235-masala. 64000 tup javdar o’simligining 110 tupi retsessiv gomozigotali (aa) holatida bo’lgan albinos o’simliklardan iborat bo’lsa, A va a allellari hamda albinizm belgisini saqlovchi geterozigotali o’simliklarning uchrash chastotasi qanday bo’ladi?
236-masala. No’xat o’simligining 4 ta qizil gulli, lekin genotip bo’yicha geterozigotali (Aa) va 1 ta qizil gulli, lekin gomozigotali (AA) o’simliklarini bir necha avlod davomida ekib o’rganilgan. No’xat o’simligining o’z-o’zidan changlanib ko’payishini bilgan holda F4 da rivojlanadigan genotip va fenotiplarning nisbatini aniqlang.
237-masala. Ikkita populyatsiya quyidagi genotipik chastotalarga ega:
birinchisi - 0,24 AA, 0,32 Aa va 0,44 aa
ikkinchisi - 0,33 AA, 0,14 Aa va 0,53 aa.
Panmiksiya holatida keyingi avloddagi genotiplarning nisbati qanday bo’ladi?
238-masala. Quyidagi chastotalarga ega bo’lgan individlar guruhi mavjud: 1) 60% AA va 40% aa;
2) 50% AA, 30% Aa va 20% aa;
3) 30% AA, 40% Aa va 30% aa.
Panmiksiya holatida AA, Aa va aa genotiplarning ikkinchi avloddagi chastotasini aniqlang.
239-masala. Ayrim aholi populyatsiyalarida albinoslar (aa) 0,00005 chastota bilan uchraydi. A va a allelarining hamda AA va Aa genotiplarning populyatsiyadagi chastotasini aniqlang.
240-masala. yevropa populyatsiyalarida albinizm 7x10-10 miqdorda uchraydi. Populyatsiyada albinizmni tashuvchi 1 ta odam barcha odamlar sonining qanchasiga to’g’ri kelishini aniqlang.
241-masala. Retsessiv gen orqali belgilanadigan fruktozuriya aholi o’rtasida 7x10-5 chastotada uchraydi. Dominant va retsessiv allellarning hamda har xil genotiplarning populyatsiyadagi chastotalarini aniqlang.
242-masala. Populyatsiyada kasallik 400 kishidan 1 taga to’g’ri keladi. Kasallik tashuvchining hissasini va populyatsiyadagi genotiplarning chastotalarini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |