K. hoshimov kuni uzaytirilgan guruhlarda ta
Download 115.68 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- I. 0 ‘yin.
- Yangi o ‘yin. «Butilkasimon tayoqni olish»
- «Bolaning nomini ayt» o‘yini. 0 ‘yinning maqsadi.
- 0 ‘yinning shartlari.
- О‘yinning natijalari.
- KUNI UZAYTIRILGAN SINF, GURUH, MAKTAB-INTERNATLARNING ОI LA HAM DA JAMOATCHILIK BILAN HAMKORLIGI
0 ‘yin lar, dastlab bolalami zamon talabi ruhida tarbiyalash vazifalariga javob bermog‘i kerak. Shuningdek, bu o‘yinlar bolalaming zeh- nini, fantaziyasini o‘stiradi, ulami tetik va chaqqon qiladi, do‘stlik va o‘rtoqlik, intizomlilik kabi ajoyib xislatlami tarbiyalaydi. 0 ‘yinlaming bolalar tarbiyasiga ijobiy ta’sir etishiga erishish lozim. I—II sinflar bolalaridan tashkil topgan guruhlarda o‘zlari xohlagan o‘yinchoqlarini o‘ynashga, harakath o'yinlarga, III—IV sinflarda esa yakka-yakka holda va guruh bo‘lib o‘ynaladigan 243 hamda sujetli o‘yinlarga ko‘proq e’tibor beriladi. Kichik yoshdagi bolalar o‘yirmi ko‘pincha o‘zlari o‘ylab chiqaradilar. Tarbiyachilar shu xildagi o‘ylab topiladigan o‘yinlarga rahbarlik qilishlari va bolalami to‘g‘ri yo‘lga solib yuborishlari lozim. Yuqori sinflarda (V—VIII) ko‘proq sport o‘yinlari hamda yakka-yakka holda va S bo‘lib o‘tkaziladigan musobaqalar katta o‘rin tutadi. Turli rebuslar, viktorinalar, topishmoqlar va shu kabi o‘yinlar ham keng tarqalgandir. Har qanday o‘yinning qiziqarliligi va uning emotsional o‘tishi ko‘p jihatdan tarbiyachining tashkilotchiligiga, tayyorgarligiga va bu sohadagi malakasiga bog‘liqdir. Tarbiyachi o ‘yinlarni ma’lum maqsad asosiga qurmog‘i va reja asosida tizimh ravishda uyushtirmog‘i lozim. Ko‘pchilik tarbiyachilar bolalar o‘yinlariga e’tiborsiz qaraydilar. Ular bolalami toza havoga olib chiqib, o‘zlari ko‘pincha bir-birlari bilan suhbatlashib o‘tiradilar yoki boshqa ishlar bilan mashg‘ul bo‘ladilar, bolalar bilan birga o‘ynamaydilar. Natijada o‘quvchilar o‘zboshimchalik qiladilar, o‘yin qoidalariga rioya qilmay, o‘yinning oxirini janjal bilan tugatadilar. Kuni uzaytirilgan Shayxontohur tumanidagi 254-maktabda tarbiyachilar o‘quvchilarga qanday o‘yin o‘rgatmasinlar, awalo, o‘sha o‘yinning tartib-qoidalari, shartlari va mazmuni hamda ahamiyatini tushuntirib beradilar, so‘ng esa uni boshlaydilar. 0 ‘yinda o ‘zlari ham ishtirok etadilar. Ular o ‘quvchilarga o‘rgatiladigan o‘yinlarni choraklik tarbiyaviy ish rejalarida va kundalik ish rejasida ham aks ettirib, tizimli uyushtirib boradilar. Bu xilda o'yin uyushtirib borgan tarbiyachilar ta’lim-tarbiya ishlarida yaxshi natijalami qo‘lga kiritib, o‘quvchilaming zavq bilan o‘yinda faol qatnashishiga, miriqib dam olishi, ongli, intizomli bo‘lib kamol topishiga erishmoqdalar. Namuna tariqasida quyida bir soat davomida harakatli o‘yin- lami qanday o‘tkazish haqida to‘xtaymiz: I. 0 ‘yin. «Butilkasimon tayoqni oUsh» mavzusi. II. 0 ‘yinning maqsadi. Chaqqonlik va epchillikni mustah- kamlash hamda bolani har tomonlama chiniqtirish. III. 0 ‘yinga tayyorgarlik. 0 ‘quvchilaming o‘yinga tayyorgar- ligini ko‘zdan kechirib, unda qatnashuvchi o‘quvchilami aniq- lash va o‘tgan o‘yinni takrorlash. 244 Tarbiyachi: — Bolalar, biz o‘tgan safar qanday o‘yin o‘yna- ganmiz? 0 ‘quvchilar: — «Ikkinchisi ortiqcha» o‘yinini o‘ynaganmiz. Tarbiyachi: — Qani kim aytadi, bu o‘yin qanday o‘yin edi? 0 ‘quvchilaming ko‘pchiligi javob berish uchun qo‘l ko‘tara- di. Tarbiyachi biror o‘quvchining aytib berishiga ruxsat etadi. 0 ‘quvchi o‘yin qoidasini aytib beradi. 0 ‘yin quyidagicha o‘ynaladi: o‘ynovchilar doira bo‘lib tura- dilar. Doiradan tashqarida ikkita o‘yin boshlovchi qoladi. Ulardan biri quvlovchi, ikkinchisi esa qochuvchi bo‘ladi. Quvlovchi biror o‘rtog‘ining oldiga turib olsa, orqada turgan bola qochishi kerak. Agar quvlovchi qochib ketayotganni ushlab olsa, ushlagan quvlovchi bo‘ladi. Shu bilan o‘tgan o‘yin mustahkamlanadi, shundan so‘ng tarbiyachi o‘yin jarayonida kimlaming qoidaga rioya qilgani yoki qilmagani va kamchiligi haqida gapirib mavzuni yakunlaydi. Yangi o ‘yin. «Butilkasimon tayoqni olish» o‘yini. 0 ‘yinning qanday o‘ynash kerakligini o‘quvchilarga tushuntirib berish. 0 ‘yin quyidagicha o‘ynaladi: Ikkita doira chiziladi. Birinchi doira ichiga 20 ta butilkasimon tayoq yoki boshqa narsa terib qo‘yiladi. Ikkinchi doira bo‘ylab o‘quvchilar yuradilar. Doira atrofidagi o‘ynovchilar 21 kishi bo‘lishi kerak. 0 ‘qituvchi signal berishi bilan o‘ynovchilar yurishdan to‘xtab, har biri o'ziga bittadan butilkasimon tayoqni oladi. Tayoq yetmay qolgan o‘quvchi esa o‘yindan chiqariladi. 0 ‘yin yana takrorlanadi. Birinchi doira ichiga 19 ta tayoq terib qo‘yiladi. Ikkinchi doira bo‘ylab 20 ta o‘ynovchi yuradi. 0 ‘qituvchining signali bilan o‘ynovchilar butilkasimon tayoqni oladilar. Butilkasimon tayoq yetmay qolgan o‘ynovchi yana o‘yindan chiqariladi. 0 ‘yin shu yo‘sinda davom etadi. Eng oxirida doira ichida bir butilkasimon tayoq, doira bo‘ylab esa ikki o‘ynovchi yuradi. 0 ‘ynovchilardan qaysi biri butilkasimon tayoqni olsa, o‘sha o‘ynovchi o‘yinda yutadi. 0 ‘yin tugagach, 1—2 o‘quvchidan o‘yinni qanday o‘ynash kerakligini so‘rab, o‘yinga yakun yasaladi. Bundan tashqari ikkinchi usulda tarbiyachi o‘yinni rejalashtirishda o'tiladigan o‘yinning tasviri va qoidalarini qisqacha ko‘rsatishi zarur. Bu o‘yinni tizimlashtirishda o'qituvchining roli kattadir. Namuna sifatida harakatU o‘yinlardan «Himoyachi», «Qidi- ruvchilar» o‘yinlarining mazmuni va qoidasini bayon etamiz: 245 1. «Himoyachi» o‘yini. 0 ‘yinga tayyorlanish. Tarbiyachi, eng awalo, bolalami ikki guruhga bo‘ladi. Bir o‘yinboshi tayinlanadi. Maydonga yoki zal o‘rtasiga diametri 3—4 metrli doira chiziladi, uning markaziga bironta buyum (masalan, to‘p) qo‘yiladi. О‘yin tasviri. Bolalar maydon yoki zalning ikki chetida tu- radilar. Tarbiyachining signali bo‘yicha bolalar doira markazida turgan buyumni olib qochishga intiladilar. Shu paytda o'yinboshi buyumni olib qochib ketayotgan bolani (doira ichida) ushlab olishi kerak. Ushlangan bola o‘yinboshi, ya’ni «Himoyachi» bo‘lib qoladi. Buyumni bir-biriga uzatish mumkin emas; olgan kishi o‘zi olib qochib, o‘z joyiga kelib turishi kerak. Buyumni oldirib yuborgan bolani o‘yinga tushirish, ashula ayttirish kabi jarima beriladi. Kam jarima olgan guruh g‘olib chiqqan hisoblanadi. 0 ‘yin qoidalari: 1) o‘yinboshi faqat doiraning ichida yurishi kerak. 2) «Asir»ga ohngan o‘ynovchi o‘yinga tushish, ashula aytish kabi shartlami bajarishi lozim. Bolalaming charchagani sezilishi bilanoq o‘yinni to‘xtatish kerak. 2. «Qidiruvchilar» o‘yiniga tayyorlanish. 0 ‘yin hovlida yoki maydonchada o‘tkaziladi. Bolalar ikki guruhga bo‘linadi. Ikki bola kapitan qilib tayinlanadi. Guruhlarga istalgan nom qo‘yilishi mumkin. Qaysi guruh yashirinishi, qaysi guruh hujum qilishi chek tashlash orqali aniqlanadi. Yashirinishi zarur bo‘lgan guruh yashirinadi. Signal berilgach, ular yashiringan joylaridan asta-sekin, bildirmay o‘tib ketishlari kerak va ilgaridan belgilangan joyga borib yig‘ilishlari lozim. Agarda o‘yinchilardan birortasi qo‘lga tushib qolsa, o‘sha guruh yutqizgan hisoblanadi va guruhlar o‘rin almashadilar. 0 ‘yin shu tarzda davom ettiriladi. Guruhlaming biri yashirinsa, ikkinchisi hujum qiladi. 3. «Bolaning nomini ayt» o‘yini. 0 ‘yinning maqsadi. 0 ‘quv- chilaming hayvon bolalari qanday nom bilan atalishi haqidagi tushunchalarini mustahkamlash. 0 ‘yinning qoidasi. Oldindan o‘quvchilarga hayvon bolalari qanday nom bilan atalishi tushuntirilgan bo‘lishi kerak. Masalan, sigiming bolasi — buzoq, otning bolasi — toychoq, qo‘yning bolasi — qo‘zi singari. Keyin o‘quvchilar doira bo‘lib turadilar. 0 ‘rtada tarbiyachi yoki o‘quvchilardan biri turadi. 0 ‘rtada turgan o ‘z ixtiyori bilan bolalardan biriga koptok otadi. Koptok otayotganda biror hayvon bolasining nomini aytadi. 246 0 ‘yinning sharti. Oldindan tanish bo‘lgan hayvon nomlari- gina aytiladi. О ‘y inning natijasi. 0 ‘yin davomida hayvon bolasining nomlarini tez va to‘g‘ri aytgan bolalar rag‘batlantiriladi. 4. «Qoch bolam, kalxat keldi» o‘yini. О‘yinning maqsadi. Bolalarning eshitish, ko‘rish qobiliyatlarini rivojlantirish. О‘yinning qoidasi. Maydoncha yoki sport zalining ikki to- moniga ikkita doira chiziladi. 0 ‘yinchilardan biri kalxat qilib tayinlanadi va u, doiraning birida turadi. 0 ‘ynovchilar jo ‘ja bo‘ladilar. Jo‘jalar ona tovuq ketidan har biri o‘z oldida turgan o‘yinchining belidan ushlagan holda zanjir bo‘lib turadilar. 0 ‘yin rahbari signal berishi bilan kalxat jo ‘jalarga hujum qila boshlaydi. Ona tovuq kalxatning yo‘lini to‘sib, unga bitta ham jo‘ja bermaslikka tirishadi. Kalxat esa har xil harakatlar bilan ona tovuq va jo‘jalami aldab, zanjir bo‘lib turgan jo‘jalaming orqasida turganini tutib, o‘z uyasiga — doiraga olib ketishga harakat qiladi. U tutilgan jo ‘jani o‘z doirasiga olib borib qo‘yib, yana hujum qilishga o‘tadi. 0 ‘yinning shartlari. Ona tovuq har gal kalxat hujumga o‘tga- nida jo'jalariga: «Ehtiyot bo‘linglar, bolalarim, kalxat turadigan doira ichidagina tutish mumkin. Kalxat jo ‘jalar turadigan doira ichiga kirmasligi kerak. Kalxat qo‘liga tushgan jo‘ja tezda jo ‘jalar doirasidan chiqishi va «asir» bo‘Ub jo ‘nashi lozim. О‘yinning natijalari. Bolalar o‘yinni o‘ynash bilan tezkor, chaqqon va chidamli, serharakat bo'ladilar. Yuqorida keltirilgan o'yinlar bolalarda hushyorlik, ziyraklik- ni oshiradi, epchillik va harakatchanlikni o‘stiradi, ulami ahillikka o‘rgatadi. Kuni uzaytirilgan guruhlar va maktab-intematlarda olib bori- ladigan barcha o‘yin va mashg‘ulotlar ta’lim-tarbiya ishlarini yaxshilash bilan birgalikda, bolalarning sog‘lig‘ini mustahkam- lashda ham muhim rol o‘ynamog‘i lozim. Tajribalarimiz o‘quvchilaming jismoniy jihatdan chiniqishi- da yaxshi natijalarga erishish uchun quyidagi o ‘yinlardan foydalanishning maqsadga muvofiqUgini ko‘rsatdi. I, II, III sinf bolalari bilan «Karusel», «Ikki Yaxob», «Ayyor tulki», bekinmachoq, «Oq terakmi, ko‘k terak?», «Oq suyak», «Arqondan sakrash», «Besh barmoq orzusi», «Mehmon-meh- mon», «Do‘ngdan do‘ngga sakrash», «Bo‘ri zovur ichida», «Ov- 247 chilar», «Ikkinchisi ortiqcha», «Mushuk bilan sichqon», «Qopqon yopildi», «Qidirib top», «Arqon tortish» kabi, IV sinfdan boshlab «Himoyachi», «Qidiruvchilar», «Joy almashish», «Eshitib top», «Yomg‘ir», «G‘ozlar — oqqushlar», «To‘p — savatga», «Signalni eshit», «Topar bo‘lsang topa qol, topolmasang, qo‘yaqol», «Kamalak to ‘pi», «To‘p markazda» kabi o‘yinlarni o‘ynagan ma’qul. Bulardan tashqari kuni uzaytirilgan guruhlarda ishlaydigan o‘qituvchi-tarbiyachilar bolalar o‘yinlariga doir maxsus kitoblar- dan (masalan, K. Hoshimov, M. Normuhamedova, T. Usmon- xo‘jayev. «Kuni uzaytirilgan guruhlarda tarbiyaviy ishlami tashkil qilish», L. N. Shexova, A. R. Imomxo‘jayev. «Boshlang‘ich sinflarda harakatli o‘yinlar», T. Usmonxo‘jayev, F. Xo‘jayev. «Harakatli o‘yinlar», R. Yoidosheva. « 0 ‘zbek xalq o‘yinlarining tarbiyaviy ahamiyati» va hokazolardan) o ‘z guruhlaridagi o‘quvchilaming yoshiga mos o‘yinlaridan foydalanishlari mum kin. Maktab-internat, kuni uzaytirilgan guruhlarda yuqoridagi o‘yinlar ko‘proq o‘ynalib, bolalaming o‘yinga bo‘lgan tabiiy ehtiyojlarini qondirish bilan birga o‘quvchilarda tez harakat qilish, chap berish, o‘yin qoidasiga rioya qilish, jamoada ahillik kabi yaxshi fazilatlami singdiradi. Bunday jamoa o‘yinlari jarayonida bolalar tashkilotchilikka, qonun-qoidalarga rioya qilishga, hayotni bilishga o‘rganadilar. KUNI UZAYTIRILGAN SINF, GURUH, MAKTAB-INTERNATLARNING ОI LA HAM DA JAMOATCHILIK BILAN HAMKORLIGI Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng respublikamiz rahbariyati boshchiligida jamiyatning moddiy-texnika bazasini yaratish, ijtimoiy munosabatlarni takomillashtirish va har tomonlama barkamol insonni shakllantirishdan iborat juda katta tarixiy vazi- falar amalga oshirilmoqda. Jamiyat bunyodkorlarini tarbiyalash va tayyorlash rivojlangan jamiyat qurishning zaruriy sharti hamdir. Yosh avlodni tarbiyalash eng qiyin, nozik, ko‘p qirrali va mas’uliyatli ishdir. Bu ulkan vazifani muvaffaqiyatli amalga oshirishda, yosh avlodni davrimizning munosib kishilari qilib tarbiyalashda maktab, oila va keng jamoatchilikning, mahallaning 248 o‘zaro aloqasi, hamkorlikda olib boradigan ishlari, tadbirlari muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ham hozirgi vaqtda maktab, oila va jamoatchilik hamkorligini yanada mustahkamlash muhim vazifalardan biridir. Xususan, yosh avlodni hayotga, amaliy faoliyatga tayyorlashda, ularda mehnat ta’limi va tarbiya- sini tarkib toptirishda, kasb tanlashlarida maktablaming o‘quv- moddiy bazasini boyitishda ota-onalar, jamoatchilikining, otaliq tashkilotlarining roli katta. Bu masala Vazirlar Kengashining «Umumiy ta’lim maktablarining o'quvchilarga ta’lim-tarbiya berishni va ulami mehnatga tayyorlashni yanada takomillashti- rish to ‘g‘risida», «Umumiy ta ’lim va hunar maktabini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari» kabi qarorlarida o‘zining yorqin ifodasini topgan. Respublikamiz xalq maorifi tizimining yetakchi tamoyillaridan biri — barcha tarbiyaviy muassasalaming hamkorligidir. Maktab, oila va jamoatchilik birgalikda ish ohb borgandagina yosh avlodni tarbiyalashda muvafFaqiyatga erishish mumkin. Maktab, oila va jamoatchilik — serhosil daraxtning о 4a mustahkam ildizlaridir. Mabodo shu ildizlardan birortasi zaif bo‘lsa bu daraxtdan shirin va sharbath meva kutish qiyin. Bu gapda tog‘dek yuksak, dengiz- dek ulkan ma’no bor. Haqiqatan ham yoshlami faqat ayrim shaxslargina tarbiyala- maydi, balki butun oila, butun maktab jamoasi, shuningdek, ko‘cha, jamoat muassasalari, butun tevarak-atrofdagi sharoit, ijtimoiy tuzum, turli voqea-hodisalar tarbiyalaydi. Ijtimoiy tarbiya tizimi va oila zamonamizning ongli va faol quruvchilarini tayyorlab yetkazishdek yagona maqsadni amalga oshiradi. Bunda maktab, ijtimoiy tarbiya muassasalari oila tar- biyasi masalalarini to‘g‘ri va maqsadga muvofiq amalga oshirishda tashkilotchilik va yetakchilik qiladi, ota-onalarga ko‘maklashadi. Maktab davlatning ta ’lim-tarbiya muassasasi sifatida oilaviy tarbiyaga katta ta’sir ko‘rsatadi. Shunga ko‘ra har bir ota-ona maktab jamoasining talablarini bajarishi shart. Yosh avlodni siyosiy va g‘oyaviy jihatdan yetuk kishilar qilib tarbiyalashda maktab-internat va kuni uzaytirilgan guruhlar bilan ota-onalaming vazifalari bir-biriga uzviy bog‘liqdir. Maktab- internat, kuni uzaytirilgan guruhlarda bolalar bilan olib borila- digan ta’lim-tarbiya ishlari va ularning xarakteri ota-onaning bola tarbiyasidagi mas’uliyatini ular zimmasidan soqit qilmas- 249 dan, aksincha, bu sharafli burch va mas’uliyatni yanada ku- chaytiradi. Maktab-intemat, kuni uzaytirilgan gurulilar jamoatchilik, ota- onalar yig‘ini bilan yaqindan aloqa bog‘lab, ular hamkorligida ish olib borgandagina yoshlami har taraflama kamolotga yetgan ongli, axloqh va respublikamizning faol quruvchilari qilib tarbiyalashda katta yutuqlarga erisha oladi. Shu tufayli maktab-intemat, kuni uzaytirilgan guruh o‘qituvchisi, tarbiyachilari bilan ota-onalar o‘rtasida yaxshi munosabatlar o‘matishda maktab va guruhlar bilan oilalar o‘rtasida olib boriladigan ishlami tartibga solishda ota-onalar qo‘mitasining roh kattadir. Ishchan maktab ota-onalar qo‘mitasi maktab oldida turgan umumiy majburiy ta’lim, o‘quv- tarbiya ishlari, ahoU o‘rtasida pedagogik bilimlami tashviqot qiUsh, politexnik ta’lim ishlarini amalga oshirishda, xo‘jalik sanitariya- sog'lomlashtirish va tozalik kabi ishlami amalga oshirishda maktab jamoasiga yaqindan yordam ko‘rsata oladi. Hayot shuni ko‘rsatadiki, m aktab-internatlarning barpo qilinishi oilaviy tarbiya bilan ijtimoiy tarbiya o‘rtasidagi aloqani ancha o‘zgartirdi, ijtimoiy tarbiyaning salmog‘ini keskin ravishda oshirdi. Ijtimoiy tarbiyaning roli oshishi munosabati bilan dastlabki vaqtda ba’zi ota-onalar va, hatto, ayrim pedagoglarda: «Maktab-intematlar oilaviy tarbiyaga salbiy ta’sir etmasmikin?» degan savollar tug‘ildi. Ko'pgina maktab-internatlarning ish tajribasi bunday hoi yuz berishi mumkin emasligini, aksincha, bolalar tarbiyasida ota-onalaming faol ishtirok etishini ko‘rsatdi. Ota-onalar maktab-intematga ota-onalar majlisigagina emas, balki bayram kunlarida, tarbiyalanuvchilaming tug‘ilgan kunlarida ham qatnashadilar. Shuningdek, tarbiyachilar jamoasi va «Kamolot» YIH har bir bayram oldidan barcha ota-onalarga bayram tabrik- nomasi yuborib, unda tabrik so‘zlari bilan bir qatorda bolalarining o‘qishi va jamoat ishlarida qatnashishi haqida ma’lumot beradi- lar. Bu tadbirlar maktab-intemat bilan ota-onalar aloqasini yana da mustahkamlaydi. 0 ‘quv yili boshida ota-onalaming umumiy majlisi chaqirilib, maktabning tashkiliy ishlari, kundalik rejimi, o‘quvchilaming yurish-turish qoidalari, bolalami uylariga yuborish va ulami kutib olish tartibi, bolalarning o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatishi, shuningdek, har qaysi o‘quvchini davlat tomonidan qilinadigan moddiy 250 xarajatlar bilan tanishtirish, bolalarda hayotiy, amaliy ko‘nikma hamda malakalar hosil qilish zarurligi tushuntiriladi va fikr almashinadi. Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanidagi maktab-inter- nat direktori L. Pak ota-onalar yig‘inining oUb borayotgan ishlari haqida gapirib, quyidagilami ma’lum qiladi: «Maktabning o‘quv- tarbiya hamda xo‘jalik-maishiy xarakterdagi masalalari ota-onalar majlisida muhokama qilinadi. 0 ‘quvchilarimizning ota-onalari maktab-internatga katta yordam qilmoqdalar. Ota-onalarning kuchi bilan bir qancha xo‘jalik binolari, sabzavotxona, ustaxona, omborxonalar qurildi, vodoprovod o‘matildi. Ota-onalar jamoasi intemat bolalari uchun ma’lum kattalikdagi turli ichki kiyimlar tikib berishga onalami jalb etishga qaror qildi. Natijada, ota- onalar yordamida qiz bolalar uchun 198 ta ko‘ylak hamda o‘g‘il bolalar uchun 200 ta ichki kiyim va 200 ta shim tikib tayyorlandi. Ota-onalar bolalarga bichish va tikishni o‘rgatishga kirishdilar. Hozir ko‘p narsalami tarbiyalanuvchilarimizning o‘zlari bemalol tika oladilar». Demak, ota-onalar bilan aloqaning mustahkamlashi maktab-intemat faoliyatida yaxshi natijalar beradi. Maktab bilan ota-onalarning hamkorligini mustahkamlash uchun kuni uzaytirilgan maktab guruhlarida ham ota-onalar yig‘ini tashkil etiladi. Bu jamoa faoliyatiga maktab direktori rahbarlik qiladi. Bundan tashqari, yana maktab bo‘yicha barcha sinf-guruhlar uchun ota-onalar raislari saylanadi. Hamma ota- onalar raislari har bir o‘quv yilining boshida butun o‘quv yiliga saylanadi. Kundalik ishlami bajarish hamda ota-onalar ishlariga rahbarlik qilish uchun maktab ota-onalar qo‘mitasi raisi, uning o'rinbosari, kotibasi va 5—7 a’zodan iborat prezidium saylanadi. Ota-onalar jamoasi raisi maktab pedagoglar kengashining a’zosi hisoblanadi. Ota-onalar yig‘ini maktab direktori tasdiqlagan rejasi asosida ish olib boradi. Ota-onalar qo‘mitasi bolalarga maktab va oila tarbiyasining har tomonlama mutanosibligini ta’minlaydi, ilg‘or pedagogik tajribani targ‘ib qiladi, o‘quvchilar bilan o‘tkaziladigan ta’lim-tarbiya ishlariga faol qatnashadi va bu borada vaqti-vaqti bilan maktab ma’muriyati bilan fikr almashib turadi. Bu tadbir ota-onalar uchun leksiyalar, ota-onalar majlislari- da ayrim ota-onalarning o‘z tajribalari xususidagi chiqishlarini uyushtirish, tarbiya ishlari yuzasidan tajriba almashishga bag‘ish- 251 langan konferensiyalar o‘tkazish kabi priyomlar orqali amalga oshiriladi. Madaniy-ommaviy ishlar komissiyasi madaniy sayillar, kino- teatrlarga borishni uyushtirish kabi har xil tadbirlarni, sport - sog‘lomlashtirish ishlari komissiyasi esa sport seksiyalarini tashkil etish, musobaqalar, turistik ishlami o‘tkazishda, umuman, mak tabda sog‘lomlashtirish-tibbiyot tizimiga oid barcha ishlarda qatnashadi. Sinf rahbari o‘zining barcha ta’lim-tarbiya ishlarini sinf tarbiyachisi va ota-onalar jamoasi bilan hamkorlikda amalga oshiradi. Korxonalarda, mikrorayonlarda maxsus tuzilgan oila va maktabga yordam ko‘rsatish kengashlari maktab, oila hamda ja- moatchilikning o‘zaro aloqalarini o‘matishi bilan shug‘ullanadi- lar. Bu kengashlarga korxonalar, «Kamolot» va kasaba uyush- malari tashkilotlari hamda ma’muriyat vakillari kiradilar. Bir narsani alohida ta’kidlash lozimki, sinflaming ota-onalar jamoalari taxminan har yili ikki marta qilingan ishlar to‘g‘risida umum- maktab ota-onalar jamoasi prezidiumi majlisida hisob beradilar. Maktabda ko‘zga ko‘rinarli joyda ota-onalar uchun amalda- gi eslatma osib qo‘yiladi. Download 115.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling