Kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi
Modulli o‘qitish – innovatsion pedagogik texnologiyaning tarkibiy qismi sifatida
Download 1.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Mamajonova G.K. БЛИ
Modulli o‘qitish – innovatsion pedagogik texnologiyaning tarkibiy qismi sifatida
Bugungi kunda respublikamiz va xorijda yuz berayotgan o‘zgarishlar ta’lim sohasi oldiga ko‘plab vazifalarni qo‘ymoqda. Bu vazifalarni amalga oshirish bizdan 17 umum madaniy dunyoqarashini kengaytirishni, umumiy va professional omilkorlikni doimiy ravishda oshirib borishni, mustaqil faoliyat yurgizib, muammoli sharoitlardan chiqib keta olishni, puxta bilim, ko‘nikma va malakalarni, tashabbuskorlik va tadbirkorlik kabilarni talab kiladi. Bu borada pedagogik texnologiyaning milliy modelini ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etish yulida o‘quv fanlari mashg‘ulotlarining loyixalarini tuzish, o‘quv jarayoni loyixalarini tuzishda modulli o‘qitish nazariy jihatdan asoslangan bo‘lib, uni ta’lim jarayoniga tatbiq etish mexanizmini yaratish dolzarb masaladir. Modul so‘zining asl ma’nosi «Model» (frans. Modele- namuna, lotincha - modulus- o‘lchov) shartli obraz (ko‘rgazma, sxema va b.) ya’ni obyekt yoki obyektli tizim ma’nolarini bildiradi. Modul - «Maqsadli funksional tugun: uni egallashning o‘quv mazmuni va texnologiyasi». Shunday qilib, modul o‘z tarkibiga harakatlarning maqsadli rejasini - «funksionallik», «axborotlar banki o‘quv mazmuni» va qo‘yilgan didaktik maqsadlarga erishish buyicha metodik boshkaruv - «texnologiya» yoki o‘quv kursining ta’lim dasturi fragmentiga («blokka», «funksional tushuncha») muvofiq keluvchi mantiqiy aloqa bilan umumlashgan, bilim, ko‘nikma va malakalarining yakuniy birligidir. Modul - ta’lim-tarbiya jarayonidagi o‘quv materialining qo‘yilgan maqsadi, bilimlarning mantiqiy bog‘liqligi va fikrning tutallanganligidan kelib chiqib, ierarxiya pog‘onalarga ajratilgan bo‘laklari yoki modul - pedagogik texnologiyani tashkil qiluvchi tarkibiy bo‘laklarni ifoda etuvchi tushuncha. Bunda kichik tarkibiy bulakni kichik modul, boshqalarini esa o‘z ichiga qancha shunday modulni olishiga qarab o‘rta va katta modullar deb ataladi. Modulli o‘qitish texnologiyasi, mazmunli yondashuvni ifodalaydi Modulning elementi esa moduldagi o‘quv axborotining tarkibini aniqlovchi, modulning tarkibiy kismi xisoblanadi. Ch.Mirzayev fikricha, modul - ma’lum xodisa, qonun, bo‘lim, yirik mavzu yoki o‘zaro bog‘lik tushunchalar guruxini o‘z ichiga oladi yoki o‘quv materialining mantiqan tugallangan birligi bo‘lib, o‘quv fanining bir yoki bir iecha fundamental 18 tushunchalarini o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, modulni ba’zan bo‘lim yoki blok deb xam tushunishadi. Modul - bu o‘quv axborotining mantiqiy ajratilgan bir qismi bo‘lib, u bir butun va tugallangan mazmun xamda uzlashtirish nazoratidan iborat. Modul o‘qitish usuli asosida fan o‘quv mashgulotlarining loyihalari tuzib chikiladi. O‘kuv predmeti va uning bo‘limlari mazmunini tartibga solib, ta’limning muayyan boskichidan boshlab yo‘naltirilgan faoliyatni mantikiy bog‘langan kismlarga ajratgan xolda, modulning o‘ziga tegishli maksad, faoliyat mazmuni va ta’sir doirasi belgilanadi. Ya’ni, o‘quv predmetini bir butunlikda «Eng katta modul» deb qabul qilib, unda beriladigan materiallarni hajmi va mazmunidan kelib chiqib, - «Katta», «O‘rta» va «Kichik» modullarga ajragiladi va bu jarayonda ishtirok etadigan barcha elementlarni - «Maqsad va maqsadchalar», ularga ajratilgan «Vaqt», «Bilimlar tizimi va ular ichidagi tayanch tushunchalar», «O‘quv mashg‘uloti «Turi va tipi», «Pedagogik uslublar», «Axborot texnologiyalar» va «Didaktik materiallar»ning o‘zaro uzviy bog‘likdiqda ko‘rib, har birini qo‘llash joylari va yo‘llari aniqlanib, o‘quv mashg‘ulotining loyihasiga belgilab qo‘yiladi. Ushbu jarayonda sodir bo‘layotgan har bir faoliyat o‘quv elementa sifatida karaladi. U nazariy va amaliy va ta’lim uchun zarur bo‘lgan faoliyatni ta’minlovchi materiallar, o‘qituvchi va ta’lim oluvchilarning maksadlari, o‘kuv materiali hajmi va o‘kuv sharoitini nazorat qilish shakl, vositalaridan iborat bo‘ladi. Xulosa kilib aytganda, ta’lim tizimida joriy etilayotgan ushbu modulli texnologiyalar bugungi kunda o‘ziga xos ahamiyatga ega bo‘lib, ularni takomillashtirish va samaradorligini ta’minlash orqali ijobiy natijalarga erishish mumkin, qolaversa bilim, ko‘nikma va malakalar shakllanishini boskichma-boskich ta’minlab beradi. Ta’lim oluvchi modullar bilan ishlash jarayonida o‘kuv-bilim faoliyati oldiga qo‘yilgan maksadga mustakil ravishda to‘lik erishadi. O‘qigiladigan fanlarning o‘quv mashg‘uloti va ularning loyihalarini tuzib chikishda asosiy hisoblanadi. Bu esa ta’lim oluvchilarni o‘quv materialini samarali uzlashtirishlarini ta’minlaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling