Kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi
Download 1.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Mamajonova G.K. БЛИ
24 OTM o‘quv jarayonlarini tashkil etish va natijasini baholashda innovatsion yondashuv Jahonning barcha oliy ta’lim muassasalarida oliy ta’lim sifati, ya’ni sifatli kadrlar tayyorlash hamma vaqt ham dolzarb masala bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Sifat masalasi, ayniqsa, XX asrning oxiri va XXI asrning boshlarida yana ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Hozirgi kunda butun dunyo bo‘ylab globallashuv jarayonlarining rivojlanishi natijasida, axborot-kommunikasion texnologiyalardan keng foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ta’lim tizimida ham zamonaviy texnologiyalarning joriy etilishi, tizimning sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilanishi, mehnat unumdorligining oshirilishiga xizmat qilishi shubhasizdir. Ta’limni modernizasiya va isloh qilish jarayonlari oliy ta’lim tizimida, ayniqsa, yaqqol namoyon bo‘ladi. Bu yerda dars berish jarayonida yangi texnologiyalar ta’lim sifatini oshirish maqsadida doimiy ravishda joriy etiladi. O‘z-o‘zidan ravshanki, ta’lim tizimini isloh qilish jarayoni mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning zaruriy omili hisoblanib doimiy xarakterga ega. Bu jarayonda oliy ta’lim sifatini ta’minlash jarayonlariga ilg‘or xorijiy tajribalar va modullarni tatbiq etish muhim ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qoladi. Shu bilan birga axborot-texnologiyalarning keng joriy qilinishi mamlakat iqtisodiyotini o‘sishiga ham zamin yaratadi. Hozirgi kunda “jahon miqyosida yaratilayotgan yalpi ichki mahsulotning taxminan 5,5 foizi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga to‘g‘ri kelmoqda. Koreya Respublikasining yalpi ichki mahsulotida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ulushi 11,8 foizdan ziyodni, Shvetsiyada 7 foizni, Amerika Qo‘shma Shtatlarida esa 6,8 foizni tashkil etadi”. O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ta’lim tizimi faoliyatini takomillashtirish borasidagi qator qarorlarining qabul qilinishi Respublika ta’lim tizimida muhim voqea bo‘lib hisoblanadi. Bu hujjatlarda respublika ta’lim muassasalarida yuqori malakali, bilimdon kadrlar tayyorlashning usul va yo‘llari, bosqichlari aniq belgilab berilgan va ular ta’lim sohasida amalga oshiriladigan islohotlarning amaliy dasturlari hisoblanadi. Bu esa o‘z navbatida ta’lim tizimi sifatini 25 oshirishga xizmat qiladi. Yukoridagilarni inobatga olgan xolda biz ta’lim sifatini oshirishda quydagi innavasion yondashuvni taklif qilamiz: Oliy ta’lim tizimida o‘quv jarayoniga internet texnologiyalari asosida ommaviy onlayn ochiq kurslarini keng joriy etish va yanada rivojlantirish lozim. Respublikamizda Blended learning asosida oliy ta’lim tizimini tashkil etishni yo‘lga qo‘yish, takomillashtrish, ommalashtirish, aralash ta’lim bo‘yicha rivojlangan davlatlar tajribasini chuqur o‘rganish hamda aralash ta’lim milliy modeli ishlab chiqish zarur. Professor-o‘qituvchilarni ta’lim tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha ta’lim muassasasida o‘quv-seminarlar tashkil qilish (bu bo‘yicha kerak bo‘lsa boshqa yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan mutaxassislarni jalb qilish). Fanlarni o‘qitish bo‘yicha xorijiy davlatlarda olib borilayotgan jarayonlar bilan muntazam tanishib borish va ta’lim muassasalariga joriy qilish. Talabalarni internet va interanet muhitida biometrik usul asosida identifikasiyalash orqali nazorat ishini va davomatni tashkillashtirish imkoniyatini beruvchi dasturni boshqa OTMlarga joriy etish. Loyihada taklif etilgan biometrik ma’lumotlarga asoslangan elektron dekanat tizimini an’anaviy ta’lim jarayonini tashkil etishda joriy etish va elektron yo‘qlama tizimi bilan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan taklif etilgan elektron jurnal tizimi bilan o‘zaro intagrasiyasini yo‘lga qo‘yish zarur. Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling