Kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi


I.2. “Hozirgi zamonda etika va estetikaning dolzarb muammolari” mavzusini


Download 1.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/29
Sana18.06.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1588832
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29
Bog'liq
Mamajonova G.K. БЛИ

I.2. “Hozirgi zamonda etika va estetikaning dolzarb muammolari” mavzusini 
o‘qitishdagi innovatsiyalar va ilg‘or xorijiy tajribalar 
Bo‘lajak mutaxassilarni tayorlashda, zamonaviy o‘quv jarayonlarni tashkil 
qilish va ta’lim berishda bo‘lgan yangicha yondoshish, innovatsion ta’lim 
texnologiyalarini qo‘llashni talab etadi. Hozirgi zamon o‘qituvchisi ilmiy bilimning 
uzatuvchi(translyator)si bo‘libgina qolmay, o‘zi mustaqil ravishda dars berishning 
optimal strategiyasini tanlay olishi, zamonaviy ta’lim va axborot texnologiyalarini 
qo‘llay olish, ta’lim jarayonida ijodiy, interfaol muhitni tashkil qila olishi zarur. 
Eskicha a’nanaviy o‘qitish formasi bugungi kunda ta’lim xizmatining sifati pastligidan 
dalolat beradi. Bunday texnologiya talabani faqat eshituvchiga aylantiradi, ta’lim sifati 
pasayadi, o‘zlashtirish darajasi ham yuqori bo‘lmaydi. Talabalar bilimni baholash 
so‘roq shaklida, mustaqil va nazorat ishlari, testlar o‘tkazish yo‘li bilan o‘quv semestri 
yakunida o‘tkazilib, qisqa muddatli sinovlar orqali sayoz amalga oshirilib kelar edi.
Innovatsion ta’lim olishning aktiv usullariga, ta’lim jarayonida turli o‘quv 
vositalari, kompyuter texnologiyalarini qo‘llash qaratilgan. Ikki tomonlama dialog
interaktiv savol-javoblar, “aqliy xujum” kabi, talabani fikrlash doirasini chuqurlashga, 
kengaytirishga va mantiqiy xulosa qilishga yo‘naltirilganligi auditoriyani passiv 
tinglovchidan aktiv – ta’lim oluvchiga, mavzu bo‘yicha o‘z amaliy nuqtai nazarining 
izohlay oladigan va fanlar aro integrasiyasini tashkil qila biladigan ta’lim xizmati 
iste’molchisiga aylantirish zarur.
Hozirgi zamon oliy ta’lim muassasalarini innovatsion universitet, institutlarga
aylantirish uchun, ular faoliyatiga yangicha yondashish talab etiladi:

ta’lim jarayonini yangicha “innovatsion” tashkil etish;

pedagog mutaxassislarni to‘g‘ri tanlash va baholashning yangicha 
yondashuv;

ta’lim muassasasining tashkiliy madaniyati va xulqiga bo‘lgan talabni 
kuchaytirish.
Ta’lim jarayonini innovatsiyalash o‘quv jarayonini potensial elementlarining 
rivojlantirish orqali, ularning boshqarish, taqsimlash usullarining yangilashga 
yo‘naltirilgan.


20 
Oliygohlarda professional kadrlar tayyorlashning bozor iqtisodiyoti talablariga 
moslashtirish, ular raqobatbardoshligini ta’minlash hozirgi zamon taraqqiyoti talabidir.
Ta’lim jarayonida innovatsiyalarning xususiyatlari shuni anglatadiki, yangi 
ta’lim texnologiyalarining ta’lim xizmati sifatida ijtimoiy va bozor talablariga 
yo‘naltirilganligidir. Eng asosiy vazifasi esa, kasbiy pedagogik faoliyatni sifat jihatdan 
tubdan yangilashdan iborat.
Ta’lim dasturining amalga oshirish bo‘yicha ta’lim muassasasi faoliyati
birichidan o‘quv jarayonining tashkil etishdan iborat, shuning uchun samarali, sifatli, 
innovatsion – ta’lim jarayoni 21 asr ta’lim tizimning
asosiy talabidir.
Ta’limga innovatsion yondashish
1. Fanga doir innovatsiya “Klaster”, “Sinkveyn” va “Keys stadi” usullari 
qo‘llash. Fan xususiyatidan kelib chiqqib uni talabaga o‘qitish, yangi usullarni qo‘llash 
orqali, o‘zlashtirish darajasini ko‘tarish, o‘quv-uslubiy komlekslar yaratish, mustaqil 
mualliflik texnologiyalarini yaratish.
2. Umummetodologik innovatsiya – mavjud pedagogik amaliyot 
noan’anaviy pedagogik tehnologiyalarni joriy etish orqali (ijodiy ishlarni bajarishda, 
loyixaviy vazifa, kurs ishlari).
3. Idealogik innovatsiyalar – davr bilan hamoxang ravishda ong va 
tafakkurni yangilash orqaligina, innovatsiyalarni birinchi darajadagi zaruriyat sifatida 
anglash ro‘y beradi.
4. Ma’muriy innovatsiyalar – turli darajadagi rahbar (boshqaruv 
bosqichlardagi), masalan, rektor, prorektor (dekanlar, kafedra mudirlari) tomonidan 
qabul qilinadigan qarorlar zamonaviy menejment uslublarining integrasiyasi asosida 
qabul qilinishi, ta’lim faoliyati subyektilari yuqori samaradorligiga yo‘naltirilganligi 
bilan xarakterlanadi.
Shunday qilib, oliy ta’limdagi bugungi innovatsiya fan, ta’lim va amaliyotining 
integrasiyasiga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak.
Falsafa fanining innovatsion faoliyati maqsadi ta’lim olayotgan talabalarni sifat 
jihatidan o‘zgartirish, ularning raqobatbardosh, intelektual jihatlarini rivojlantirish


21 
kasbiy malakani chuqur o‘zlashtirgan raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashga 
yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak.
Ta’limda pedagogik yondashuvning vazifasi hozirgi zamon ijtimoiy-iqtisodiy 
shart-sharoitlariga moslashuv, ta’lim jarayonini subyektlarini manfaatlarini inobatga 
olishdan iborat.
Bugungi kunda sifatli oliy ta’lim olgan subyekt mehnat bozorida talabga 
ega bo‘ladi. Tez o‘zgarayotgan ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda bozor kon’yukturasini 
o‘zgarib borayotgan bir paytda raqobatbardosh bo‘lishga kuchi yetadi. Chuqur bilim, 
ortirilgan malaka va amaliy tajriba sifatining asosiy omillaridan bo‘lib, innovatsion 
ta’lim bu ko‘rsatkichlarni 21 asr taraqqiyotiga tayyorlashi buguni kunning dolzarb 
masalalaridan hisoblanadi. 

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling