Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi ning maqsadi. Reja: Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi
Download 325.26 Kb. Pdf ko'rish
|
Pedagogika 20 ta lik
SHarq
allomalarining pedagogik qarashlari Abu Nasr Forobiyning asarlaridagi pedagogik fikrlar. Asarlari: ≪Baxt-saodatga erishuv to‘g‘risida≫, ≪Fozil odamlarshahri≫, ≪Aql ma’nolari haqida≫, ≪Shahami o‘rganish haqida≫ va boshqalar. Pedagogik qarashlari: • Forobiy birinchi bo‘lib ta’lim va tarbiyaga ta’rif bergan olimdir: Ta’lim - so‘z va o‘rganish bilangina amalga oshiriladi. Tarbiya - esa amaliyot, ish-tajriba bilan amalga oshiriladi. • Ta`lim-tarbiya ikki yo‘l bilan amalga oshiriladi: qanoatbaxsh, ilhomlantiruvchi so‘zlar va majbur etish. • Har kimki ilm, hikmatni desa, uni yoshligidan boshlasin, so‘zining ustidan chiqsin, yomon ishlardan saqlanadigan bo‘lsin, hiyonat, makr va hiylalardan uzoq bo‘lsin, diyonatli bo‘lsin, ilm va ahli ilmdan mol-dunyosini ayamasin. • Inson yaxshi tarbiya ko‘rmagan va turmushda yaxshi tajriba orttirmagan bo'Isa, u ko‘p narsalarni nazarga ilmay va ulardan jirkanadi. Bunday narsalar unga noo‘rin bo‘lib ko‘ringan narsalar zaruriy bo‘lib chiqadi. Abu Rayhon Beruniyning ilmiy-pedagogik qarashlari. Asarlari: ≪Minerologiya≫, ≪Geodeziya≫, ≪Hindiston≫, ≪Qadimgixalqlardan qolgan yodgorliklar≫, ≪Saydana≫ va boshqalar.Ilmiy-pedagogik qarashlari: • Beruniy insonni tabiatning eng oliy kamoloti deb qaraydi. U insonning ma’naviy qiyofasidagi barcha axloqiy xislatlami yaxshilik va yomonlik kabi ikki turga bo‘ladi. • Beruniy ta’limotiga ko‘ra inson kamolotida uch narsa muhim rol’ o'ynaydi: l.Irsiyat. 2.Muhit. 3.Tarbiya. • Beruniyning ilmiy bilimlami egallash yo‘llari, usullari haqidagi fikrlari hozirgi davr uchun ham dolzarbdir. U o‘kuvchiga bilim berishda: - o‘quvchini zeriktirmaslik; - bilim berishda bir xil narsani yoki bir xil fanni o‘rgatavermaslik; - uzviylik, izchillik; - yangi mavzulami qiziqarli, asosan, ko‘rgazmali bayon etish va xokazoga e’tibor berish kerakligini uqtiradi. Abu Ali ibn Sinoning pedagogik qarashlari. Asarlari: ≪Tadbir al-Manozil≫, ≪Tib qommlari ≫ ≪Axloq haqida risola≫,≪Burch haqida risola≫, ≪Al-konun≫, ≪Ishq hakida risola ≫, ≪Xay ibn- Yakzon ≫, ≪Donishnoma≫ va boshqalar. O‘rta asr ijtimoiy - falsafiy fikr taraqqiyoti mutafakkir Abu Nasr Forobiy nomi bilan bogiiq boiib, uning inson kamoloti haqidagi taiimoti ta’lim - tarbiya sohasida katta ahamiyatga ega. Mashhur Yunon faylasufi Arastudan keyin Sharqda o‘z bilimi, fikr doirasining kengligi bilan nom chiqargan Forobiyni yirik mutafakkir - “Muallimiy soniy” - “Ikkinchi muallim” deb ataydilar. Ba’zi manbalarda Forobiy 70 dan oshiq tilni bilganligi haqida gapiriladi. Abu Nasr Forobiy qomusiy olim hisoblanadi. Tadqiqotchilar uning 160 dan ortiq ilmiy asarlar yaratganligini qayd etadilar. Forobiy inson baxt – saodatga erishuvi uchun ularni baxtli - saodatli qila oladigan jamoa rahbaribo`lishi kerak deydi.U o‘zining “Baxt saodatga erishuv yoilar haqida risola” asarida “Davlatningvazifasi insonlami baxt - saodatga olib borishdir, - deb yozadi. U,- bu esa ilm va yaxshi axloq yordamida qo`lga kiritadi”. “Fozil odamlar shahri”, “Baxt saodatga erishuv to‘g‘risida”, “Ixso-al-ulum”, “nmlaming kelib chiqishi”, “Aql ma’nolari to‘g‘risida” kabi asrlarida ijtimoiy-tarbiyaviy qarashlari o‘z ifodasini topgan. Forobiy o‘z ishlarida ta’lim-tarbiyani uzviy birlikda olib boorish haqida ta’lim bergan bo‘Isa ham, ammo har birining insonni kamolga yetkazishda o‘z o‘mi va xususiyati bor ekanligini alohida ta’kidlaydi. Forobiy ≪Baxt-saodatga erishuv to`g`risida≫ asarida bilimlami o`rganish tartibi haqida fikr bayon etgan. Uning ta`kidlashicha, awal bilish zarur boigan ilm o`rganiladi, bu - olam asoslari haqidagi ilmdir. Uni o`rgangach, tabiiy ilmlami, tabiiy jismlar tuzilishini, shaklini, osmon haqidagi bilimlami o`rganish lozim. Undan so`ng, umuman, jonli tabiat o‘simlik va hayvonlar haqidagi ilm o`rganiladi, deydi. Forobiy ta’lim va tarbiyaga birinchi marta ta’rif bergan olim sanaladi. Download 325.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling