Kafedrasi kasbiy va pedagogik qayta tayyorlash kurslari uchun
Download 0.57 Mb.
|
umumiy pedagogika
- Bu sahifa navigatsiya:
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
- 8-mavzu: Ta’lim metodlari va vositalari (2 soat ma‘ruza, 2 soat seminar va 2 soatamaliy mashg’ulot) Reja
- Tayanch iboralar
NAZORAT UCHUN SAVOLAR
Kreativlik nima? Pedagogik kreativlik nima? Ta‘lim jarayonida kreattibvlikning o‘rni qanday? Pedagog faoliyatiga kreativ yondashuv deganda nimfni tushunasiz? O’qituvchining ijodkorlik sifatlari haqida gapiring. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Drapeau Patti. Sparking student creativity (practical ways to promote innovative thinking and problem soving). – Alexandria – Virginia, USA: ASCD, 2014. 2. Fayzullaeva N. Pedagogik bilimlar – o’qituvchi kasbiy mahoratining nazariy asosi //Uzluksiz ta’lim j. – T.: 2006. 6-son. – 102-b. 3.Ro’zieva D., Usmonboeva M., Holiqova Z. Interfaol metodlar: mohiyati va qo’llanilishi / Met.qo’ll.– T.: Nizomiy nomli DTPU, 2013.–115 b. 4. Turdieva M. Oliy ta’lim muassasalari talabalarida pedagogik tafakkurni shakllantirish. – T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2008. – 38-42-b. 8-mavzu: Ta’lim metodlari va vositalari (2 soat ma‘ruza, 2 soat seminar va 2 soatamaliy mashg’ulot) Reja: 1.Ta’lim metodlari va usullari tushunchalari. 2. Zamonaviy didaktikada ta’lim metodlari tasnifiga turlicha yondoshuvlar. 3. Ta’lim metodlarining mohiyati. 4. Ta’lim metodlarining tanlab olish shartlari. 5.Ta’lim vositalari va ularning tanlab olish funksiyalari. Tayanch iboralar: ta’lim metodlari: tushuncha, funksiya, tasnif, Evristik metod, xikoya, suxbat, ma’ruza, illyustratsiya, demonstratsiya, tushuntirish, og’zaki «Metod» so’zining yunoncha tarjimasi «tadqiqot, usul, maqsadga erishish yo’li» kabi ma’nolarni anglatadi. Filofosiya lug’atida ushbu tushuncha umumiy tarzda «maqsadga erishish usullari» deya sharhlangan. Ayni vaqtda pedagogik manbalarda «ta’lim metodi» tushunchasiga berilgan ta’riflarning xilma-xil ekanligiga guvoh bo’lish mumkin. Mazkur o’rinda ularning ayrimlarini keltiramiz: «Ta’lim metodlari dastlab pedagog ongida muayyan yo’nalishdagi faoliyatning umumlashma loyihasi tarzida namoyon bo’ladi. Mazkur loyiha amaliyotga o’qituvchi va o’quvchilar faoliyatining o’zaro tutashuvi, o’qitish va o’qishga qaratilgan aniq harakatlar, amallar yoki usullar majmuasi sifatida joriy etiladi. Metod boshqa shakllarda namoyon bo’lmaydi, buning boisi ta’lim metodi o’zida umumiy holda faoliyatning didaktik modelini ifoda etadi» Qayd etilayotgan tushuncha mohiyatini to’laqonli yorituvchi ta’rifni aniqlashga bo’lgan urinish bugun ham davom etyapti, yangi-yangi ta’riflar ilgari surilmoqda. Biroq, «ta’lim metodi» tushunchasi mohiyatini yoritishga nisbatan turlicha qarashlarning mavjudligiga qaramay, ularni o’zaro yaqinlashtiruvchi umumiylik mavjud. Aksariyat mualliflar «ta’lim metodlari o’quvchilarning o’quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari» degan qarashga yon bosadilar. Demak, ta’lim metodlari ta’lim jarayonida qo’llanilib, uning samarasini ta’minlovchi usullar majmuidir. Ta’lim metodlari ta’lim maqsadini yoritishga xizmat qiladi, u yordamida ta’lim mazmunini o’zlashtirish yo’llari ifoda etiladi, o’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro harakati, xususiyati aks ettiriladi. Metod, bir tomondan, ta’lim maqsadiga erishish vositasi sifatida namoyon bo’lsa, boshqa tomondan, boshqariluvchan o’qish faoliyatini amalga oshirish sharti hisoblanadi. Ta’lim metodlari doimo u yoki bu o’qish vositalari yordamida joriy etiladi, shu bois ularning o’zaro shartlanganligini ta’kidlash joiz. Ta’lim metodi tuzilmasi chizmada quyidagicha namoyon bo’ladi (M.N.Skatkin qarashlariga ko’ra): Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling