Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida
Vazirlar Mahkamasi 2020 yil 2 Sentyabr 535-son karoriga 1-ILOVA 23-bandiga asosan rad etish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko‘chmas mulk obyektlarining qonun asosidagi ipotekasi va ipoteka to‘g‘risidagi shartnomalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha SO‘ROVNOMA
- I. (yur.) Ariza beruvchi — yuridik shaxs to‘g‘risida ma’lumot
- II. Ko‘chmas mulk obyekti to‘g‘risida ma’lumot
- III. So‘rovnomaga ilova
- Ko‘chmas mulk obyektlarini ijaraga berish shartnomalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning MA’MURIY REGLAMENTI 1-bob. Umumiy qoidalar
1-bosqich |
Ariza beruvchi |
Ipotekani davlat ro‘yxatdan o‘tkazish uchun tijorat banklari, davlat notarial idoralari (vakolatli organlar) orqali murojaat qiladi va belgilangan miqdordagi to‘lovni amalga oshiradi |
O‘z xohishiga ko‘ra | |||
2-bosqich |
Vakolatli organ |
So‘rovnomani Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya milliy markazi (Markaz)ga yuboradi |
So‘rovnoma to‘ldirilishi bilan | |||
3-bosqich |
Markaz |
1. Ipotekani ro‘yxatdan o‘tkazadi, tegishli reyestrdan ko‘chirmani rasmiylashtiradi va uni vakolatli organga yuboradi. 2. Ipotekani ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etadi. |
1 ish kuni mobaynida | |||
4-bosqich |
Vakolatli organlar |
1. QR-kod (shtrixli kod) qo‘yilgan tegishli reyestrdan ko‘chirmani ariza beruvchining elektron manziliga jo‘natadi va ariza beruvchini bu xaqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. 2. Ariza beruvchining o‘zi kelib murojaat qilganda reyestrdan ko‘chirmani ariza beruvchiga beradi. |
Real vaqt rejimida | |||
Ko‘chmas mulk obyektlarining qonun asosidagi ipotekasi va ipoteka to‘g‘risidagi shartnomalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
2-ILOVA
__________________ (sanasi) |
_______________ (raqami) | |||
Ko‘chmas mulk obyektlarining qonun asosidagi ipotekasi va ipoteka to‘g‘risidagi shartnomalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha SO‘ROVNOMA | ||||
I. (jis.) Ariza beruvchi — jismoniy shaxs to‘g‘risida ma’lumot: | ||||
1. F.I.O.: | ||||
2. Pasport ma’lumotlari (seriyasi va raqami): | ||||
3. STIR (JShShR): | ||||
4. Yashash manzili: | ||||
5. Telefon raqami: | ||||
6. Elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa): | ||||
I. (yur.) Ariza beruvchi — yuridik shaxs to‘g‘risida ma’lumot: | ||||
1. To‘liq nomi: | ||||
2. STIR: | ||||
3. Joylashgan joyi: | ||||
4. Telefon raqami: | ||||
5. Elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa): | ||||
II. Ko‘chmas mulk obyekti to‘g‘risida ma’lumot: | ||||
1. Ko‘chmas mulk obyektining nomlanishi: (noturar joy toifasidagi obyektlar uchun): | ||||
2. Ko‘chmas mulk obyektining manzili (indeks, manzil, mo‘ljal): | ||||
3. Ko‘chmas mulkning kadastr raqami: | ||||
4. Siz ijtimoiy imtiyozga egamisiz? |
I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxs yoki Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (davlat xizmatlari narxi xizmatlar umumiy qiymatining 50 foizini tashkil qiladi) | |||
III. So‘rovnomaga ilova: | ||||
Ipoteka shartnomasi | ||||
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son qaroriga
3-ILOVA
Ko‘chmas mulk obyektlarini ijaraga berish shartnomalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning
MA’MURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament yuridik va jismoniy shaxslarga (keyingi o‘rinlarda — ariza beruvchi) tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarini ijaraga berish shartnomalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Bir yildan kam bo‘lmagan muddatga tuzilgan ko‘chmas mulk obyektlarini ijaraga berish shartnomasi (keyingi o‘rinlarda — Shartnoma) davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son)
Shartnoma davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran tuzilgan deb hisoblanadi va kuchga kiradi.
3. Shartnomaning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestriga (keyingi o‘rinlarda — Reyestr) tegishli yozuv kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
4. Shartnoma taraflar imzolaydigan bitta hujjat tarzida yozma shaklda tuziladi.
Shartnomaning shakliga rioya etmaslik uning haqiqiy hisoblanmasligiga olib keladi.
Fuqarolar o‘rtasida tuzilgan shartnoma davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilishi lozim.
5. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya milliy markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) shartnomani davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va Reyestrdan ko‘chirma taqdim etadi.
6. Davlat xizmatlari markazlari va Markaz o‘rtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi o‘rinlarda — ERI) majburiy tartibda qo‘llash orqali faqat idoralararo elektron tizim yordamida amalga oshiriladi.
7. Ko‘chmas mulk obyektlarini ijaraga berish shartnomalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
Download 1.82 Mb.
Do'stlaringiz bilan baham:
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling