — 182-бет. 242 o‘quvchilami tanlash muhim ahamiyatga ega bo‘lib, o‘yinlami qiziqarh o‘tkazish maqsadga erishishning zarur shartidir. Maktab-intemat va kuni uzaytirilgan guruh tarbiyachisi bo- lalarga ko‘plab 0 ‘yinlar o‘rgatishda, o‘yinlarga muhabbat uyg‘o- tishda, o‘yinni ulaming kundalik hamrohiga aylantirishda cheksiz imkoniyatlarga ega. 0 ‘yinlami bilish esa har bir tarbiyachi uchun zarurdir. Seminar, metodik birlashma yig‘ilishlarida ular yangi- yangi o‘yinlar o‘rganishlari va ular to‘g‘risida mulohaza yuritish- lari kerak. Masalan, seminar yoki metod birlashmalarda ular quyidagi seminar mavzulami ishlab chiqishlari mumkin: topish- moqlar, rebuslar, harakatli o ‘yinlar (guruh bilan, jamoalar o‘rtasida, yakkama-yakka bellashuvlar, to‘p bilan o‘yinlar, arg‘im- choq), arqoncha (o‘yin), fokuslar, hazillar va boshqalar. Har kirn o‘ziga yoqqan mavzuni olib, qunt bilan ishlab chiqadi va kerakli amaliy materiallami hamkasblariga taklif qiladi. Bunday semi- narlarga badantarbiya, ashula va musiqadan dars beruvchi o‘qituv- chilami taklif etish shart. Imkoniyat bor joylarda, tuman metodika kabineti yoki bolalar uyi qoshida o‘yinlar bo‘yicha alohida kurslar tashkil qilish lozim. Bolalar bilan o‘yinlar tashkil qilishda tarbiyachilar tarbiyala- nuvchilar faolini o‘zlariga yordamchi qilib olishlari, maktabda «Bolalar bo‘sh vaqtini quvnoq o‘tkazish tashkilotchilari» to‘ga- ragini tuzib, unga rahbarlik qilishni «Kamolot» YIH a’zosi bo‘lgan yuqori sinf o‘quvchisiga topshirish, shuningdek, o‘quvchilami, «Kamolot» YIH a’zolarini, ota-onalami taklif qilish mumkin. Maktab yoshidagi bolalar hayotida o‘yin bolalar hayotini jon- lantiradi va ular hayotiga xilma-xillik kiritadi. 0 ‘yinlar bolalar- ning biror faoliyatiga bog‘lab uyushtirilsa, yanada ko‘proq samara beradi. Maktab-intemat, kuni uzaytirilgan sinf va guruhlarda bola laming aqliy, jismoniy jihatdan o‘sishiga yordam beradigan Download 115.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling