3- chizma. Pedagogik tajriba turlari
Pedagogik tajriba xam bir qator shartlarga amal qilgan xolda tashkil etiladi.
Xususan:
1) tajribaning maqbul loyixa (dastur) asosida uyushtirilishi;
2) tadqiqot ilmiy farazining puxta asoslanishi;
3) tadqiqot ob’ektlari vv usullarining to’g’ri tanlanishi;
4) tajriba o’tkazilish vaqti xamda davomiyligini aniqlanishi;
5) zarur pedagogik shart-sharoitlar (asbob-uskuna, jixozlar, vositalar)ning yaratilganligi;
6) tajriba ma’lumotlarini umumlashtirish, taxlil qilish va natijalarni qayta ishlash.
Matematik-statistik metod tajriba-sinov ishlari, shuningdek, umumiy xolda tadqiqotning samaradorlik darajasini aniqlash maqsadida qo’llaniladi, muammo xolatini ifodalovchi ko’rsatkichlar maxsus matematik formulalar yordamida qayta taxlil etiladi. yakuniy qiymat tadqiqot samarasini ifodalovchi asosiy ko’rsatkich xisoblanadi. Ayni vaqtda pedagogik yo’nalishda tadqiqotlar olib borishda Styudent, Rokich, V.P.Bespalko xamda V.V.Grechixin metodlaridan keng foydalanilmoqda.
Nazorat uchun savollar:
1. «Pedagogika» tushunchasi qanday mazmunni anglatadi?
2. Ta’lim nazariyasi (didaktika) nima?
3. Tarbiya nazariyasi nimalarni O’rganadi?
4. Pedagogikaning asosiy kategoriyalarini ayting va moxiyatini yoriting.
5. Qanday fanlar pedagogik fanlar tizimiga kiradi?
6. Qanday metodlar pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari xisoblanadi.
ADABIYoTLAR:
1. Karimov I.A. O’zbekistonninng o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li. – Toshkent, O’zbekiston, 1992.
2. Karimov I.A. Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent, SHarq nashriyot-matbaa konserni, 1997.
3. O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni //Barkamol avlod–O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent, SHarq nashriyot-matbaa konserni, 1997.
4. Pedagogika/A.Q.Munavvarovaning umumiy taxriri ostida. - Toshkent, O’qituvchi, 1993.
5. Podlasiy I.P. Pedagogika. V 2 kn. Kn. 2. – Moskva, Vlados, 1999.
Do'stlaringiz bilan baham: |