Kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi


Elektron darsliklar yaratish va undan foydalanish


Download 1.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/29
Sana18.06.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1588832
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
Mamajonova G.K. БЛИ

 
Elektron darsliklar yaratish va undan foydalanish
 
Hozirgi kunda dunyoda ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga juda katta 
e’tibor qaratilmoqda. Chunki yuqori malakali mutaxassislarga ehtiyoj kundan kunga 
ortib bormoqda, yangi kasblar paydo bo‘lmoqda, ammo hozirgi kunda ish 
beruvchilarni mutaxassislarni tayyorlash jarayonida olgan bilim, ko‘nikma, malakalari 
qoniqtirmayapti. Shu bilan bir qatorda tegishli axborotlar miqdori keskin oshib 
bormoqda. Hozirgi ilmiy texnik taraqqiyot davrida kadrlar malakasini oshirish va 
6
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning O‘zbekiston yoshlar ittifoqi qurultoyida 
so‘zlagan nutqi. 2017 yil 30 iyul. 


11 
ularni qayta tayyorlash talab etiladi. Shuning uchun ham ta’lim sifati va 
samaradorligini oshirish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Bugungi kunda oliy ta’lim jarayonida darslik axborot uzatishning asosiy vositasi 
hisoblanmoqda. Shu bilan bir qatorda O‘zbekiston Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim 
sifati va samaradorligini oshirish uchun kompyuter-texnologiyalardan keng 
foydalanilmoqda: turli o‘quv, o‘quv-uslubiy materiallar, vaziyatli masalalar va 
laboratoriya ishlarini bajarish kompyuter texnologiyalari orqali amalga oshirilmoqda. 
Kutubxonalarda darsliklarning elektron nushalaridan keng foydalanish yo‘lga 
qo‘yilgan. Elektron nushalarni tayyorlashning birdan bir yutug‘i – uning arzonligi 
(tipografik harajatning yo‘qligi), tarqatishning (internet tarmoqlari orqali) va ma’lum 
atamalarni izlashning qulayligidir.
Ta’lim samaradorligini oshirish shakllaridan biri – elektron darsliklarni yaratish 
hisoblanadi. Elektron darslik (ED) bu – alohida fanni o‘rganishning kompleks axborot 
uslubiy va dasturiy vositasi bo‘lib, u bilimni tekshirish, o‘z-o‘zini nazorat qilish kabi 
masalalardan iborat bo‘lib, ular qayta bog‘lanishni ta’minlaydi. ED quyidagi asosiy 
pedagogik vazifalarni bajaradi:
— 
Fan, uning asosiy tushunchalari va strukturasi bilan birlamchi tanishish;
— 
Fanning turli darajada chuqur va har tomonlama o‘rganish;
— 
Bilim va ko‘nikmalarni nazorat qilish va baholash;
— 
Ma’lum faoliyat turi bo‘yicha qobiliyatni taraqqiy ettirish; 
— 
Bilim va ko‘nikmalarni qayta tiklash.
Elektron darsliklardan ta’limning turli bosqichlarida foydalanish mumkin: 
maktablarda, liseylarda, kollejlarda, institut hamda malaka markazlarida. Shuning 
uchun ham ko‘p mamlakatlarda, ayniqsa Yevropa davlatlarida va AQShda elektron 
darsliklar yaratilmoqda (Dukulis, 2004, Mathye, 2004, L.V. Zayseva, V.N. Popko 
2006).
Hozirgi davrda elektron darsliklarnig 2 xil turi mavjud: internet muhitida 
(intranet) va kompakt disklarda. Ushbu elektron darsliklarni umumiy va bir-biridan 
farq qiluvchi jixatlari mavjud. Ikkala holatda ham shaxsiy kompyuterdan foydalangan 
holda istalgan joyda va istalgan vaqtda elektron dasliklardan fan bo‘yicha bilimlarni 


12 
olish mumkin. Ammo internet muhitida mavjud bo‘lgan ED bir qator afzalliklarga ega. 
Undan bir vaqtning o‘zida ko‘plab talabalar foydalanishi mumkin. O‘qituvchi esa 
talabalar faoliyati natijalari bilan tanishgan holda, o‘quv jarayonini optimallashtirish 
bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilishi mumkin.
Elektron darsliklarning ikkala turi ham talabalar uchun foydali. Rivojlangan 
mamlakatlarda elektron darsliklar tayyorlashda internet tarmog‘idagi saytlardan keng 
foydalanilmoqda. Hozirda, ko‘pgina elektron darsliklar ma’lum mantiq asosida 
tuzilgan saytlarni eslatadi. Bugungi kunda bunday elektron darsliklarni yaratish ancha 
ahamiyatli hisoblanadi.
Birinchidan, elektron darslikdan foydalanuvchi uchun katta qulayliklar mavjud. 
Ikkinchidan, dasturchilar elektron darslikni yaratgandan keyin ular uchun bu ish tanish 
bo‘lib qoladi, qayta bajarish oson bo‘ladi. Uchinchidan, elektron darsliklardan 
foydalanishni qulay qilish uchun elektron darsliklarni yaratishda sayt yaratuvchilar 
taklif etgan qoidalardan foydalanish mumkin. Barcha ma’lum sayt turlarida elektron 
darsliklar ko‘proq “sayt-buklet”ni eslatadi. Bunday sayt-bukletlar bir necha 
bo‘limlardan iborat bo‘lishi mumkin. Bizning nazarimizda ularni quyidagi qismlarga 
bo‘lish mumkin: bosh sahifa, matn, nazorat savollari, glossariy, personaliy, manbalar, 
mualliflar, testlar, prezentasion materiallar, video-audio materiallar.
Elektron darslikning asosiy xususiyatlaridan biri uning barcha qismlarining bir-
biriga uzviy bog‘liqligi. Darslikning ma’lum bir qismidan tezda ikkinchi boshqa 
qismiga o‘tish imkoniyati mavjud. Masalan, o‘quvchi darslikning aosiy matni bilan 
tanisha borib, undagi ma’lum bir atama bilan qiziqib qoldi. Shunda o‘quvchi 
sichqonchani ushbu atamaga bosib, kitobning glossraiy qismiga o‘tadi. O‘zi qiziqqan 
atamaning mazmuni bilan qiziqqanda u ushbu atamaning muallifini aniqlaydi va 
muallifning familiyasiga sichqoncha bilan bosib personaliy qismiga, keyin esa 
manbalarga o‘tadi.
Elektron darsliklar offline va online rejimida qayta bog‘lanishni tashkil etish 
imkoniyatini yaratadi. Elektron darsliklarni o‘quv jarayonida qo‘llash talabalarning 
faolligini oshiradi, o‘z bilimini oshirish uchun qiziqish (motivasiya)ni shakllantiradi. 
Bo‘lajak mutaxassislarda o‘zini ijodiy namoyon etish uchun qulay sharoit yaratadi, 


13 
ta’lim subyekti bilan kommunikativ bog‘lanishda yuzaga keladigan psixologik 
muammolarni bartaraf etadi.
Yuqorida eslatib o‘tilgan tavsiyalarni inobatga olgan holda, elektron darsliklarni 
muvaffaqiyatli yaratish imkoniyatlari tug‘iladi.
Elektron darsliklarni baholashning asosiy me’zonlari:
Qo‘llashning qulayligi. Har qanday axboriy-tizim uchun ushbu mezon o‘ta 
muhim hisoblanadi. Qo‘llay olishlik deganda, tizimning qanchalik foydalanish uchun 
qulayligi yoki inter feys tizimining soddaligi, ulardan tez va tushunarli kerakli 
axborotlarni topish imkoniyati.
O‘qishga qulaylik. Ko‘pgina tizimlarda matndan haligacha keng foydalaniladi. 
Shuning uchun ham matn, o‘qish uchun juda qulay oddiy, sodda va ravon yozilgan 
bo‘lishi kerak. Bunda matnning o‘lchami, shrifti, rangi to‘g‘ri tanlangan bo‘lishi 
lozim.
Jalb eta olishlik. Jalb etishlik faqat moda orqasidan quvish, yorqinlik, rang-
baranglikkina bo‘lmasdan, balki yuqori darajadagi dizayn, interfeyslarni chiroyli 
gormonik hamda foydalanuvchiga yoqadigan tarzda yaratish deganidir.
Stilning birligi. Dizaynning barcha elementlari bitta stilda bajarilgan bo‘lishi 
kerak. Ular bir-birini to‘ldirishi, bir-biriga o‘xshashi va garmonik tarzda bir-birini 
davom ettirishi kerak.
Maqsadga moslik. Axborot tizimini tuzishda asosiy maqsad nimadan iborat 
ekanligiga qarab, dizaynlar yaratilishi lozim.
Shuni esda tutish lozimki, elektron darslikni eng kamida 3 ta mutaxassis 
yaratishi kerak: matn muallifi, dizayner, programmist. Bizningcha, elektron darslikni 
yaratishda kafedra xodimlarining ko‘pchiligini jalb etish mumkin.
Elektron darsliklar, ularning ahamiyati shakllari va ularni yaratilishiga bo‘lgan 
talablar haqida qisqacha bayon etar ekanmiz, bizningcha O‘zbekistonda doktrinal 
darajada elektron darsliklarning yagona standartlarini shakllantirish hozirgi kunning 
dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. 

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling