Kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi


Ta’lim olish va dars berish jarayonida messendjerlarning


Download 1.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/29
Sana18.06.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1588832
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29
Bog'liq
Mamajonova G.K. БЛИ

 
Ta’lim olish va dars berish jarayonida messendjerlarning
innovatsion ahamiyati
 
Zamonaviy texnologiyalar hayotimizga jadallik bilan kirib keldi. Har bir 
intellektual rivojlangan inson raqamli texnologiya va internetsiz kundalik xayotini 
tasavvur eta olmasligi oydinlashib bormoqda. Ilm olish mobillashib borayotgan 
bugungi kunga kelib o‘rganish istagida bo‘lgan xar bir shaxs oldida ulkan imkoniyatlar 
eshigi ochilmoqda. Ulardan biri masofaviy ta’lim, onlayn vebinar va seminarlarni 
misol sifatida ko‘rsatishimiz mumkin.
Hozirda ta’lim tizimini bir nuqtadan turib, keng qamrab olayotgan yan 
texnologiya bu telegram bot va kanallardir. Telegram – krossplatformli messendjer, 
ya’ni turli formatdagi mediafayllarni o‘zaro almashinish funksiyasiga ega eng qulay 
dastur bo‘lib xisoblanadi. Misol uchun 2018 yilning mart oyida 200 million nafar 
iste’molchi uni tanlaganligi aniq bo‘ldi. O‘z ishida boshqa serverlardan foydalanishi, 
maxsus chat-botlarni yaratilishi esa uning ishlash tezligini beqiyos darajaga olib 
chiqdi.
Uning yutug‘i vaqtni tejashligi, boshqa internet brauzerlar yordamidan 
foydalanmasligi, robot so‘zidan olingan bot dasturlarning internetdagi barcha 
ma’lumotlarni o‘zida qamrab ololganligi, funksiyasining tun-u kun bajarilishi, 


22 
foydalanuvchining istalgan so‘roviga qisqa vaqt ichida javob olishligi, ta’lim olish 
jarayonini samaradorligini oshirishidir.
Dars berish jarayonida talabaning hayot tarzi, u qiziqqan sohalar, darslardan 
keyingi bandligi, qo‘shimcha darslarga borishi, darslardan so‘ng ishlashi, 
kutubxonalarda adabiyotlarning kamligi hisobga olinsa, talabaga berilgan vazifalar o‘z 
vaqtida bajarilmasligi ehtimoli yuqori. 
Telegram bot loyihasining qisqacha mazmuni quyidagilardan iborat:
Istalgan joyda talaba falsafa fani uchun maxsus ishlab chiqilgan telegram bot 
ilovasi orqali o‘quv reja va ishchi dastur asosidagi kerakli mavzuni
internet tarmog‘iga 
ulanib bir marta yuklab olib, o‘qishi, eshitishi, bu mavzuga oid videolavxalarni 
ortiqcha harakatlarsiz tez fursatda ko‘ra olishi mumkin.
Diktor tomonidan o‘qib berilgan mavzular avval yozib olinib, ovozli fayllar 
ko‘rinishida botga yuklanadi. Talaba ish bilan band bo‘lgan vaziyat yoki bo‘sh 
vaqtida, jamoat transportida ketayotgan vaqt davomida vazifa qilib berilgan mavzuni 
eshitishi mumkin.
Bir marotaba yuklab olgach, keyinchalik internet tarmog‘iga ulanmagan 
holatda ham bu ishlarni amalga oshira oladi.
Botga biriktirilgan internet sahifalardagi oftalmologiya faniga oid dunyodagi 
eng so‘nggi ma’lumotlar, maqolalar, videolar avtomatik tarzda administrator 
ishtirokisiz botda yoritilib boriladi.
Dars beruvchi professor – o‘qituvchining xar safar bajaradigan kunlik ish va 
vazifalarini algoritmga solib, darsni olib borish jarayonini avtomatizasiyalashtirib 
beradi. Bu bilan darsning muayyan bir e’tiborga molik jixatlariga urg‘u berish uchun 
o‘qituvchida ko‘proq vaqt qoladi.
Loyihani keng qamrovli amalga oshirishning asosiy bosqichlari:
— 
Har bir ta’lim yurtidagi kafedra telegram tarmog‘ida o‘z botini yaratadi; Talaba 
ta’lim olishi va o‘z ustida ishlashi uchun zarur bo‘lgan barcha darsliklar elektron 
shaklda mavzular asosida kafedra botiga joylashtiriladi;
— 
Xar bir mavzuga oid videolavxalar manzili va ovozli matn tegishli mavzuga 
biriktiriladi;


23 
— 
Botning manzili talabalarga beriladi. Bu bilan talaba fan boshlanmasidan va 
unga kelmasdan turib oldindan vazifalarni bilishi, ularga tayyorlanib kelishi 
imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Ayniqsa falsafa faniga qiziqqan yoshi katta yoki xarakati cheklangan, nogiron 
insonlar o‘zlari uchun qiziq bo‘lgan ma’lumotlarni professional ko‘rinishda masofadan 
turib o‘rganishlari mumkin.
Telegram botlarning afzalligi shundaki, bu robotlar siz oldindan yuklab 
qo‘ygan vazifalaringizni, foydalanuvchi talabiga ko‘ra muloqot oynasiga tez fursatda 
chiqarib bera oladi. Unda siz so‘rovnomalar o‘tkazishingiz, kunlik test imthonlarini bir 
vaqtning o‘zida barcha talabalardan olishingiz, yangiliklarni ta’lim oluvchilarga 
birvarakayiga yetkazishingiz, oldindan kiritilgan mavzularingizni yangilab borishingiz, 
qo‘shimcha ma’lumotlarni istalgan vaqtda kiritishingiz, xar bir talabani bilim olishini 
masofaviy nazorat qilishingiz mumkin.
Botni yaratib qo‘yishning o‘zi yetarli emas. Zamonaviy talablarga ko‘ra uni 
mukammallashtirish, to‘ldirish, sinash, yangi strategiya va algoritmlar ishlab chiqish 
kerak bo‘ladi.
Hozirda internet tarmoqlarida kerak va keraksiz ma’lumotlar xaddan ortiq ko‘p 
bo‘lib, izlanuvchini vaqtini oladi. Botlar esa olinayotgan bilim miqdori va sifatini 
oshirib, zamonaviy, o‘z jonli xaritasiga ega onlayn kutubxona vazifasini bajaradi. 
Sababi ularga oldindan o‘qilishi lozim bo‘lgan saralangan ma’lumotlar joylanadi. 
Talaba bir vaqtning o‘zida bir nechta o‘quv adabiyotida berilgan bir xil mavzularni 
ortiqcha xarakatlarsiz yuklab olib, ularni o‘qiy oladi.
Yaratilgan botning yutug‘i shundaki onlayn publikasiyalar servisi 
hisoblanadigan telegraf platformasidan samarali foydalanganligidadir. Bunda 
tanlangan menyu yoki mavzular foydalanuvchiga doimo aniq, qulay ko‘rinishda 
yetkazilib beriladi. Ya’ni «instant view» (zudlik bilan ko‘rish) funksiyali tugmani 
bosgan xolatda, talaba oldida kitob saxifasi yuzaga keladi. Bu mavzu yoritilgan 
saxifani keyinchalik oflayn rejimida ham o‘qishlik mumkin.

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling