229-masala*. Orollardan birida 10000 ta tulki otib olingan. Ulardan 9991 tasi malla, 9 tasi oq rangda bo’lgan. Junning malla rangi oq rangi ustidan dominantlik qiladi. Gomozigotali malla, geterozigotali malla va oq tulkilarning foizda ifodalangan nisbatini aniqlang.
Masalaning yechilishi:
oq rangli tulkilar genotipining uchrash chastotasini topamiz: aa = q2 =
9 : 10000 = 0,0009
a allelning chastotasi q = √q2 = √0,0009 = 0,03 yoki q = 0,03
A allelning uchrash chastotasi p = 1 – q = 1 – 0,03 = 0,97
AA genotipning uchrash chastotasi p2 = (0,97)2 = 0,9409
Aa genotipning uchrash chastotasi 2 pq = 2 (0,97 x 0,03) = 0,0582
Demak, dominant gomozigotali AA genotipli organizmlar 94,09% ni, geterozigotali Aa genotipli organizmlar 5,82% ni va retsessiv gomozigotali aa genotipli organizmlar 0,09% ni tashkil etadi.
230-masala. Populyatsiya 80% AA genotipli va 20% aa genotipli individlardan tashkil topgan. Populyatsiyada muvozanat tiklangandan keyingi AA, Aa, aa genotipli individlarning uchrash chastotalarini aniqlang.
231-masala. Populyatsiya 60% BB genotipli va 40% bb genotipli individlardan iborat. Xardi-Vaynberg qonuniga muvofiq, populyatsiyada muvozanat tiklangandan keyingi BB, Bb, bb genotiplarning uchrash chastotalarini aniqlang.
232-masala. Agar aa gomozigotali individlar populyatsiyaning 2 foizini tashkil qilsa, u holda AA, Aa genotiplarning chastotalarini aniqlang.
233-masala. Quyidagi populyatsiyalarda A alleli (p) va a alleli (q) ning uchrash chastotalarini aniqlang:
a) AA = 48%, Aa = 38%, aa = 14%;
a) AA = 54%, Aa = 36%, aa = 10%;
a) AA = 46%, Aa = 42%, aa = 12%.
234-masala. Makkajo’xori o’simliklari populyatsiyalarida albinos o’simliklar (aa) 0,0035 chastota bilan uchraydi. A va a allellarining hamda AA, Aa genotiplarining uchrash chastotalarini hisoblab chiqing.
Do'stlaringiz bilan baham: |