Kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi
Download 1.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Mamajonova G.K. БЛИ
16 Talabalarda ijodiy fikrlashni rivojlantirishda informasion ta’lim texnologiyalarini imkoniyatlari Ta’lim berish tizimining asosiy maqsadlaridan biri, jamiyatga kerakli malakali mutaxassisni tayyorlashdir. Yosh mutaxassis doimo murakkablashib borayotgan ma’lumotlarni qabul qilishda qiyinchilik sezmasligi uchun oliy o‘quv yurtlari oldida kreativ, ijodiy fikrlovchi shaxs tayyorlash vazifasi turadi. Bu xususiyatlarni rivojlantirish uchun kreativlikni rivojlantiruvchi metodikalarni qo‘llash mumkin. Masalan, nostandart masalalarni yechish, lekin bunda talaba ba’zi yangi yechim usullarinigina eslab qoladi va qo‘llaydi. Kreativlikni talabalarda rivojlantirish uchun yana bir tizim Moodle ta’lim tizimi qo‘l keladi. Ӯqituvchi bu tizimda o‘quv kursini o‘zi ishlab chiqadi. Uning doirasida o‘qituvchi ta’lim jarayonida bilish va kommunikativ faoliyatlarni qo‘llab turish uchun bu tizimda quyidagilarni tashkil etishi mumkin; forum va chatlar orqali talabalarni o‘zaro va o‘qituvchi bilan muloqotini, veb-saxifalarda o‘quv kontentini elektron ko‘rinishda joylashtirish, test va nazorat vazifalarini bajarish orqali nazorat qilish. «Elektron ma’ruza» elementi orqali o‘quv materialini qiziqarli va tushunarli shaklda o‘rganishga imkon beradi, ijodiy fikrlashni rivojlantiradi. Shu maqsadda har bir ma’ruza oxirgi betida savol beriladi. «Forum»larda talabalar berilgan turli savollarga yuborgan javoblarini muxokama qilish va baxolash imkoniyati bor. «Glossariy» elementi auditoriyadan tashqari mustaqil ishi davomida talabalar elektron kursni kalit terminlarini taxrir qilishi mumkin. Shunday qilib, ta’lim tizimini boshqaruvchi Moodle elektron ta’lim tizimida ijodiy jarayonni katalizatorlari bor, ular o‘qituvchi tomonidan talabalar oldiga ijodiy masalalar qo‘yilsagina yuzaga chiqadi. Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling