Kafedrasi karimov bahrom sunnatillaevich
Download 177.45 Kb.
|
kichik biznes subektlarini kreditlash amaliyotini takomillashtirish yollari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarmoqlar nomi Kichik korxonalardagi xodimlarning o’rtacha yillik cheklangan soni (nafar)
- O’zbekiston Respublikasi reytingi 6
- 2016 yil O’zgarishi 2015 yilga nisbatan
- UMUMIY REYTING 141 103 87 ▲16
1-jadval 2014 yilning 1 iyulidan boshlab kichik korxonalarda xodimlarning cheklangan soni yiliga o’rta hisobda amaldagidan ikki baravargaoshiriladigan tarmoqlar ro’yxati3
So’nggi yillarda O’zbekiston Respublikasida xususiy tadbirkorlik, kichik biznes faoliyati bilan shug’ullanuvchi korxonalar iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida tashkil etilmoqda. Shu bilan kichik korxonalarning iqtisodiyotdagi o’rni va ahamiyati ortib bormoqda. Xususiy tadbirkorlik va ki- chik biznesning milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi ahamiyati quyidagilar bilan tavsiflanadi: xususiy tadbirkorlik bozor iqtisodiyoti sharoitida zarur tezkorlikni ta’minlab, ishlab chiqarishdagi chuqur ixtisoslashuv va tarmoqlashgan 3 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 7 apreldagi PF-4609-sonli Farmoniga ilovadan. kooperatsiyani yaratadi, bularsiz yuksak samaradorlikni ta’minlab bo’lmaydi; bozor uchun zarur bo’lgan raqobatchilik muhitini yaratadi hamda o’zgarib turadigan bozor talabiga moslab tezda ishlab chiqarish turini o’zgartirib olish qobiliyatiga ega ekanligi bilan ajralib turadi; iste’molchilik sohasida yuzaga keladigan bo’shliqni tezda to’ldirishga qodir bo’lib, eng zamonaviy mashina uskunalari va texnologiyadan foydalanib sarflangan sarmoyaning o’rnini juda tez qoplay oladi. Iqtisodiyotni rivojlantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ijobiy ahamiyatini e’tirof etgan holda, uning ahamiyatini ortiqcha baholab yuborish ham to’g’ri emas. Xususiy tadbirkorlik faqat muayyan doiradagina faollik ko’rsata oladi, shu sababli kichik biznes faoliyatini rivojlantirish uchun kerakli sharoitni yaratish zarur. Buning uchun bizningcha, moliya jamg’armalarini tashkil etish kerak. Bu jamg’armalar tadbirkorlar tijorat banklarida imtiyozli kreditlar olish uchun kafil bo’lishlari, subsidiyalarga, shu jumladan qaytarib berilmaydigan subsidiyalarga (iqtisodiyotning alohida ustuvor sohalaridagi korxonalarni rivojlantirish uchun) manba bo’lib xizmat qilishlari lozim. O’zbekistonda kichik korxonalarni moliyaviy qo’llab-quvvatlash tizimining takomillashtirilishi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka xizmat ko’rsatadigan banklar, fondlar, investiiyalar va sug’urta tashkilotlarining faoliyatlarini rag’batlantirish yo’nalishida olib borilishi lozim. Xorijiy mamlakatlardagi kabi O’zbekiston Respublikasida ham agar korxona ustuvor davlat dasturida (yangi texnikani yaratish, uzoq hududlarni rivojlantirish va boshqalar) qatnashayotgan bo’lsa, imtiyozli qarzlar olishi mumkin. Bunda foizning eng kam me’yori va qarzni uzishda uzoq muddat berilishi – qarz berishdagi asosiy shartlardandir. 2012 yil 2 may kuni esa tadbirkorlik sub’ektlarining erkinligiga oid navbatdagi zururiy hujjat – «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahriri tasdiqlandi.
rasm. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida band bo`lgan aholi ko`rsatkichi4 Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini tekshirishlarni cheklash bo’yicha nazorat qiluvchi organ rejali tekshiruv o’tkazishning boshlanishi haqida tekshiruvni o’tkazish boshlanishidan kamida o’ttiz kalendar kun oldin tadbirkorlik sub’ektini tekshiruvdan o’tkazish muddatlari va predmetini ko’rsatgan holda, yozma shaklda xabardor qilishi shartligi belgilab qo’yildi5. Kichik biznes sub’ektlarini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashmexanizmi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 7 yanvarda qabul qilingan “2011-2015 yillarda O’zbekiston iqtisodiyotida islohotlar ko’lamini kengaytirish va chuqurlashtirish, mamlakatda ishchanlik muhitini shakllantirishning mezonlari va baholash tizimini aniqlash va amalga oshirishga doir choralar-tadbirlar Dasturi to’g’risida”gi PQ-1464-sonli Qaroriga asosan, tijorat banklarida kichik biznes 4 Davlat statistika qo’mitasining rasmiy ma’lumotlari asosida talaba tomonidan tuzilgan 5 O’zbekiston Respublikasi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida”gi Qonunning 39-moddasi sub’ektlariga kreditlarni ajratishda garovga qo’yilgan mulkni rasmiylashtirish bilan bog’liq xarajatlarni kreditning umumiy summasida aks ettirish amaliyoti joriy qilindi. Banklarning barcha filiallarida tadbirkorlarga yaqindan maslahatlar berish bo’yicha “Tadbirkorlar xonasi” tashkil etildi. Shuningdek, filiallar va mini banklarda tashkil etilgan “Tadbirkorlar burchagi” orqali kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida yaratilgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar, taklif etilayotgan yangi bank xizmatlari to’g’risida doimiy ravishda axborot berib borilishi yo’lga qo’yildi. 2-jadval Jaxon bankining «Doing Business» («Biznes yuritish») hisobotidagiO’zbekiston Respublikasi reytingi6
O’zbekiston banklari assotsiatsiyasi huzurida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida investitsion loyiha hujjatlarini tayyorlashni moliyalashtirishga ixtisoslashtirilgan jamg’arma tashkil etildi. 6 O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ma’lumotlariasosida talaba tomonidan tayyorlangan. 2015 yilning oktyabr oyida Jahon banki «Biznes yuritish» reytingini e’lon qildi. Ana shu reytingda O’zbekiston faqat bir yilning o’zida 16 pog’onaga ko’tarilib, 87-o’rinni egalladi. Jahon bankining ma’ruzasida O’zbekiston keyingi yillarda tadbirkorlik faoliyati uchun ishbilarmonlik muhitini yaxshilash sohasida eng yaxshi natijalarga erishgan dunyodagi o’nta davlat qatoridan joy olgani qayd etilgan. «Yangi biznesni qo’llab-quvvatlash» deb ataladigan mezon bo’yicha mamlakatimiz ayni paytda jahonda 42-o’rinni, tuzilgan shartnomalar ijrosini ta’minlash bo’yicha 32-o’rinni, iqtisodiy nochor korxonalarga nisbatan qo’llanadigan bankrotlik tizimining samaradorligi bo’yicha 75-o’rinni egallab turibdi. «Kichik biznes sub’ektlariga kredit berish» deb nomlanadigan ko’rsatkich bo’yicha O’zbekiston so’nggi uch yilda 154-o’rindan 42-o’ringa ko’tarildi va o’tgan yilning o’zida reytingini 63 pozitsiyaga yaxshiladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga kredit berishni ko’paytirishga oid qo’shimcha chora- tadbirlar to’g’risida” 2011 yil 11 martda imzolangan PQ-1501-sonli Qarori, “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” 2011 yil 24 avgustda chiqarilgan PF-4354-sonli Farmoni va boshqa bir qator me’yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari uchun turli imtiyoz va qulayliklar berildi, imtiyozli kreditlash tizimi soddalashtirildi. Xususan: kichik biznes sub’ektlaridan tijorat banklarida milliy valyutada hisobvaraq ochgani uchun to’lov undirish bekor qilindi. imtiyozli kreditlash hajmini kengaytirishni rag’batlantirish maqsadida tijorat banklarining Imtiyozli kredit berish maxsus jamg’armasi mablag’lari hisobidan kreditlar ajratishdan oladigan daromadlari 2016 yilning 1 yanvariga qadar foyda solig’idan ozod qilindi. Bunga asosan, joriy yilda Imtiyozli kreditlash maxsus jamg’armasi mablag’lari hisobidan kreditlar 1,3 barobarga ko’paytirilib, ularning hajmini 24 milliard so’mdan oshirish choralari ko’rildi. Download 177.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling