Kafedrasi karimov bahrom sunnatillaevich


rasm. Kichik biznes sub’ektlari va mikrofirmalar uchun yagona soliq stavkasi7


Download 177.45 Kb.
bet4/7
Sana13.05.2020
Hajmi177.45 Kb.
#105686
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kichik biznes subektlarini kreditlash amaliyotini takomillashtirish yollari

rasm. Kichik biznes sub’ektlari va mikrofirmalar uchun yagona soliq stavkasi7


Kichik biznes va mikrofirmalar uchun yagona soliq stavkasi yildan yilga pasayib bormoqda. 1996 yilda 38 foiz bo’lgan bo’lsa, 2005 yilda yagona soliq stavkasi 15 foizga tushirilgan. 2015 yilda yagona soliq stavkasi 5 foizni tashkil qilmoqda.



  1. rasm. Mikrofirma, kichik korxona va fermer xo’jaliklari uchun yagona ijtimoiy to’lov stavkasining o’zgarishi8






7 Davlat statistika qo’mitasining rasmiy ma’lumotlari asosida talaba tomonidan tuzilgan.

8 Davlat statistika qo’mitasining rasmiy ma’lumotlari asosida talaba tomonidan tuzilgan.

Kichik biznes va mikrofirmalar to’laydigan yagona ijtimoiy to’lov miqdori ham pasayish tendentsiyasiga ega. 1994 yilda yagona ijtimoiy to’lov 40 foizni tashkil qilgan bo’lsa, 2010 yilga kelib, ish haqi fondidan undiriladigan yagona ijtimoiy to’lov 25 foizni tashkil qilgan. 2015 yilda Prezident Qaroriga muvofiq kichik korxonalar, mikrofirmalar va fermer xo’jaliklari to’laydigan yagona ijtimoiy to’lov 15 foizga tushirildi.

Banklarning barcha filiallarida tadbirkorlarga yaqindan maslahatlar berish bo’yicha “Tadbirkorlar xonasi” tashkil etildi. Shuningdek, filiallar va mini banklarda tashkil etilgan “Tadbirkorlar burchagi” orqali kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida yaratilgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar, taklif etilayotgan yangi bank xizmatlari to’g’risida doimiy ravishda axborot berib borilishi yo’lga qo’yildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga kredit berishni ko’paytirishga oid qo’shimcha chora- tadbirlar to’g’risida” 2011 yil 11 martda imzolangan PQ-1501-sonli Qarori, “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” 2011 yil 24 avgustda chiqarilgan PF-4354-sonli Farmoni va boshqa bir qator me’yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari uchun turli imtiyoz va qulayliklar berildi, imtiyozli kreditlash tizimi soddalashtirildi. Xususan:



  • kichik biznes sub’ektlaridan tijorat banklarida milliy valyutada hisobvaraq ochgani uchun to’lov undirish bekor qilindi.

  • imtiyozli kreditlash hajmini kengaytirishni rag’batlantirish maqsadida tijorat banklarining Imtiyozli kredit berish maxsus jamg’armasi mablag’lari hisobidan kreditlar ajratishdan oladigan daromadlari 2016 yilning 1 yanvariga qadar foyda solig’idan ozod qilindi.

Bozor iqtisodiyotida tadbirkorlik korxonalarining hayoti va iqtisodiy faoliyati valyuta operatsiyalari bilan bog’liqligi ma’lum. Tadbirkorlik korxonalari tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirishda ham milliy valyuta, ham xorij valyutasida

operatsiya-larni bajarishiga to’g’ri kelmoqda. Ayniksa, tashqi savdo jarayonlari bevosita valyuta operatsiyalari bilan bog’liq.



Tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlikni huquqiy himoya qilish masalasi mamlakatimizda izchil amalga oshirilayotgan islohotlarning eng asosiy yo’nalishlaridan biridir. Keyingi yillarda ushbu soha jadal sur’atlar bilan ravnaq topib, aholi bandligi va turmush farovonligini ta’minlashda etakchi kuchga aylandi. Keyingi yillarda zamonaviy bozor iqtisodiyoti asosida rivojlanayotgan bir qator mamlakatlarda yirik korxonalarning ichki bo’linmalari bajargan avvalgi ko’p funktsiyalardan voz kechish va bu funktsiyalarni kichik korxonalarga berish jarayoni kuzatilmoqda. Aynan shu sabablarga ko’ra, yirik sanoat korxonalari soni qisqarib, kichik korxonalar soni o’sib bormoqda. Bu jarayon bozor iqtisodiyotining dinamik, harakatchan, yangiliklarga hozirjavob tarzda o’sishi, bozordagi talab va uning o’zgarishiga tez moslashuvchan bo’lishini ta’minlaydi. Shunga muvofiq, O’zbekistonning xorijiy mamlakatlar korxonalari bilan riqobatdoshlik darajasi ortishiga imkon beradigan eng muhim omillardan biri kichik korxonalarning butun bir tarmog’ini vujudga keltirishga imkon beradigan qulay shart-sharoitlarni yaratishdan iborat bo’lib, bunday korxonalar yig’indisi raqobatli bozor muhitini

yaratishga imkon beradi.

2012 yili sohada ruxsat berishga oid 80 ta tartib-qoida, shuningdek, litsenziyalanadigan faoliyat turlarining 15 tasi bekor qilingani, moliyaviy hisobot topshirishning shakllari va davriyligi 1,5 barobar qisqartirilgani davlatning tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga aralashuvi tubdan qisqarganining amaliy ifodasidir. Bu kabi imtiyozlar 2013 yil 1 yanvardan boshlab 65 ta statistik hisobot shakli va 6 ta soliq hisoboti shakli bekor qilingani e’tiborga molik. Shu bilan birga, tadbirkorlik sub’ektlarini ro’yxatga olish, ularni muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash, eksport tovrlarini bojxonada rasmiylashtirish tartib-taomillari ham sezilarli darajada soddalashtirildi. Gap shundaki, ayni paytda biznesni ro’yxatga olish jarayoni “bir darcha” tamoyili asosida atigi ikki kun ichida amalga oshirilayaptiki, bu eng yaxshi xalqaro amaliyot talablariga to’la mos keladi9.





9 Ernazarov U. Tadbirkorlik ravnaqi va huquqiy asosi. “Xalq so’zi” gazetasi. 2013 yil 20fevral, 35-son.

3-jadval 2015 yil 1 yanvar holatiga davlat xaridlari bo’yicha tovarlar etkazib


berish uchun elektron savdolarda ishtirok etgan kichik biznes sub’ektlarining ulushi tahlili10



Tovar (ish, xizmatlar) nomi


Bitimlar soni



Kichik biznes sub’ektlari bilan bo’lgan

bitimlar soni

Ulushi, % da



1.

Jami tuzilgan bitimlar


262 293

260 848

99,4





shu jumladan:










1.1

Kiyim kechak, poyabzal va

choyshab g’iloflar xaridi


8 903

8 488

95,3


1.2

Mebel va ofis jihozlar xaridi

9 703

9 700

99,9


1.3

Kompyuter va texnika jihozlari

xaridi

19 026

19 003

99,9


1.4

Qog’oz xarid qilish va boshqa

poligrafiya mahsulotlari


4 272

4 265

99,8


1.5

Boshqa tovar moddiy boyliklar xaridi va xizmatlari

44 961


44 824


99,7


1.6

Oziq ovqat mahsulotlari xaridi

150 138

149 348

99,5


1.7

Transport vositalari joriy ta’miri

7 685

7 680

99,9


1.8

Boshqa tovarlar (ishlar,

xizmatlar)


17 605

17 540

99,6

Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, kichik biznes sub’ektlariga davlat xaridini amalga oshirishda keng yo’l ochib berilgan. Jami tuzilgan bitimlarga nisbatan elektron savdolarda ishtirok etgan kichik biznes sub’ektlari 99,4 foizni tashkil qilgan. Kichik biznes sub’ektlari etkazib bergan tovarlarning turlari bo’yicha ko’rib chiqilganda ham kichik biznes sub’ektlarining ulushi 99,9 va 99 foizlarni tashkil qilgan.

10 Davlat statistika qo’mitasining rasmiy ma’lumotlari asosida talaba tomonidan tuzilgan.

Bundan buyon kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining, ular tomonidan amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyati doirasida beriladigan da’vo arizalaridan da’vo bahosi eng kam oylik ish haqining:



  • 20 barobarigacha oshirish igacha bo’lganda –da’vo bahosining 2,5 foizi miqdorida (amalda bo’lgan da’vo bahosining 5 foizi o’rniga);

  • 20 barobaridan oshirish idan ortiq bo’lganda da’vo bahosining 5 foizi miqdorida (amalda bo’lgan da’vo bahosiga qarab 10, 15 va 20 foiz o’rniga) davlat boji undiriladi.

Davlat boshqaruv organlari va mansabdor shaxslarning jismoniy shaxslarning haq-huquqlarini kamsitadigan g’ayriqonuniy xatti-harakatlaridan qilingan shikoyatlardan eng kam ish haqining 1 barobari oshirish i miqdorida (amalda bo’lgan eng kam ish haqining 5 barobari oshirish i miqdori o’rniga) davlat boji undiriladi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari amalga oshiradigan tadbirkorlik faoliyati doirasida sudlarga uy-joylarni ijaraga olish shartnomasini o’zgartirish yoki bekor qilish to’g’risidagi da’vo arizalari, xatga olingan mulkni qaytarib berish to’g’risidagi va mulkka oid bo’lmagan tusdagi (yoki baholanmaydigan) boshqa da’vo arizalari bilan murojaat qilganda eng kam ish haqining 25 foizi miqdorida (amalda bo’lgan eng kam ish haqining 50 foizi miqdori o’rniga) davlat boji to’lanadi.




    1. Download 177.45 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling