Кафедраси 99-бет “менежмент” фанидан маърузалар курси
-Mavzu Tashkilot xodimlarini boshqarish
Download 0.6 Mb.
|
1-maruza kursi Mentjmtnt 2-kurs Buh.His. (2)
8-Mavzu Tashkilot xodimlarini boshqarish
Reja: 8.1. Jamoa tushunchasi, turlari, shakllanish bosqichlari 8.2. Ta’sir va hukmronlik 8.3. Nizolar va ularni boshqarish 8.4. Xodimlarni boshqarish tizimi va uning tarkibiy qismlari 8.1. Jamoa tushunchasi, turlari, shakllanish bosqichlari Ishlab chiqarishning zamonaviy rivojlanganligi darajasi jamoaviy mehnatning zarurligini asoslab beradi, u, o‘z navbatida, mehnat jamoasini mavjud bo‘lishini belgilaydi. Tashkilotni samarali faoliyat yuritishi mehnat jamoalarini faoliyat yuritishlari qonunlarini bilish va ulardan foydalanishning ko‘zda tutadi. Mehnat jamoasi ostida birgalikdagi mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi xodimlar birlashmasi tushuniladi. Ular bir birlari bilan shunday o‘zaro hamkorlik qiladilarki, har biri boshqa shaxsga ta’sir ko‘rsatadi va bir vaqtda uning ta’siri ostida bo‘ladi. Mehnat jamoalari ishlab chiqarish, savdo va boshqa jarayonni tashkil qilish uchun mehnat taqsimoti amalga oshiralayotgan vaqtda rahbarlikni yaratadilar. Bu birlashma tashkiliy yagonalikka ega va umumiy maqsadlar bilan birlashgan. Boshqaruv yagona irodaga asoslanishi kerak, bu mulk egasi tomonidan tayinlangan yoki saylangan rahbarni mavjudligi bilan ta’minlanadi. Jamoalar faoliyatining samaradorligi ko‘yidagi bir qator omillarga bog‘liqdir: ishchi guruhlarning o‘lchamlari va tarkibi; guruhli me’yorlar; odamlarning jipsligi; nizolarning darajasi; guruh a’zolarining statusi va vazifaviy rollari va boshqalar. O‘lchami uning vazifalariga mos keluvchi va tarkibida xarakterning o‘xshamas alomatlariga ega odamlar bo‘lgan guruh samarali hisoblanadi, bunda guruhli me’yorlar tashkilotning maqsadlariga erishish va jamoachilik ruhini yaratishga yordam beradilar, unda nizolarning yuqori darajasi ustinlik qiladi va guruhning yuqori statusga a’zolari esa ustunlik qilmaydilar. Menejer uchun jamoa- bu asosiy tayanchiqdir, shuning uchun jamoa ishini ratsional tashkil qilish uning dolzarb vazifasi bo‘ladi. Jamoaviy ish u yoki bu sabablar bo‘yicha xodimlar o‘rtasida lavozimli vazifalarni aniq taqsimlash mumkin bo‘lmagan joyda juda keraklidir. Me’yoriy ahloqiy-psixologik muhitga ega ishga qobiliyatli, tashkiliy jamoani tashkil qilish uchun sotsiologik, psixologik va boshqa tadqiqotlarni o‘tkazish kerak. Masalan, jamoani shakllantirish va shaxslararo munosabatlarni tadqiqot qilishda sotsiomatritsalar (8.1. jadval) va sotsiogrammalarni tuzish tavsiya etiladi. Bunday sotsiomatritsa guruh a’zolarining bir birlariga munosabatlarini aniqlab olish, guruhda jipslashganlikni o‘rnatish, etakchini aniqlash, guruh a’zolarini sotsiolmatrik statusi va hayojonli ekspansivlik (o‘zini tuta bilmaslik)ni belgilashga imkon beradi. Sotsiogrammani tuzish uchun hammadan avval ramzli ma’no belgilanadi, masalan: B ning G ga nisbatan ijobiy tanlovi G ning B ga nisbatan salbiy tanlovi O‘zaro ijobiy aloqa O‘zaro salbiy aloqa 8.2.jadval Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling