Kafedrasi karimov bahrom sunnatillaevich
Download 177.45 Kb.
|
kichik biznes subektlarini kreditlash amaliyotini takomillashtirish yollari
KIRISHHar qanday jamiyat taraqqiyotida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy o‘zgarishlarning eng muhim omili bo‘lib xizmat qiladi. Ayniqsa o‘tish davrida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ijtimoiy hayotda qator funksiyalarni bajaradi. Iqtisodiy funksiya tadbirkorlikni keng quloch yoydirish bilan bog‘liq bo‘lib, raqobat muhitini shakllantirish, bozorni turli tovarlar va xizmatlar bilan to‘ldirish, soliqqa tortish bazasini kengaytirishga qaratilgan. Ijtimoiy funksiya esa, yangi ish joylari tashkil qilish orqali bandlikni ta’minlash, aholining daromadini oshirish yo‘li bilan uning turmush darajasini ko‘tarishni nazarda tutadi. Uning siyosiy funksiyasi jamiyat iqtisodiyotining asosiy bo‘g‘ini — o‘rta mulkdorlar sinfining shakllanish manbai sifatida namoyon bo‘lishidadir. O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tish munosabati bilan tadbirkorlikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va uni rivojlantirishning tashkiliy va moliyaviy choralarini o‘z tarkibiga olgan dastur qabul qilingan va amalga oshirilmoqda. Ushbu jarayon tadbirkorlar va kichik biznes sub’ektlari foydasiga takomillashtirib borilmoqda. Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq, mamlakatimiz ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyotida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulkan imkoniyatlaridan samarali foydalanishga qaratilgan keng qamrovli chora-tadbirlar belgilanib, izchillik bilan joriy etib kelinmoqda va ular o‘z samarasini bermoqda. Shu nuqtai nazardan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish sharoitlari yildan yilga yaxshilanib bormoqda. Xususan, uning huquqiy negizi kuchaytirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 4-apreldagi “Tadbirkorlik sub’ektlarini tekshirishlarni yanada qisqartirish va ular faoliyatini nazorat qilishni tashkil etish tizimini takomillashtirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori islohotlar samaradorligini ta’minlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. Qarorda yangidan tashkil etilgan kichik tadbirkorlik sub’ektlarining moliya-xo‘jalik faoliyati ular davlat ro‘yxatiga olingan paytdan boshlab dastlabki uch yil mobaynida rejali soliq tekshirishlaridan o‘tkazilmasligi belgilab qo‘yilgan. Shuningdek, 2011-yilning 1-aprelidan to 2014-yilning 1- apreligacha soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni vaqtida to‘lab kelayotgan hamda ishlab chiqarish sur’atlarining barqaror o‘sishi va rentabellikni ta’minlab kelayotgan kichik tadbirkorlik sub’ektlarining moliya-xo‘jalik faoliyatini soliq sohasida tekshirish ham taqiqlab qo‘yildi. Bu hujjatlar mamlakatimiz iqtisodiyotida kichik biznes va tadbirkorlikning roli, ulushi va miqyosini kengaytirdi, uning iqtisodiyotdagi mavqyeini kuchaytirdi. Kichik biznes va tadbirkorlik sohasiga soliq stavkasi 1996 yildan 36 foizni tashkil etgan b o‘lsa, 2015 yilga 5 foizgacha kamaytirildi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar uzviy davom ettirilmoqda. Chunki hali ham bu soha rivojiga to‘siq bo‘luvchi hal qilinmagan masalalar mavjud. Jumladan, O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek: “Xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida bu sohaga to‘liq erkinlik berish, bu yo‘lda g‘ov bo‘lib turgan barcha to‘siq va cheklovlarni bartaraf etish eng muhim ustuvor vazifadir. Barqaror iqtisodiy o‘sish va mamlakatimizning kelajak istiqboli, aholining hayot darajasi va sifati ko‘p jihatdan ayni mana shu eng ustuvor vazifaning qanday hal etilishiga bog‘liq. Bugun hech kimga sir emaski, xususiy mulk va xususiy tadbirkorlik faoliyatining amaliyoti xususiy mulkning davlat mulkiga nisbatan har tomonlama ustunligini ko‘rsatmoqda. Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish yo‘lidagi g‘ov va to‘siqlarni olib tashlashga qaratilgan chora-tadbirlar qatorida, avvalambor, xususiy tadbirkorlar uchun xomashyo resurslaridan foydalanish mexanizmini tubdan qayta ko‘rib chiqish, uni yanada soddalashtirish, ochiq va oshkora bo‘lishini ta’minlash zarur. Buning uchun esa resurslarni ochiq birja va yarmarka savdolarida sotish hajmini kengaytirish lozim”1. Bugun tadbirkor davlat himoyasida bo‘lib, olgan foydasiga to‘la egalik qilish, o‘zining faoliyat doirasini kengaytirish imkoniyatlariga ega. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi esa milliy iqtisodiyot real sektori 1 O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2014-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. takomillashuviga ta’sir qiluvchi asosiy omillardan biri sifatida alohida o‘rin tutmoqda. Kichik biznes uchun moliyaviy mablag’larni jalb qilishda bank krediti juda ma’qul hisoblanadi. Bank kreditining qulayligi shundan iboratki, jalb qilinayotgan mablag’lar miqdori nazariy jihatdan chegaralanmagan, kreditni rasmiylashtirish va olish qisqa muddatlarda amalga oshiriladi. Kichik biznesni bank orqali moliyalashtirishga keyingi yillarda juda katta e’tibor berilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 11 martdagi "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga kredit berishni ko’paytirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida" gi PQ - 1501 - sonli Qarori va 2012 yil 18 iyuldagi "Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora - tadbirlari to’g’risida" gi PF- 4455-sonli Farmoni hamda boshqa qarorlariga muvofiq, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlash hajmini yanada oshirish, kreditlash shartlarini soddalashtirish, ularga bank xizmatlaridan foydalanish borasida qo’shimcha imtiyoz va qulayliklar yaratildi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni iqtisodiyotda tutgan o’rniKichik biznes faoliyati bilan shug’ullanuvchi korxonalar davlatga bog’liq bo’lmagan holda, ya’ni katta kapital mablag’larsiz o’zlari ish joylarini joriy etishlari, hozirgi davrda bizda vaqtinchalik mavjud bo’lgan tovarlar tanqisligini kamaytirishlari va, hattoki, bu tanqislikni butunlay yo’qotishlari mumkin. Hozirgi jamiyatimizda kichik korxonalar faoliyatini ayrim kishilarning extiyojlarini qondirish sari yo’naltirish zarur. Bu narsa maishiy xizmat ko’rsatish hamda xalq iste’moli tovarlari ishlab chiqarish sohalarida yaqqol ko’rinmoqda. Kichik korxonalar texnologiya yangiliklarini joriy etishda ham g’oyat katta ahamiyatga ega. Bizning respublikamizda kichik korxonalar soni va ular ishlab chiqargan mahsulotlar hajmi yildan-yilga oshib bormoqda. Kichik korxonalar O’zbekistan Respublikasining «Korxonalar to’g’risida», «Mulk to’g’risida», «Erkin tadbirkorlik faoliyati kafolatlari to’g’risida»gi kabi qonunlari, Prezident farmon-lari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida tashkil etilmoqda. Kichik korxonalar ilmiy-texnika taraqqiyoti sharoitida sanoatning etakchi sohalarini yangi texnologiyalarga o’tishda tobora o’z o’rnini topib bormoqda. Ular yangi fikrlar va ishlab chiqarishni takomillashtirish, yangi axborot texnologiyalarini joriy qilish bilan ish jarayonini ta’minlovchi butun tizimni asosiy bog’lovchilik sifatini o’zlarida namoyon etmoqdalar.
Shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishida unga xizmat ko’rsatuvchi infratuzilma muassasalarining tashkil etilishi va xizmat sifati darajasining yaxshilanib borishi sezilarli ta’sir ko’rsatmoqda. Bugungi kunda mamlakatimiz kichik biznes sohasiga o’ndan ortiq turdagi 8 mingga yaqin infratuzilma muassasalari xizmat ko’rsatib, faoliyat uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib bermoqda. Buning natijasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining mamlakatimizda yangi ish o’rinlarini tashkil qilish, aholining daromadlari va farovonligini oshirishning muhim omili sifatidagi natijalari salmoqli bo’lib bormoqda. rasm. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi2Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni hamda u bilan bog’liq barcha narsalar zamonaviy ijtimoiy ishlab chiqarish tashkiliy tuzilmasini muhim va tarkibiy qismini tashkil etadi. Shuning uchun ham davlatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka muhim o’rin ajratilib, ularga davlat tomonidan madad berilmoqda. Bunday tadbirkorlik yangi axborot texnologiyalarini, yangi g’oyalar va ishlab chiqarishni modernizatsiyalash bilan ishlashni ta’minlovchi butun tizimning ajralmas 2 O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo’mitasi ma’lumotlari asosida talaba tomonidan tayyorlandi. qismini tashkil etadi. Bundan tashqari, kichik korxonalar tavakkalchilik xavfi yuqori bo’lgan sharoitlarda ishlab chiqarishning ma’qul shakllaridan hisoblanadi. Kichik korxonalar texnologiya yangiliklarini joriy etishda ham g’oyat katta ahamiyatga ega. Yangi texnologik g’oyalarni yirik korxonalarga nisbatan tezroq qabul qiladigan kichik biznesda xatar kamroq va katta turkumdagi ishlab chiqarishga qaraganda ishni tezroq yo’lga qo’yish mumkin. Bu esa bizning sharoitda ilmiy-texnik taraqqiyotni rivojlantirishga yordam berishi mumkin. Xususiy tadbirkorlik, kichik biznesni jadal rivojlantirish asosida mulkdorlar sinfini shakllantirish, tegishli institutlar tizimini tashkil etish, kichik va xususiy tadbirkorlik faoliyati sohasiga kredit resurslarini keng jalb qilish va xorijiy sarmoyalar olib kirish uchun maqbul sharoit yaratish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 9 apreldagi «Xususiy tadbirkorlik, kichik va o’rta biznesni rivoj-lantirishni yanada rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmoniga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish haqida»gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 30 avgustda PF- 3305-sonli Farmoni qabul qilindi. Mazkur Farmonga asosan «o’rta korxonalar» tushunchasi bekor qilindi va 2004 yil 1 yanvardan boshlab quyidagilar kichik biznes sub’ektlari hisoblanadi: yakka tartibdagi tadbirkorlar; ishlab chiqarish tarmoqlarida band bo’lgan xodimlarning o’rtacha yillik soni 20 kishidan, xizmat ko’rsatish sohasi va boshqa ishlab chiqarishga aloqador bo’lmagan tarmoqlarda 10 kishidan, ulgurji, chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 5 kishidan oshmagan mikrofirmalar. Quyidagi tarmoqlarda band bo’lgan xodimlarning o’rtacha yillik soni: engil va oziq-ovqat sanoti, metallga ishlov berish va asbobsozlik, yog’ochni qayta ishlash va mebel sanoati hamda qurilish materiallari sanoatida – 100 kishidan; mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg’i-energetika va kimyo sanoati, qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash, qurilish va boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalarida – 50 kishidan; fan, ilmiy xizmat ko’rsatish, transport, aloqa, xizmat ko’rsatish sohalari (sug’urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlannish hamda boshqa noishlab chiqarish sohalarida – 25 kishidan oshmagan kichik korxonalar. 2014 yil 7 aprelda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4609-sonli Farmoniga muvofiq 2014 yil 1 iyuldan boshlab, kichik korxonalar xodimlarining soniga o’zgartirishlar kiritildi. Quyidagi jadvalda 2014 yil 1 iyuldan boshlab, kichik korxonalarda xodimlarning cheklangan soni yiliga o’rta hisobda amaldagidan ikki baravariga oshiriladigan tarmoqlar ro’yhati keltirilgan. Download 177.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling