3-bob. Yakunlovchi qoidalar
19. Davlat xizmatlari markazlari va Markaz o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlaydi.
20. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini, shu jumladan YIDXP orqali doimiy nazorat va monitoring qilib boradi.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
22. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ko‘chmas mulk obyektlarini ijaraga berish shartnomalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
1-ILOVA
Ko‘chmas mulk obyektlarini ijaraga berish shartnomalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
SXEMASI
Bosqichlar
| |
Subyektlar
| |
Tadbirlar
| |
Bajarish muddatlari
| | | | | | | |
1-bosqich
| |
Ariza beruvchi
| |
Shartnomani davlat ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat qiladi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladi va belgilangan miqdordagi to‘lovni amalga oshiradi
| |
O‘z xohishiga ko‘r�
| | | | | | | | | | |
2-bosqich
| |
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
| |
So‘rovnomani Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya milliy markazi (Markaz)ga yuboradi
| |
So‘rovnoma to‘ldirilishi bilan
| | | | | | | | | | |
3-bosqich
| |
Markaz
| |
1. Shartnomani ro‘yxatdan o‘tkazadi, Reyestrdan ko‘chirmani rasmiylashtiradi va uni Davlat xizmatlari markazlariga yuboradi.
2. Shartnomani ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etadi.
| |
1 ish kuni mobaynida
| | | | | | | | | | |
4-bosqich
| |
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
| |
QR-kod (shtrixli kod) qo‘yilgan Reyestrdan ko‘chirmani ariza beruvchining elektron manziliga jo‘natadi va ariza beruvchini bu xaqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. O‘zi kelib murojaat qilganda Reyestrdan ko‘chirmani ariza beruvchiga beradi.
| |
Real vaqt rejimida
| | | |
Ko‘chmas mulk obyektlarini ijaraga berish shartnomalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
2-ILOVA
__________________
(sanasi)
| |
________________
(raqami)
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |