Kafedrasi karimov bahrom sunnatillaevich
Download 177.45 Kb.
|
kichik biznes subektlarini kreditlash amaliyotini takomillashtirish yollari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-jadval
- XULOSA
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI
rasm. “Mikrokreditbank” ATB tomonidan kollej bitiruvchilariga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun ajratilgan kreditlar xajmidinamikasi14 (mlrd. so’m) Rasm ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, “Mikrokreditbank” ATB tomonidan kollej bitiruvchilariga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun ajratilgan kreditlar xajmi 2012 yilda 9,8 mlrd. so’mni tashkil qilgan bo’lsa, 2014 yilda ushbu ko’rsatkich 37,4 mlrd. so’mni tashkil qilgan. 2015 yilda esa, 45,2 mlrd. so’mni tashkil qilgan. Tadbirkorlar bilan bank o’rtasida kredit berish bo’yicha bo’ladigan operatsiyalar ikki tomon o’rtasida imzolangan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Operatsiyalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun har bir tadbirkor «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonunlarini chuqur o’rganib, unga rioya qilishi lozim. Bozor iqtisodiyotida tadbirkorlik korxonalarining hayoti va iqtisodiy faoliyati valyuta operatsiyalari bilan bog’liqligi ma’lum. Tadbirkorlik korxonalari tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirishda ham milliy valyuta, ham xorij valyutasida operatsiya-larni bajarishiga to’g’ri kelmoqda. Ayniksa, tashqi savdo jarayon-lari bevosita valyuta operatsiyalari bilan bog’liq. Shuningdek: -uzoq va borish qiyin bo’lgan hududlarda joylashgan, ortiqcha mehnat resurslariga ega bo’lgan tuman va shaharlarda joylashgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga, dehqon va fermer xo’jaliklariga ustuvor ravishda Tijorat banklarining imtiyozli kreditlash fondi mablag’lari hisobidan kreditlash hajmlarini yanada kengaytirish; -xizmat va servis sohasini, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlashni, iste’mol mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish, shuningdek, yangi ish o’rinlarini yaratish bo’yicha “Mikrokreditbank” aktsionerlik tijorat banki tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga ajratiladigan mikrokreditlar hajmini oshirish; -oziq-ovqat va nooziq-ovqat iste’mol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarni kreditlash hajmini oshirish bilan bir qatorda lizing, faktoring va savdoni moliyalashtirish xizmatlari ko’lamini kengaytirish; -mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini, jumladan, murakkab maishiy texnika, mebel va boshqa mahsulotlarni xarid qilish uchun aholiga iste’mol kreditlari ajratilishini kengaytirish bo’yicha chora-tadbirlar amalga oshiriladi. rasm. “Mikrokreditbank” ATB tomonidan ayol tadbirkorlarga ajratilgan kreditlar miqdori15 (mlrd. so’m)Rasm ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, “Mikrokreditbank” ATB tomonidan ayol tadbirkorlarga ajratilgan kreditlar miqdori 2013 yilda 56,8 mlrd. so’mni tashkil qilgan, 2014 yilda 74,4 mlrd. so’mni tashkil qilgan. 2015 yilda esa, ushbu ko’rsatkich 90,3 mlrd. so’mni tashkil qilgan. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatimizda o’rta sinfni shakllantirishda mustahkam zamin bo’lib xizmat qilmoqda. Xususiy mulkchilikni rivojlantirish yo’lida ortiqcha byurokratik to’siqlarni bartaraf etish, kichik biznes uchun yangi imtiyozlar yaratish mamlakatimiz iqtisodiy qudrati va eksport salohiyatini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Shu bois so’nggi yillarda bir qator qonun va me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi va ularning ijrosi sohani sifat jihatdan yangi bosqichga ko’tarish imkonini berdi. 15 “Mikrokreditbank” ATB ma’lumotlari asosida talaba tomonidan tayyorlandi. Yangi tahrirdagi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida”, “Oilaviy tadbirkorlik to’g’risida”, “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to’risida”, “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonunlari shular jumlasidandir. 4-jadval2014-2015 yillarda tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlariga ajratilgan kreditlar miqdori16
Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, kichik biznesni kreditlash uchun 2014 yilda jami bo’lib, 9 157 mlrd. so’m miqdoridan mikrokreditlar ajratilgan. 16 O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lumotlari asosida talaba tomonidan tayoylandi Ushbu ko’rsatkich o’tgan yilga nisbatan 130 foiz miqdorida o’sgan. Kasb hunar kolleji bitiruvchilariga ajratilgan kreditlar hajmi 200,9 mlrd. so’mni tashkil qilgan. Ushbu ko’rsatkich 129 foizga o’sgan. Oziq ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarga ajratilgan kreditlar miqdori 2014 yilda 1592,5 mlrd. so’mni tashkil qilgan. Ushbu ko’rsatkich 128,7 foizga o’sgan. Oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikka ajratilgan kreditlar hajmi 200,6 mlrd. so’mni tashkil qilgan. Bu o’tgan yilga nisbatan 127 foizga ko’p miqdorni tashkil qiladi. Keyingi yillarda zamonaviy bozor iqtisodiyoti asosida rivojlanayotgan bir qator mamlakatlarda yirik korxonalarning ichki bo’linmalari bajargan avvalgi ko’p funktsiyalardan voz kechish va bu funktsiyalarni kichik korxonalarga berish jarayoni kuzatilmoqda. Aynan shu sabablarga ko’ra, yirik sanoat korxonalari soni qisqarib, kichik korxonalar soni o’sib bormoqda. Bu jarayon bozor iqtisodiyotining dinamik, harakatchan, yangiliklarga hozirjavob tarzda o’sishi, bozordagi talab va uning o’zgarishiga tez moslashuvchan bo’lishini ta’minlaydi. Shunga muvofiq, O’zbekistonning xorijiy mamlakatlar korxonalari bilan riqobatdoshlik darajasi ortishiga imkon beradigan eng muhim omillardan biri kichik korxonalarning butun bir tarmog’ini vujudga keltirishga imkon beradigan qulay shart-sharoitlarni yaratishdan iborat bo’lib, bunday korxonalar yig’indisi raqobatli bozor muhitini yaratishga imkon beradi. Demak, mamlakatimiz mintaqalarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bilan shug’ullanadigan korxonalargaalohidae’tibor qaratish, bu jarayon yangi innovatsiyalar, tashabbuskorlikni talab etishini anglab, ayni shu asosda iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash mumkin. Shunday ekan, mintaqalardagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanadigan korxonalar rahbarlari fan va texnika sohasidagi eng so’nggi innovatsiyalarni ishlab chiqarishga joriy etishga alohida e’tibor qaratishlari lozim17. Aholi bandligi vadaromadlarining o’sishi kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirishga bog’liq. Bugungi kunda mamlakatimizdagi
barcha xo’jalik sub’ektlarining 87 foizi nodavlat mulkchilik shakliga ega bo’lgan kichik va xususiy biznes korxonalaridir. Yalpi ichki mahsulotning 83,6 foizdan ortig’i, ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarining 90 foizdan ko’prog’i, deyarli barcha qishloq xo’jalik mahsulotlari, shuningdek, savdo va xizmat ko’rsatish sohasi ularning hissasiga to’g’ri kelmoqda. Amalga oshirilgan tadbirlar natijasida 2014 yil davomida tijorat banklari tomonidan mazkur soha sub’ektlariga ajratilgan kreditlar hajmi qariyb 9,2 trillion so’mni tashkil etdi. Xususan:
ajratilgan mikrokreditlar 1,9 trillion so’mni tashkil etdi; xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy mamlakatlar hukumatlarining kredit liniyalari, grantlari hisobidan 157,8 million AQSh dollari miqdorida kredit mablag’lari ajratildi; –imtiyozli kredit berish maxsus jamg’armasi hisobidan ustuvor ravishda olis va borish qiyin bo’lgan tumanlarda, shuningdek, ortiqcha mehnat resurslariga ega bo’lgan tuman va shaharlarda joylashgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga 61 milliard so’m miqdorida imtiyozli kredit mablag’lari ajratildi. O’zbekiston iqtisodiyotida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushining o’sib borishi ichki bozorni sifatli va raqobatdosh tovarlar bilan to’ldirish, zamonaviy talablarini hisobga olgan holda, xizmat ko’rsatish sohasini kengaytirish, jahon bozori talablariga mos, eksport bop mahsulotlarni ko’paytirish, yangi ish o’rinlari yaratish, avvalo, yoshlarni ish bilan ta’minlashning, shu asosda aholi daromadlari va turmush farovonligini oshirishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Shu bilan birga, tadbirkorlik sub’ektlarini ro’yxatga olish, ularni muhandislik- kommunikatsiya tarmoqlariga ulash, eksport tovrlarini bojxonada rasmiylashtirish tartib-taomillari ham sezilarli darajada soddalashtirildi. Gap shundaki, ayni paytda biznesni ro’yxatga olish jarayoni “bir darcha” tamoyili asosida atigi ikki kun ichida amalga oshirilayaptiki, bu eng yaxshi xalqaro amaliyot talablariga to’la mos keladi18. rasm. Jahon bankining O’zbekiston Respublikasiga tarmoqlar bo’yicha ajratgan kredit liniyalari19 (2015 yil holatiga)2 mlrd. AQSh dollari Jahon bankining tarmoqlar bo’yicha ajratgan malag’lari quyidagicha sarflangan. Ajratilgan 2 mlrd. AQSh dollaridan erlarni melorativ holatini yaxshilashga 24 foizini, sog’liqni saqlash, ta’lim va boshqa ijtimoiy sohaga 24 foizini, elektroenergetika sohasiga 19 foizni, suv ta’minotini yaxshilashga 19 foizini, kichik biznesni qo’llabg’quvvatlashga 14 foiz mablag’ yo’naltirilgan. XTTB tomonidan suv ta’minoti bo’yicha loyihaga ham 5 mln. AQSh dollari miqdorida berildi. Moliya sho’’basini isloh qilish bo’yicha loyihani tayyorlash uchun bo’nak 1,2 mln. AQSh dollariga teng. 18 Ernazarov U. Tadbirkorlik ravnaqi va huquqiy asosi. “Xalq so’zi” gazetasi. 2013 yil 20fevral, 35-son. 19 O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lumotlari asosida talaba tomonidan tuzilgan. Kichik biznes sub’ektlarini kreditlash tizimini takomillashtirishmasalalari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 apreldagi “To’g’ridan- to’g’ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag’batlantirishga oid qo’shimcha chora- tadbirlar to’g’risida”gi PF–4434-sonli Farmoni asosida xorijiy investorlar hamda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar uchun keng ko’lamdagi kafolatlar, imtiyozlar va afzalliklar tizimi yaratildi. Jumladan, ushbu farmonga muvofiq: xorijiy investorning pul shaklidagi ulushi 5 million AQSh dollaridan kam bo’lmagan yangidan tashkil etilayotgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar davlat ro’yxatidan o’tgan sanadan boshlab 10 yil mobaynida soliq qonunchiligida o’zgarishlar yuz bergan hollarda yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i, qo’shilgan qiymat solig’i, mol-mulk solig’i, yagona ijtimoiy to’lov, yagona soliq to’lovi, shuningdek bir qancha soliq va majburiy ajratmalar to’lashda mazkur korxonalar davlat ro’yxatidan o’tish sanasida amal qilgan me’yorlari va qoidalarini qo’llashga haqlidirlar; qiymati 50 million AQSh dollaridan oshadigan va xorijiy investorning ulushi kamida 50 foiz bo’lgan investitsiya loyihalari doirasida, ishlab chiqarish maydonidan tashqaridagi zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish byudjet mablag’lari hamda boshqa ichki moliyalashtirish manbalari hisobidan amalga oshirilishi ko’rsatilgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 7 apreldagi “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari eksportini qo’llab-quvvatlash borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar” to’g’risida Qarori qabul qilindi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining eksport salohiyatini yanada kengaytirish, ularga zamonaviy, chet el bozorlarida raqobatdosh mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirishda va uni eksportga chiqarishda zarur huquqiy, moliyaviy va tashkiliy yordam ko’rsatish, mamlakatimizning eksport qiluvchi tadbirkorlarini tashqi bozor kon’yunkturasi o’zgarishlari xavf-xatarlaridan ishonchli himoya qilishni ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, O’zbekiston Savdo- sanoat palatasi va Fermerlar kengashining Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzurida respublika mintaqalarida hududiy filiallari bo’lgan Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining eksportini qo’llab-quvvatlash jamg’armasini tashkil etildi. Quyidagilar Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining eksportini qo’llab-quvvatlash jamg’armasi faoliyatining asosiy vazifalari va yo’nalishlari hisoblandi: kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining chet ellardagi tender savdolaridagi ishtirokini kengaytirishga, shuningdek, yarmarkalar, «davra stollari» va boshqalarni tashkil etish yo’li bilan mamlakatimiz tovar ishlab chiqaruvchilari bilan xorijiy xaridorlarning muloqotlarini tashkil etishga ko’maklashish va boshqalar. Jamg’arma faqat kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari hamda fermer xo’jaliklariga xizmat ko’rsatadi va yordam beradi. Jamg’arma Kengashi Jamg’armani boshqarish yuqori organi hisoblanadi, ijro etuvchi direktsiya Jamg’armaning ijrochi organi va uning mablag’larini tasarruf etuvchi hisoblanadi. Jamg’arma mablag’larining boshlang’ich miqdori 5,0 milliard so’mni tashkil etdi, buning 2,5 milliard so’mi davlat byudjeti mablag’laridan beriladigan bir yo’la badal hisobiga, qolgan qismi esa muassislar — kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari, O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, shuningdek, boshqa tijorat banklari, moliyaviy institutlar va donorlarning ixtiyoriy badallari hisobiga shakllantirildi. kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga tashqi iqtisodiy operatsiyalarni amalga oshirish bilan bog’liq yuridik, moliyaviy va tashkiliy xizmatlar ko’rsatishdan xalqaro amaliyotda umumqabul qilingan miqdorlarda – shartnoma qiymatining 3 foizigacha bo’lgan komission ajratmalar tarzida olingan daromadlar, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Jamg’arma mablag’larining manbalari hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Jamg’arma tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari, fermer xo’jaliklariga: eksportga mo’ljallangan mahsulotning mamlakatimiz brendlarini rivojlantirish, eksportga etkazib berishni olg’a siljitish, jumladan, xorijiy mamlakatlarning qonunchiligiga muvofiq zarur litsenziyalar, ruxsatnomalar, sertifikatlar, shuningdek kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining xalqaro tender savdolarida ishtirok etishi bilan bog’liq ro’yxatdan o’tish yig’imlari hamda boshqa to’lovlarni to’laydi. Eksport shartnomalarini tuzgan, yangi bozorlarga chiqish va yangi mahsulot turlarini eksport qilishni ta’minlagan holda chet ellardagi ko’rgazma va yarmarkalarda ishtirok etish uchun beg’araz moliyaviy yordam ko’rsatadi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining eksportini qo’llab-quvvatlash jamg’armasi, jumladan uning hududiy filiallari 2019 yilning 1 yanvariga qadar barcha turdagi soliqlar, yig’imlar, boj hamda davlat maqsadli jamg’armalariga majburiy ajratmalar to’lashdan ozod qilinadi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari tovarlar va xizmatlarni oldindan haqini to’lamasdan, akkreditiv ochmasdan yoki o’rnatilgan tartibda berilgan eksport shartnomasining sug’urtasi bo’yicha polis mavjud bo’lganida 180 kun mobaynida mablag’ kelib tushishi yoki orqaga qaytarish muddati kafolatisiz xorijiy valyutaga eksport qilish huquqiga egadirlar. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 11 martdagi "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga kredit berishni ko’paytirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida" gi PQ - 1501 - sonli Qarori va 2012 yil 18 iyuldagi "Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora - tadbirlari to’g’risida" gi PF- 4455-sonli Farmoni hamda boshqa qarorlariga muvofiq, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlash hajmini yanada oshirish, kreditlash shartlarini soddalashtirish, ularga bank xizmatlaridan foydalanish borasida qo’shimcha imtiyoz va qulayliklar yaratildi. Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 16 iyundagi 175-sonli qarori bilan O’zbekiston Banklar uyushmasi huzurida Investitsiya loyihalari bo’yicha loyiha hujjatlarini tayyorlashni moliyalashtirish jamg’armasi tashkil etildi. Iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlarida loyiha g’oyalarini tanlov bo’yicha tanlash va ularning loyiha hujjatlari ishlab chiqishni moliyalashtirish, kredit tashkilotlari tomonidan investitsiya loyihalarini moliyalashtirilishini tashkil etishga ko’maklashish uning asosiy vazifasi etib belgilandi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 15 maydagi PF-4725-sonli “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo’lidagi to’siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari dasturi to’g’risida”gi Farmoni qabul qilindi. Unga ko’ra 2015 yil 1 iyuldan mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo’jaliklari faoliyatiga oid barcha tekshiruvlar rejali tartibda nazorat organlari tomonidan to’rt yilda bir martadan, boshqa xo’jalik sub’ektlarida esa ko’pi bilan uch yilda bir marta faqat Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi qaroriga asosan amalga oshirilishi; moliya-xo’jalik faoliyati bilan bog’liq bo’lmagan rejali tekshiruvlar o’tkazish muddati 10 kalendar kunidan oshmasligi; tadbirkorlik sub’ektlarining moliya-xo’jalik faoliyatini rejali tekshirishlar faqat so’nggi tekshiruvdan keyingi davrni qamrab olishinishi belgilab qo’yildi. O’zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida»gi Qonunining 39-moddasi quyidagi tahrirda bayon etildi: Kichik tadbirkorlik sub’ektlari va fermer xo’jaliklarining faoliyatini tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar tomonidan rejali tartibda ko’pi bilan to’rt yilda bir marta, boshqa tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini tekshirishlar esa ko’pi bilan uch yilda bir marta, faqat nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha maxsus vakolatli organning qaroriga binoan o’tkazilishi mumkin. Yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik sub’ektlari va fermer xo’jaliklarining moliya-xo’jalik faoliyati ular davlat ro’yxatidan o’tkazilgan paytdan e’tiboran dastlabki uch yil mobaynida rejali tekshiruvlardan o’tkazilmaydi. Aktsiz to’lanadigan tovarlar ishlab chiqaruvchi yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik sub’ektlari va fermer xo’jaliklarining moliya-xo’jalik faoliyati, shuningdek kichik tadbirkorlik sub’ektlari va fermer xo’jaliklarining byudjet mablag’laridan hamda markazlashtirilgan mablag’lar va resurslardan belgilangan maqsadda foydalanilishi bilan bog’liq moliya-xo’jalik faoliyati ular davlat ro’yxatidan o’tkazilgan paytdan e’tiboran dastlabki ikki yil mobaynida rejali tekshiruvlardan o’tkazilmaydi. Tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini tekshiruvlardan o’tkazish muddatlari o’ttiz kalendar kundan oshmasligi lozim. Alohida hollarda bu muddat nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha maxsus vakolatli organning qaroriga binoan uzaytirilishi mumkin, bunda ushbu qoida kichik tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan tatbiq etilishi mumkin emas. Tadbirkorlik sub’ektlarining moliya-xo’jalik faoliyati bilan bog’liq bo’lmagan rejali tekshiruvlarni o’tkazish muddatlari o’n kalendar kundan oshmasligi kerak. Tadbirkorlik sub’ekti belgilangan tartibda taqdim etgan moliya va soliq hisobotini, shuningdek tadbirkorlik sub’ektining faoliyati to’g’risida davlat soliq xizmati organida mavjud bo’lgan boshqa hujjatlarni o’rganish hamda tahlil etish asosida o’tkaziladigan kameral nazorat natijalari bo’yicha qoidabuzarliklar aniqlangan hollardagina davlat soliq xizmati organlari tadbirkorlik sub’ektlarining moliya-xo’jalik faoliyatini tekshirish tashabbusi bilan chiqishi mumkin. XULOSAKurs ishini yozish davomida quyidagi xulosalarni shakllantirish mumkin. Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish respublikamizda o’tkazilayotgan iqtisodiy islohotlarning asosiy yo’nalishlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Bu esa iqtisodiy raqobatning rivojlanishini, iste’mol bozorini tovarlar va xizmat turlari bilan to’ldirishni, shuningdek, xususiy tadbirkorlarning keng qatlamini yaratishni taqozo etadi. Bularni hisobga olib, bugungi kunda Respublikada quyidagi masalalarni hal qilish lozim: aholining keng tabaqalarini bozor faoliyatiga olib kirish, ulardagi boqimandachilik, iste’molchilik psixologiyasini bartaraf qilish, aholida xususiy tadbirkorlik, kichik biznes faoliyati bilan faol shug’ullanish istagini uyg’otish; qishloq xo’jaligidagi iqtisodiy munosabatlarni tubdan yangilash, dehqon va fermer xo’jaliklar faoliyatini yanada rivojlantirish hamda ular sonini imkon qadar oshirish, hududlarda kichik korxonalar tashkil etish yo’li bilan vaqtincha ishsiz yurgan kishilarni qo’shimcha ish joylari bilan ta’minlash; mintaqada bozor munosabatlari va infratuzilmani jadallashtirish, iqtisodiy raqobatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish; respublika aholisining ortib borayotgan talab va ehtiyojlarini to’laroq qondirishga xizmat qiluvchi iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlarni barpo etish; ko’rsatiladigan xizmatlar turini va miqyosini keskin oshirish, bank, auditorlik, konsalting hamda turli vositachilik faoliyatlarini hozirgi zamon fan va texnikasi yutuqlari asosida yuksak saviyada tashkil etishni ta’minlash; korxonalarni boshqarish samaradorligini oshirish, ularning iqtisodiy jihatdan mustaqil bo’lishlarini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratib berish; joylarda ishlab chiqariladigan mahsulotlar turlari va hajmini bozor talablariga ko’ra osonlik bilan moslashtira oladigan iste’mol bozorini tovar bilan to’ldirib, eksport uchun mol chiqara oladigan kichik korxonalarni joriy qilish. Ma’lumki, respublikada mehnatga layoqatli aholining 65,3 foizi qishloqlarda yashaydi. Bu qishloq joylarda tadbirkorlikning rivoji uchun juda katta imkoniyatlar mavjudligini ko’rsatadi. Shu bilan bir qatorda, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida band bo’lgan ortiqcha ishchi kuchlarini xizmat ko’rsatish, qayta ishlash va shu kabi yo’nalishlarga qayta taqsimlash kerak. Qishloqda tadbirkorlikni, uning kichik biznes shakllarini rivojlantirish bilan bog’liq turli boshqaruv pog’onalarida tashkiliy- iqtisodiy masalalarni hal etish ustuvor masalalar qatoriga kiradi. Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun mamlakatimiz miqyosida quyidagi masalalarni hal qilish lozim: -bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlash uchun kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish; hududlarda haqiqiy tadbirkorlik muhitini yaratish; -kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy jihatdan qo’llab- quvvatlash; kichik biznes va tadbirkorlikning huquqiy bazasini mustahkamlash; -kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni texnologik jihozlar bilan ta’minlashni qo’llab-quvvatlash; -islohotlar natijalarini reklama va axborot xizmati vositalari orqali keng ommaga etkazish. Tadbirkorlik faoliyati rivojlanishida soliq va savdo sohalaridagi davlat siyosati muhim rol o’ynaydi. Tadqiqotlarning ko’rsatishicha shu sohadagi cheklovlar kichik biznes rivojidagi aksariyat muammolarni yuzaga kelishiga sabab bo’ladi. So’rov o’tkazilgan tadbirkorlarning 75 foizi moliya-kredit tizimini takomillashtirishni, 52,5 foiz soliqni, 69 foizi moddiy-texnika resurslari bilan savdo qilishni yaxshilash lozimligi to’g’risida fikr bildirganlar. Shuning uchun islohotlarning hozirgi bosqichida bu sohalarda tadbirkorlikka to’siq bo’layotgan omillarni tahlil qilish va ularni bozor talablari doirasida baholash muhim ahamiyatga egadir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATIO’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. - T.: “O’zbekiston”, 2012 y. O’zbekiston Respublikasining «Korxonalar to’g’risi»dagi qonun. 1991-2006 yillar. O’zbekiston Respublikasining «Ipoteka to’g’risi»dagi qonun. 2005 yil. «Xususiy korxonalar to’g’risi»dagi qonun. 2003 yil. «Bankrotlik to’g’risi»dagi qonun. 2005 yil 16-dekabr. «Elektron to’lovlar to’g’risi»dagi qonun. 2005 yil 16-dekabr. «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risi»dagi qonun. 2012 yil 2 may. “Oilaviy tadbirkorlik to’g’risida” gi Qonun 2012 yil 23 mart O’zbekiston Respublikasi Prezidentning 2012 yil 26 martdagi «Eksport qiluvchi korxonalarni rag’batlantirishni kuchaytirish va raqobatbardosh mahsulotlarni eksportga etkazib berishni kengaytirish borasida qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi PQ-1731-sonli Qarori O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 7 apreldagi “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari eksportini qo’llab-quvvatlash borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar” to’g’risida Qarori O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 15 maydagi PF-4725-sonli “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo’lidagi to’siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari dasturi to’g’risida”gi Farmoni Karimov I.A. “2014-yil yuqori o‘sish sur’atlari bilan rivojlanish, barcha mavjud imkoniyatlarni safarbar etish, o‘zini oqlagan islohotlar strategiyasini izchil davom ettirish yili bo‘ladi” T.:”O’zbekiston” 2014 yil, 9 bet Karimov I.A. 2015 yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo’l ochib berish- ustuvor vazifamizdir. T.: “O’zbekiston” 2015 yil. 6- 23 betlar. Karimov I.A. Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni, iqtisodiyotimizda tarkibiy o’zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka yanada keng yo’l ochib berish hisobidan oldinga yurishdir T.:”O’zbekiston” 2016 yil, 14- bet Xodiev B.Yu, Kosimova M.S., Samadov A.N Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik. –T.: TDIU, 2010. Kosimova M.S. , Yusupov M.A., Ergashxadjaeva Sh.J . Marketing. T.: TDIU, 2010. Vahobov A.V. Malikov T.S. Moliya. Darslik. “Iqtisod-moliya” 2011yil 50- 68-betlar. Malikov T.S., Vahobov D.R. Moliya: chizmalarda: o’quv qo’llanma.- Toshkent Iqtisod-moliya 2010 yil 29-47-betlar. http:// www.gov.uz.- O’zbekiston Respublikasi hukumati sayti http:// www.stat.ru - O’zbekiston Respublikasi statistika qo’mitasi sayti http:// www.mf.uz - O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligining sayti http:// www.cbu.uz - O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki sayti Download 177.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling